Davlatiy moliya


Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish samaradorligiga nisbatan



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish samaradorligiga nisbatan 
noaniqlik darajasi. 
Qo‘yilgan kapital bo‘yicha daromadlilik stavkasining 
noaniqlik darajasi yuqoriligini ko‘rsatuvchi juda ko‘p sabablar mavjud. Masalan, 
hosilga oldindan bilib bo‘lmaydigan ob-havo sharoiti ta’siri; shaxta va 
quduqlarning taxmin qilinganidek resurslarga boy bo‘lmasligi; mashinalarning 
vaqt-vaqti bilan eskirishi va buzilishi; mahsulotga talabning iste’molchilar ta’bi 
yoki alternativ tovarlarning paydo bo‘lishi tufayli kutilmaganda o‘zgarishi; yana 
ustiga-ustak, yangi bilimlarning rivojlanishi oqibati sifatidagi texnik taraqqiyotni 
o‘z tabiatiga ko‘ra mutlaqo oldindan bilib bo‘lmaydi. Hatto tovar-moddiy 
zaxiralardagi tovarlarni kelajakda ulardan foydalanish uchun saqlashning oddiy 
jarayonini ham ma’lum risk darajasidan xolis deb hisoblab bo‘lmaydi. Sababi: 
vaqt o‘tishi bilan qancha miqdordagi tovar eskirib yoki buzilib qolishini oldindan 
aniq aytish qiyin. 
Aksiyalar – bu ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishdan olingan 
daromadga nisbatan talabdir. Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish 
samaradorligi borasida noaniqlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, qo‘yilgan 
aksiyalar bo‘yicha risk uchun mukofot shuncha yuqori bo‘ladi.
Odamlarning vaqtinchalik nimanidir afzal ko‘rishi. Daromadlilik stavkalari 
darajasiga ta’sir qiluvchi keyingi omil inson psixologiyasidir. Odamlar, odatda 
hayotning hamma ne’matlaridan ertaga emas, aynan bugun foydalanishni afzal 
ko‘radilar. Iqtisodchilar ko‘pincha mablag‘larni kiritish mumkin bo‘lgan ishlab 
chiqarish vositalari bo‘lmagan taqdirda ham foiz stavkasi ijobiy bo‘ladi, 
shuningdek, odamlarning pul berish va qarz olishlari uchun yagona sabab ularning 
umri davomida xohish-istaklarining doimo o‘zgarib turishidir, degan taxmindan 
kelib chiqib ish ko‘radilar. Umuman olganda, odamlar tovar va xizmatlarni ertaga 
qoldirmasdan bugun iste’mol qilishni qanchalik ko‘p afzal ko‘rsa, iqtisodiyotda 
foiz stavkasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Odamlar, odatda, hayotning hamma ne’matlaridan ertaga emas, bugun 
foydalanishni afzal ko‘rishlarining sabablaridan biri ular qachon o‘lishining 
noma’lumligidir. Inson hozir tirikligini biladi va u bugunning o‘zida imkoni 
boricha o‘zining barcha ehtiyojlarini qondirib, hayotning ne’matlaridan rohat 
olmoqchi. Kelajakka kelsak, doimo bu ishni keyin ham qila olishi bo‘yicha 
qandaydir darajada mavhumlik mavjud bo‘ladi. 


194 
Riskni yoqtirmaslik.
 
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, tikilgan kapitalning 
daromadlilik stavkasi doim risk bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu munosabat bilan 
quyidagi savolning tug‘ilishi, tabiiy: bozor iqtisodiyoti sharoitida kafolatlangan 
foiz stavkasini olish imkoniyati bormi va uni nima belgilaydi? 
Bu savolning javobi quyidagicha: moliya tizimi riskdan holi aktivlarga pul 
tikishni istagan kishilarga ma’lum imkoniyatlar yaratib beradi. Buning uchun ular 
tikilgan kapitaldan kutilgan daromadning ma’lum qismidan voz kechishlari zarur. 
Riskdan uncha qo‘rqmaydigan kishilar
riskka toqati yo‘q kishilarga kafolatlangan 
foiz stavkasi olish imkoniyatini beradilar. Biroq, bu stavka risk darajasi yuqori 
bo‘lgan aktivlar bo‘yicha kutilgan o‘rtacha daromadlilik stavkasidan past bo‘ladi. 
Aholi orasida riskni tan olmaslik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, risk uchun 
mukofot shunchalik yuqori va risksiz foiz stavkasi miqdori shuncha past bo‘ladi.

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin