-
207
-
-
stress vaziyatlarda chidamliligi - bolaga yordam berish
ishtiyog‘i, u bilan birga yutuqlariga quvonish va hk.
Kurs davomida egallagan pedagogik ko‘nikmalar dinamik
xususiyatlarga
ega,
ular
keyingi
faoliyati
davomida
charxlanadi.
Kollej talabalarining kasbiy tayyorgarligi
quyidagi dastur
asosida amalga oshiriladi: “Tushuntirish qismi”, “ Kurs
mazmuni”, “ Ilova”.
Tushuntirish qismida: kurs vazifalariga izoh beriladi,
mashg‘ulotlar turlariga tavsif, baholash va mustaqil ta’lim
turlari aniqlanadi.
Kurs mazmunida - bolaning
jismoniy tarbiyasi bilan
bog‘liq nazariy bilimlarni talabalar tomonidan egallashga katta
e’tibor qaratilgan.
Ilovada esa – pedagogik adabiyotlar ro‘yxati, kursning
taxminiy jadvali, uyga vazifalar ro‘yxati keltirilgan.
Ushbu dastur asosida ishchi dastur tuziladi. Ishchi
dasturda har
bir mavzuga ajratilgan soatlar, mavzular ketma-
ketligi, nazariy, seminar va amaliy mashg‘ulotlarning
mazmuni va vazifalari, ularni o‘tkazish metodikasi o‘z
aksini
topgan. Shu bilan birga ko‘rgazma vositalaridan foydalanish,
mustaqil ta’lim vazifalari, o‘lchash uskunalarning nomi va hk.
Har bir mavzuga asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar
ro‘yxati
tavsiya
etiladi;
metodik
kabinet
va
kollej
kutubxonasida mavjud adabiyotlar ro‘yxati.
Adabiyotlar o‘rganilishini nazorat qilish turlari ham o‘z
aksini topgan
(konspekt,
kospektlar rejasi, annotatsiyalar, suxbatlar,
ijodiy ishlar, ota-onalar uchun dokladlar).