qurilmalar, ya’ni tarkibida 8% dan ko‘proq organik
birikmalari bo'lgan asfalt beton va gipsli beton
qurilmalar va hajm og‘irligi 900 kg/m3 dan oshmagan
somonli loy qorishmalari,
antipiren suyuqligi bilan
chuqur shimdirilgan yog'och qurilmalar, shuningdek,
fibrolit hamda polimer ashyolar kiradi. Bunday
ashyolar ishtirokida yaratilgan qurilmalar, qiyin
yonadigan qurilmalar deb qabul qilingan.
Yonuvchi
guruhga, yuqori harorat manbayi
ta’siridan yonadigan va manba yo‘qolgandan keyin
ham cho‘g‘lanib
yonishi davom etadigan, ya‘ni
yonmaydigan va qiyin yonuvchi ashyolarning
talablariga javob bermaydigan, organik ashyolar
kiradi. Olov yoki yuqori harorat ta’siridan
muhofazalanmagan yonuvchi
ashyolardan yasalgan
qurilmalar
yonuvchi
deb
ataladi.
Sanoat
inshootlarining
yonish
va
portlashga
moyillik
darajasini aniqlashdan maqsad ularda sodir bo‘lajak
yong'in va portlashlar oqibatida yuzaga keluvchi
buzilishlarni va odamlarga xavfli va dahshatli
ta’sirning
oldini
olishdan
iborat.
Sanoat
inshootlarining yonish va portlashga moyilligi,
ularning qanday ashyolardan
qurilganligi va ularda
mavjud ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan yoki
saqlanadigan
xom-ashyolarning
yonuvchanlik
xususiyatlari bilan belgilanadi.
Texnologik loyihalash me’yori (ONTP 24 - 86.
1.2.3) va qurilish qoidalari hamda me’yorlari (KMK.
2. 01.02 - 85) ga binoan sanoat korxonalari hamda
omborlari yonish va portlash xavfi bo‘yicha 5 ta
toifaga bo’linadi, jumladan. A, B, D, E va F.
Bularning A va В toifalari yonish va portlashga moyil.
D va E toifalari esa faqat yonishga xavfli deb
hisoblanadi. F toifasida esa na yonish va na portlash
xavfi mavjud emas. Sanoat
inshootlarining bunday
guruhlanishi, ularda ishlatiladigan yoki saqlanadigan
yengil yonuvchi gazsimon va suyuq moddalarning
bug‘lari havo bilan aralashganda,
portlovchi gazli
muhitni hosil qiluvchi agregat holati va ulaming
alangalanish harorati (Ta) ga binoan amalga