68
ana'naviy – oila va yaqin muhit orqali o‘quvchilarni ijtimoiy faollikka jalb etish,
faoliyat va muloqotda maqbul shar-sharoitlarni yaratish;
institutsional – ijtimoiy institutlar va ta'lim muassasalari tomonidan
o‘quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish;
shaxslararo – o‘quvchilarni ijtimoiy
aloqalar tizimiga jalb etish, ularda
muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish;
refleksiv – o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini
baholash, o‘z-o‘zini loyihalashni
pedagogik qo‘llab-quvvatlash orqali individual ongni taraqqiy ettirish.
O‘quvchilarni
ijtimoiylashtirishning
muhim
sharti
ularda
ijtimoiy
kompetentlikni qaror toptirishdir. Ijtimoiy kompetentlik
insondan ijtimoiy
vaziyatlarga yo‘nalganlik va boshqarish qobiliyatini talab etuvchi boshqa kishilar
bilan kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yishda o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy
kompetentlikning asosiy
funksiyalariga moslashuv, ijtimoiy orientatsiya,
shaxs
integratsiyasi va umumijtimoiy tajriba kabilar kiradi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv nuqtai nazaridan ijtimoiy tajriba
o‘quvchining boshqa kishilar, atrof-muhit bilan o‘zaro harakati natijasida yuzaga
keluvchi ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va ustanovkalar yig‘indisini o‘zida aks
ettiradi. Ana shu sababli shaxsda o‘z-o‘zini tashkillashtirish va o‘z-o‘zini
korrektsiyalash madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan «o‘z-o‘zini boshqarish
tajribasi»ni ijtimoiy tajribaning komponenti sifatida qarash maqsadga muvofiqdir.
O‘z-o‘zini boshqarish tajribasini shakllantirishning asosiy ijtimoiy sohalari sifatida
individni subekt-subekt
munosabatlariga jalb etish; subektda tashabbuskorlikni
shakllantirish; hayotiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zini
tashkillashning universal
namunalarini qabul qilish kabilarni kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: