Yong‘in vaqti 3 fazaga bolinadi:
Birinchi fazada
(5 dan 30 daqiqagacha) harorat
sekin ko‘tariladi va fazaning oxirida tez ko‘tariladi.
Masalan, eshik va derazalar yopiq bo‘lib havo
yetishmasligi natijasida yongin kichik miqyosda
kechadi, bunda issiqlik yigila borib, keyingi fazaning
boshlanishini ta’minlaydi.
Ikkinchi fazada
- alanga jadal tarqalib, harorat tez
ko‘tariladi (o‘zining «max» qiymatiga erishadi).
Bunda alanga inshootning tashqari qismiga ham
chiqishi kuzatiladi.
Uchinchi fazada
- yonuvchi narsalarning yonib
bolishi oqibatida haroratning pasayishi kuzatiladi.
Yong‘inning tarqalish tezligi ham har xil bo‘ladi.
Yog‘ochdan qurilgan binolarda alanganing tarqalish
tezligi 1-2 m/min; yonmaydigan konstruksiyalarda
0,3-0,4 m/min; yonuvchan erituvchilar yonganda,
masalan, toluol yonganda alanganing tarqalish tezligi
10-15 m/min ga teng bo‘ladi.
Yonish
-
yonuvchi
mahsulotlar
bilan
oksidlovchilar orasida o‘zaro ta’sir natijasida
bo‘ladigan murakkab fizikaviy-kimyoviy jarayon,
bunda issiqlik va Yorug’lik nurlarining ajralishi
kuzatiladi.
Demak, yonish jarayonining paydo bo‘lishi
uchun yonuvchi material, yondiruvchi manba va
oksidlovchilar bo‘lishi zarur.
Havo tarkibidagi kislorod miqdori 14-16%
bo‘lganda yonish to‘xtaydi va tutash boshlanadi. Agar
kislorod miqdori 8-10% ga kamayganda tutash ham
to‘xtaydi.
Yong‘in sodir bo‘lganda yondiruvchi manbalar
ochiq (uchqun, Yorug’lik kuchlari, alanga va
cho‘g‘langan
predmetlar)
va
berk
holatda
(ishqalanish, katta kuch bilan urish, kimyoviy
reaksiyaning issiqligi, mikrobiologik jarayonlar va
hokazo) bo‘lishi mumkin.
Yonuvchi materiallar - qattiq, suyuq va gazsimon
bo‘lishi mumkin, masalan. taxta, kinoplyonka,
nitrotselluloza,
kimyoviy
erituvchi
suyuqliklar,
vodorod, metan, propan, ko‘mir va hokazolar.
Oksidlovchilarga - kislorod, brom, xlor, natriy
peroksidi, nitrat kislotasi, bertole tuzi kiradi.
Yonish jarayonining umumiy sxematik ko‘rinishi
5.1-rasmda ifodalangan. Bu rasmda alanga tarkibida
yonuvchi gazlar hududi keltirilgan:
1-hududda hali yonmaydigan bug‘ va gaz
aralashmalari mavjud bo‘lib, harorati 400
0
C dan
oshmaydi.
2-hududda bug‘ va gaz aralashmasi yona
boshlaydi va qisman karbon gaziga aylanadi.
3-hududda moddalarni to‘la yonishi sodir
bo‘ladi, chunki bunda harorat eng yuqori, ya’ni
1100
0
C gacha ko‘tariladi.
Yonuvchi
muxitdagi
alangani
balandligi,
yonayotgan gaz oqimining ko‘tarilish tezligiga to‘g‘ri,
zichligiga esa teskari proporsional ravishda bog‘liq
bo‘ladi.
Yonish paytida hosil bo‘ladigan «max» harorat
miqdori yonuvchi material turiga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan. qog'ozda - 510°C, suyuq yoqil g‘ida - 110-
1300°C, taxtada - 1000°C, gazli yoqilg'ida - 1200-
1300°C hosil bo‘ladi.
Kimyoviy reaksiya tezligi sifatida ma’lum vaqt
birligida ma’lum xajmdagi moddaning birikish miqdori
qabul qilingan. Aktivlashuv quvvati molekulalar
o‘rtasidagi bog‘lanshni o‘zgartirishga sarflanishi zarur
bo‘lgan quvvat miqdoridir.
5.1-rasm. Yonish jarayoni. a) alanga tarkibida
yonuvchi gaz miqdorini taqsimlanishi: 1-yonuvchi
gaz, 2-yonuvchi maxsulot, 3-alanga sirti; b)
5
О
2
О
2
buglar, gazlar
H
2
1
О
2
а)
2
3
О
2
4
6
b)
alanganing ko‘ndalang kesimi: 4,5, 6-diffuziyali
yonishning chegaralari.
Reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlik
yonuvchi
aralashmaning
qizishiga
olib
keladi.
Aralashmaning xarorati idish devorlari xaroratidan
oshib ketsa, undan ajralayotgan issiqlik atrof muxitga
tarqala boshlaydi. Ma’lum vaqt birligida idish devorlari
orqali tarqalayotgan issiqlik miqdori, idish devori va
aralashma harorati orasidagi ayirmaga to‘g‘ri
proporsional bo‘ladi, ya’ni
V = A*S(T-T
i
)
(5.1)
bu erda: V-idish devori orqali tarqalayotgan issiqlik
tezligi; A-issiqlik tarqatish koeffitsienti; S-idish devorlari
yuzasi; T-aralashma harorati; T
i
-idish devori harorati.
Moddalar
uchun
o‘z-o‘zidan alangalanish
harorati har xil bo‘ladi. Masalan, A - 73 benzinining o‘z-
o‘zidan alangalanish harorati - 255°Cga, yog‘ochniki -
400°C, linoleumniki - 400°Cga teng.
Tabiatda
shunday
aralashmalar
uchraydiki,
ularning xaroratini tashqaridan oshirmagan xolda
kimyoviy jarayonlar ruy berishi va bu jarayonlar o‘z-
o‘zidan alangalanish xodisasini vujudga keltirishi
mumkin. Bunday xodisalarni zanjirli kimyoviy
jarayonlar deb yuritiladi. Bu xodisaning bo‘lishiga
asosiy sabab aralashma xolidagi yonuvchi moddalarda,
ma’lum sharoit taqozosi bilan, xarorat o‘zgarmagan
xolda, bir necha markazda moddaning aktiv atomlari
hosil bo‘ladi hamda ular modda tarkibidagi molekulalar
bilan aktiv reaksiyaga kirishadi, natijasida yonuvchi
modda molekulalari parchalanadi va yangi aktiv
markazlar xosil qiladi.
Predmetlar yonishining quyidagi turlari mavjud:
alangalanish, yonish, o‘z-o‘zidan alangalanish va o‘z-
o‘zidan yonish.
Dostları ilə paylaş: |