№12 Ma`ruza
EKOLOGIYA VA HUQUQ. TABIAT MUHOFAZASINING
HUQUQIY ASOSLARI, UNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Lektor: T.f.d., Ekologiya va hayot xavfsizligi xalqaro
fanlar akademiyasi a`zosi Jumayeva D.J.
REJA:
1. Ekologiya huquqi tushunchasi
2. Ekologiya huquqining maqsadi
3. Ekologiya huquqining vazifalari
4. Ekologik huquq ob`yekti va tamoyillari
5. Ekologiya huquqining metodi
6. Ekologik javobgarlik va uning funktsiyalari
Ekologik aforizmlar
«...atrof-muhitni muhofaza qilish aholini,
ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash,
ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-
quvvat lash va shu kabi katta sotsial
ahamiyatga molik boshqa masalalar bo‘yicha
muhim davlat dasturlarini amalga oshirishda
nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokining
huquqiy asosini yaratib beradigan qonun
hujjatlari majmuasini ishlab chiqish dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, atrof-
muhitni himoya qilishni ta’minlash tizimida
nodavlat notijorat tashkilotlarning roli va
o‘rnini belgilashga qaratilgan «Ekologik
nazorat to‘g‘risida»gi Qonun loyihasini ishlab
chiqish va boshqa qator qonun hujjatlarini
qabul qilish fursati yetdi, deb o‘ylaymiz».
I.А.Karimov
Ekologiya huquqining tushunchasi Tabiat
va jamiyat o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik
turli yo`nalish va shakllarda uzoq vaqt
davomida amalga oshirilib kelinmoqda.
Asrlar
davomida
insoniyat
tabiat
qonuniyatlariga moslashib, o`zining turli
ehtiyojlarini qondirish uchun tabiatdan
foydalanib, unga ta'sir o`tkazmoqda. Shuni
alohida ta'kidlash kerakki, jamiyat a'zolari
ongining tobora takomillashishi, yangi
mehnat qurollarining ixtiro etilishi o`z
navbatida, insonning turli ehtiyojlarining
rivojlanishiga olib keldi. Inson o`z ehtiyoj-
larini qondirish uchun tabiiy resurslardan
foydalanib salbiy ta'sir ko`rsata boshladi.
Dostları ilə paylaş: |