Bino va inshootlarning yong'in hamda portlash
xavfi
bo'yicha
guruhlanishi,
ulardagi
barcha
xonalarning yonish va portlashga moyillik toifasi
aniqlangandan so'ng belgilanadi. Agar binoda A
toifaga taalluqli xona bo'lsa-yu, uning maydoni
binodagi barcha xonalaming umumiy maydonidan 5%
dan kam bo'lmasa yoki sathi 200 m2 dan ko'p bo'lsa,
bu holda bino A toifaga kiradi. Binoda har xil toifaga
taalluqli xonalar mavjud bo'lsa-yu, A va В toifadagi
xonalaming yig'indi maydoni, qolgan barcha xonalar
umumiy maydonining 5% dan kam bo'lmasa yoki
sathi 200 m2dan ziyod bo'lsa, bu bino В toifaga
mansub bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: