Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   227
-.-

Shaxs rivojlanishi. 
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi 
uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta'sirida odam 
inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. 
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan 
miqdor va sifat o‘zgarishlari mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. 
Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan 
yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib 
Odam 
shaxs
bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini 
yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan 
boshqalardan farq qilmog‘i kerak. 


58 
borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. 
Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. 
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy 
ta'limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, 
uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga 
ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning 
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta'sir etadi, ularni bir-
biridan ajratib bo‘lmaydi. 
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan 
birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta'sir etadi. 
Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik 
jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq 
bo‘lsa, u jamiyat a'zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar 
tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta'siri ostida 
boradi. 
Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli 
munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. 
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga 
ta'sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. 
Tarbiya bolaga samarali ta'sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini 
bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya 
o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin