65
bir xillikka asoslangan qiziqarsiz faoliyatni yengilroq qabul qilishadi.
O‘zgaruvchan muhitga tez moslashishadi. O‘g‘il bolalar har bir holatni umumiy
tarzda baholashsa, qizlar yaxshilab tekshirib, o‘rganib, keyin unga baho berishadi.
Bugungi kunda o‘g‘il va qiz bolalarning rivojlanishidagi fiziologik, axloqiy,
emotsional, xulq-atvorga oid farqlar to‘liq o‘rganilgan. Ana shu asosdan kelib
chiqib, o‘quvchilarning rivojlanishida hisobga olish lozim bo‘lgan quyidagi gender
xususiyatlarni sanab o‘tish mumkin:
qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda ikki marta ko‘proq savol berishadi;
qizlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining istaklari haqida gapirmaydi, lekin tezda
kelishib ketadi; o‘g‘il bolalar esa, hal qiluvchi fikrni ayta olishadi va o‘z ңuqtai
nazarida qolishni afzal ko‘rishadi;
mustaqil hal etish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishda o‘g‘il bolalar sifati, qiz
bolalar esa hajmini hisobga olishadi;
o‘g‘il bolalar ko‘proq falsafiy fikr yuritadi, fikrning mantig‘iga e'tibor berishadi;
qizlarga ko‘proq psixologiya, adabiyot yoqadi;
o‘g‘il bolalar dialog, munozarani afzal ko‘rishadi; qiz bolalar monologlikka
moyil, eshitishni va o‘zida aks ettirishni yoqtiradi;
o‘g‘il bolalar ko‘proq virtual(mo‘jiza)likka, xayolotga qiziqishadi; qiz bolalar
o‘g‘il bolalarga qaraganda ratsional va pragmatik. Ular o‘z tanlovlarini foydalilik
nuqtai nazaridan, ya'ni tanlanayotgan narsa qanchalik maqsadga erishishga imkon
berishiga qarab amalga oshirishadi;
o‘g‘il bolalar o‘z tuyg‘ularini ochiq bayon etishadi; qiz bolalar o‘z xohish va
istaklarini yashirishadi, aytish uchun uzoq vaqt kutishadi.
Dostları ilə paylaş: