162
8.4. Ichki nazoratning riskni baholash elementi tavsifi va uning prinsiplari
TKHTQ elementi: Risklarni baholash
Ko’pchilik tashkilotlar o’zlarini muhim xatolar riskiga yuz tutadi. Risk bu
tashkilotning yutuqlari va maqsadlariga teskari ta’sir qilishi mumkin bo’lgan
ehtimollikdir. Risk ichki va tashqi manbalardan paydo bo’ladi.
Ichki risklarga
quyidagilar misol bo’ladi:
Boshqaruv majburiyatidagi o’zgarishlar
Ichki axborot texnologiyalaridagi o’zgarishlar
Korxonaning foyda darajasini saqlab turishi qiyin bo’lgan, qiymati
past tuzilgan biznes model
Tashqi risklarga
misol:
Iqtisodiy tenglik holati bu tovar va xizmatlarga bo’lgan talabni
kamaytiradi
Raqobatning kuchayishi yoki o’rin bosuvchi tovarlar va xizmatlarning
paydo bo’lishi
Qonun hujjatlaridagi o’zgarishlar; buning natijasida korxona biznes
modeli yaroqsiz bo’lib qolishi
Tovarlar manbaiga bo’lgan ishonchlilikni o’zgarishi natijasida
foydalilikning kamayishi va taklif tizimining to’xtab qolishi
Bu risklarga befarq bo’lgan tashkilotlar ham auditorlarning bankrotlik va
da’volashishlariga obyekt bo’lishlari mumkin. Riskni baholash bu moliyaviy
hisobotlarning ishonchliligini maqsadlar bilan riskini baholash va aniqlash
jarayonidir. Bu jarayon shuningdek tashqi muhitdagi hamda tashkilotning biznes
modelidagi o’zgarishlar nazorat jarayonidagi kerakli risklarni yengillashishiga
ta’siri xususida o’ylab chiqishlari talab etiladi
Dostları ilə paylaş: