Modifikatsiyani ifodalovchi paragrafni kiritish uchun asos Tekshiruvni o’tkazgan auditor moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikrni
modifikatsiyalayotgan bo’lsa, u auditorlik hisoboti (xulosasi)ga AXS 700 ga
muvofiq talab etiladigan alohida elementlarga qo’shimcha ravishda fikrni
modifikatsiyalashni talab qilgan jihatni tavsiflovchi paragrafni kiritishi lozim.
Auditor bu paragrafni auditorlik hisoboti (xulosasi)da fikr bildirilayotgan
paragrafdan bevosita oldin joylashtirishi va vaziyatga qarab, “Qo’shimcha izohlar
6
АХС 805 “Алоҳида масалалар – айрим молиявий ҳисобот ва молиявий ҳисоботнинг алоҳида
элементлари, счётлар ёки моддалар аудити”
268
bilan fikr bildirish uchun asos”, “Salbiy fikr bildirish uchun asos” yoki “Fikr
bildirishdan bosh tortish” degan sarlavhani qo’llashi lozim.
Moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan muhim buzib ko’rsatish moliyaviy
hisobotlardagi alohida summalar (shu jumladan miqdoriy ochib berilgan
ma’lumotlar) bilan bog’liq bo’lsa, auditor modifikatsiyalash uchun asos
ifodalanayotgan paragrafga mazkur buzib ko’rsatish moliyaviy ta’sirning tavsifi va
summasini kiritishi lozim (agar buning imkoni bo’lsa). Agar moliyaviy ta’sir
hajmini hisoblab chiqish mumkin bo’lmasa, auditor modifikatsiyalash uchun asos
ifodalanayotgan paragrafda buni ko’rsatishi lozim. Bordiyu, moliyaviy
hisobotlarda mavjud muhim buzib ko’rsatishlar ochib berilayotgan tavsifiy
ma’lumotlar bilan bog’liq bo’lsa, auditor modifikatsiyalash uchun asos
ifodalanayotgan paragrafga ochib berilgan ma’lumotlar qanday buzib ko’rsatilgani
xususida tushuntirishlarni kiritishi lozim.
Ayrim hollarda moliyaviy hisobotlarda mavjud muhim buzib ko’rsatishlar
ochib berish talab etiladigan ma’lumotlarni ochib bermaslik bilan bog’liq bo’ladi.
Bunday hollarda auditor ochib berilmagan ma’lumotlarni boshqaruv yuklatilgan
shaxslar bilan muhokama qilishi,
modifikatsiyalash
uchun
asos
ifodalanayotgan paragrafda tushirib qoldirilgan ma’lumotlar xususiyatini
ko’rsatishi va agar bu qonunchilik yoki me’yoriy hujjatlar bilan ta’qiqlangan
bo’lmasa, u hisobot (xulosa)ga tushirib qoldirilgan ma’lumotlarni kiritishi lozim
bo’ladi. (agar buning imkoni bo’lsa ya’ni u tushirib qoldirilgan ma’lumotlar
xususida etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olgan bo’lsa).
Modifikatsiyalashga talabning paydo bo’lishi etarlicha tegishli
auditorlik dalillarini olish mumkin emasligi bilan bog’liq bo’lsa, auditor buning
sabablarini modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafda ko’rsatishi
lozim. Hatto auditor moliyaviy hisobotlar bo’yicha salbiy fikr bildirgan yoki fikr
bildirishdan bosh tortgan bo’lsa ham, modifikatsiyalash uchun asos
ifodalanayotgan paragrafda auditor o’zi xabar topgan va fikrni modifikatsiyalashni
269
talab qilishi mumkin bo’lgan boshqa har qanday sabablarni ko’rsatishi, shuningdek
ularning ta’sirini tavsiflashi uning professional vazifasidir.