61
bo‘ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib
boradi.
2.
Ijtimoiy yondashuv
– inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi,
faqat
hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy
guruhlarning ta'siri ostida ijtimoiylashadi.
3.
Psixologik yondashuv
– insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash
kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi –
qiziqishlari, qobiliyatlari
ijtimoiy hodisa sanaladi.
4.
Yaxlit yondashuv
– shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning rivojiga nafaqat
uning faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta'sir ko‘rsatadi. Shu
bilan birga ijtimoiy hayot natijalari – motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning
rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.
Rivojlanishning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari.
Muayyan bir yosh davriga
xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy)
va psixologik xususiyatlar
yosh
xususiyatlari
deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta'lim
va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta'siri kuchli
bo‘ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun
bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni
bilish va uni
hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o‘sishi ham, rivojlanishi ham,
psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. Abu Ali Ibn Sino,
Yan Amos Komenskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini
uqtirib o‘tganlar.
Bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil
yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin.
Zamonaviy pedagogikada
shaxs shakllanishiga doir
to‘rt –
bilologik,
ijtimoiy, psixologik va yaxlit yondashuv qaror topgan.
Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik
(jismoniy) va psixologik xususiyatlar
Dostları ilə paylaş: