54
stolning ustida mohirlik bilan chizilgan rasm ustida qolganligini ko‘rib, hayratdan
yoqa ushlabdi... Ancha vaqtdan keyin hujraning egasi ushbu stolni juda katta pulga
sotishga muvaffaq bo‘lib, mislsiz darajada boyib ketibdi.
Demak, qobiliyat tinimsiz mehnat va izlanish natijasida iste'dodga aylanishi,
insonni kamolotga yetaklashi muqarrardir.
«Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas
bog'liq bo'lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi»
20
. Bola aynan turli
faolliklar yordamida shakllanadi, o'zligini namoyon qiladi. Demak, tahsil
oluvchilarning faoliyatlari passiv jarayon bo'lmay, u ongli ravishda
boshqariladigan faol jarayondir. Ya'ni, faoliyat-o'quvchi ongi va tafakkuri bilan
boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi
olamni va o'z-o'zini o'zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o'ziga xos faollik
shaklidir. Bu-o'quvchining darslarda muayyan predmetlar mohiyatini o'z tasavvuri
doirasida, malum bir echim orqali bilishga, yangi kashfiyotlar yaratishga
qaratilgan faoliyatdir.
O'quvchining aqliy harakatlari-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik
mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Bunday
harakatlar doimo motor harakatlarni ham qamrab oladi. Bola shaxsining
rivojlanishida harakatlar quyidagi ko'rinishda bo'lishi kuzatiladi:
-pereptiv-bunda o'quvchi ongida jismlar va hodisalar to'grisidagi yaxlit
siymo (obraz) shakllanadi;
-mnemik faoliyat- narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador
materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi va bog'liq murakkab faoliyat turi;
-imajitiv faoliyat-(«imaje» -«obraz»)-ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya
vositasida ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda
saqlashni taqozo etadi.
O'qitish jarayonida tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o'tish yuz
bergan bo'lsa, bunday jarayon pedagogika va psixologiyada
Dostları ilə paylaş: