62
Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi,
hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi,
yalqov yoki tirishqoqligi, palapartish va
chala ishlaydigan, erinchoqligi yoki ishga
tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta'siri bo‘lib, o‘qituvchi yoki
tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual – o‘ziga xos xususiyatini bilish
uchun temperamentning
umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish, metodikasini bilish
muhim. Temperament lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati»
ma'nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish
qonuniyatlari ham
mavjud. Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo‘linadi:
1. Go‘daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri
tugagandan to bir yoshgacha
bo‘lgan davr.
2. Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3. Maktabgacha bo‘lgan yosh davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar (bolalar) – 7 yoshdan 11–12
yoshgacha.
5. O‘rta va katta maktab yoshidagi o‘quvchilar (o‘smirlar, ilk o‘spirinlar) – 12–
17 yosh.
Maktabgacha yosh
dagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda
quyidagi davrlarga bo‘linadi:
– go‘daklik (1 yoshgacha);
– ilk yosh (1–2 yosh);
– ilk yosh guruhi (2–3 yosh);
– kichik yosh (3–4 yosh);
– o‘rta yosh (4–5 yosh);
– katta yosh (5–6 yosh);
– maktabga tayyorlov davri (7 yosh, majburiy ta'lim).
Kichik maktab yoshi
da o‘yin faoliyatining o‘rnini endi o‘qish
faoliyati
egallaydi. Bu juda qiyin o‘tish davri bo‘lib, bolaning bo‘yi, og‘irligi jihatdan uning
63
tashqi ko‘rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi.
Muskullari tez o‘sishi tufayli serharakat bo‘ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.
Jismoniy o‘sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi.
Bu yoshda bola bilim olish va o‘rganishga qiziquvchan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: