A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Firibgarlik xavfini baholash (TKHTQ 8 prinsipi)



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   189
АУдит дарслик

Firibgarlik xavfini baholash (TKHTQ 8 prinsipi) 
Risklarni baholashning bir qismi sifatida, korxona fribgarlik riski – 
aktivlarni qonunga xilof ravishda egalik qilish va noto’g’ri moliyaviy hisobotlarni 
shakllantirish bilan bog’liq risklarni hisobga oladi. Ushbu baholash insonning 
xatti-harakatlari kutilgan axloqiy me'yorlarga mos kelmasligi mumkinligini 
anglatadi. Firibgarlik risklarini baholash o’z ichiga moliyaviy hisobotga ta’sir 
qiladigan firibgarlik riski omillarini, moliyaviy natijalar hisobotida firibgarliklarga 
sabab bo’luvchi rag’batlantirishlar yoki bosimlarni, firibgarlik uchun imkoniyatlar 
va ishchilarning firibgarlik faoliyatlariga aralashishlari yoki ratsionalizatsiyalashini 
oladi, bu esa firibgarlik uchburchagi hisoblanadi. 
 
Sezirlarli O’zgarishlarni Aniqlash va Tahlil qilish (TKHTQ 9 prinsipi) 
Ichki va tashqi holatlar o’zgarishi bilan, korxonaning ichki nazorati ham 
o’zgarishi mumkin. Bir holatda samarali hisoblangan ichki nazorat, holat 
o’zgarishi bilan samarali bo’lmay qolishi mumkin. Misol uchun, korxona biznes 
sohasi yoki biznes modelini o’zgartirsa, yangi nazorat yuritish zarur bo’lishi 
mumkin chunki korxona yangi risklarni qabul qilgan bo’lishi mumkin. Nazoratga 
ta’sir qiladigan o’zgarishlarga yana bir misol, korxonada yangi ma’lumotlar tizimi 
texnologiyalarini joriy qilish bo’lishi mumkin. Tashkilot shuningdek, menejment 
va boshqa xodimlardagi o'zgarishlarni, ularning ichki nazorat tizimidagi 
munosabati va tushunchasini ham ko'rib chiqishi kerak. Umuman olganda, asosiy 
printsip, tashkilot ishonchli moliyaviy hisobotlarni ishlab chiqarishga ta'sir etishi 
mumkin bo'lgan ichki va tashqi omillarning o'zgarishini aniqlash va baholash 
uchun zarur bo'lgan jarayondir. 
 
8.5. Ichki nazoratning nazorat amallari elementi tavsifi va uning prinsiplari 
TKHTQ elementi: Nazorat amallari 


165 
Nazorat amallari bu menegmentning yo’nalishiga tegishli nazoratlarni 
amalga oshirilishiga erishishga yordam beradigan siyosatlar va jarayonlarni 
o’rnatishdan iborat harakatlar majmuidir. Nazorat amallari jarayonlar orqali 
amalga oshiriladi, misol uchun, tranzaksiyalar jarayonida hamda texnologiya 
muhiti ustidan majburiyatlarni taqsimlash. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin