1 A. X. O‘roqov



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/102
tarix26.10.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#161432
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   102
Avtomobil yollarini tamirlash va saqlash texnologiyalari darslik

 
 
5.19-rasm. Manzarali o‘simliklarni motoqaychi yordamida kesish 
Katta yoshli daraxtlarning shox-shabbasini siyraklatish quyidagicha bo‘ladi: 
dastlab asosiy novdadan 10 sm qoldirilib kesiladigan shoxning pastki qismi ozroq 


182 
kesiladi, keyin yuqorigi qismidan kesib tashlanadi. Qolgan butoqni bog’ arrasi 
yordamida daraxt tanasigacha taqab kesib tashlanadi. So‘ngi bosqichda esa arada 
kesilgan joy bog’ pichog’i yordamida tekislanadi va bog’ smolasi yoki moyli 
bo‘yoq surtib qo‘yiladi (5.20-rasm). 
5.20-rasm. Katta yoshli daraxtlarning shox-shabbasini siyraklashtirish maqsadida 
kesish bosqichlari 
9.11.18. Topiar
– 
daraxt va butalarga kesib shakl berish yo‘li bilan sun’iy 
manzarali yashil kompozistiyalar, alohida geometrik yoki fantastik shakllar hosil 
qilish usulidir. Topiar uchun bargi va novdalari mayda va tig’iz joylashgan 
o‘simliklar, masalan, lavr, oddiy ligustrum, sharq biotasi, doim yashil shamshod, 
mevali zarnablarni qo‘llash mumkin. 
5.21-rasm. Virgin archasiga topiar usulda shakl berish 
Bunday shakl berishda oldindan tayyorlangan qoliplardan foydalaniladi. 
Qoliplar ko‘chma va doimiy o‘rnatiladigan bo‘ladi. Agar daraxt va butalarning 
tabiiy shox-shabba tuzilishiga yaqin shaklni yaratmoqchi bo‘lsak, unda qoliplardan 
foydalanish shart emas. 


183 
Topiar shakllarni yaratishda quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi: 

yaratilayotgan shakllarning tomoshabinlarga yaxshi ko‘rinishi uchun ularni 
tomoshabinlarga nisbatan shimol tomondan joylashtirishi zarur. Shunda ularga 
quyosh nuri yaxshi tushib yorqin jonli ko‘rinishga ega bo‘ladi. Sharq va g’arbdan 
ularning yorug’ligi biroz pastroq, shimol tomondan esa ularga yorug’lik nuri 
tushmaydi; 

istalgan topiar shaklning yuzasi tekis holatda yassi yoki tik bo‘lsa ham 
yaxshi yorug’lik tushmaydi. Shuning uchun shaklning yuzi muayyan burchak 
ostida bo‘lishi kerak. Shu boisdan ham yashil shakllar, masalan, jonli devorlarning 
eng yaxshi shakli bu kesik konus yoki trapestiya hisoblanadi; 

shaklning navbatdagi o‘sgan qismlarini kesishni avvalgi kesilgan joyning 
yuqorisidan boshlash zarur, toki shakl ichidagi novdalar endi yalong’ochlanib 
qolgan va uyqudagi kurtaklar deyarli uyg’onmaydi va shu sababdan shaklning 
hajmi sekin–asta kattalashib boradi. 
Osiyo mamlakatlarida daraxt-buta o‘simliklarga manzarli shakl berishning 
quyidagi turlari mavjud:

daraxtlarning tanasi va shoxlari hisobiga tik va baland yashil devorlar, 
bosketlar, kattaroq hayvonlar (fil, karkidon) ning shaklini berib kesish. 
Lianalarni biron hayvon shakli yoki geometrik shakl berilgan asosga moslab 
o‘stirish: 

biron hayvon shakli yoki geometrik shakl berilgan asosga o‘t urug’i bilan 
tuproq solingan maxsus qoplar va sug’orish tizimini o‘rnatish orqali; 

beton yoki boshqa materiallardan tayyorlangan dekorativ haykallarning 
ustiga maysalar urug’i va oziqalar bilan to‘yintirilgan maxsus torfli to‘rlarni 
qoplash va unga o‘rnatilgan maxsus sug’orish tizimi orqali. 

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin