1. O
‘
t olish
- bu suyuq yoki qattiq
materiallaming bug‘ fazasidagi yonishidir. O‘t olish
tez yonuvchan (45°C gacha) va yonuvchan
suyuqliklarga (45°C dan yuqori) bo‘linadi. Tez
yonuvchilarga: atseton skipidar, spirt, benzin, kerosin,
serouglerod va solyar moyi, sekin yonuvchilarga esa -
mineral surkov moylari, tormoz suyuqliklari kiradi.
2. Alangalanish
- bunda material qaynash
haroratigacha qizib, yonganda va tutashda davom
etadi. Bu jarayonda ham bug‘, uchuvchan
uglevodorodlar va boshqa yonuvchan aralashmalar
hosil
qiladi. Alangalanish harorati o‘t olish
haroratidan ancha baland bo‘ladi.
3. O‘z-o‘zidan alangalanish
- bu yonishga
o‘tayotgan jarayonda haroratiga qarab 2 guruhga
bo‘linadi:
a) alangalanuvchining harorati atrof muhit
haroratidan baland bo‘lishi yoki,
b) past bo‘lishi mumkin.
Birinchisida materiallaming qizishi natijasida
yonadi, ikkinchisida - qizimasdan yonadi. O‘z-o‘zidan
alangalanuvchilarga - yog‘, ko‘mir, torf, somon,
yog'och qipig'i, sariq fosfor va hokazoiar kiradi.
Yonish jarayonining vaqti quyidagi formula
bilan aniqlanadi.
(5.2)
Bunda: N - yonuvchi moddaning miqdori,
kg/m3; V- moddaning yonish tezligi, kg/m3;
4. O‘z-o‘zidan yonish
- bu oksidlovchilaming
issiqlik jarayonlari va mikroorganizmlaming faoliyati
natijasida materiallaming yonish jarayoni.
Moddalarning o‘zidan o‘zi yonishi va
ularning sinflanishi.
Qattiq, g‘ovaksimon yonuvchan moddalar
yuzasida adsorbsiyalangan havo qatlami bilan
oksidlanish reaksiyasi tezligi ortib boradi. Issiqlikni
kam o‘tkazadigan va g‘ovakli moddalarda yig‘ilgan
issiqlik haroratni, oksidlanish jarayonini tezlashtiradi.
Polimerlanishda, biologik va fizik jarayonlarda
ko‘plab issiqlik ajralib chiqadi va o‘zidan o‘zi yonish
sodir bo‘ladi.
O‘zidan o‘zi qizib, o‘t manbayi ishtirokisiz to‘liq
yonish bilan yakunlanadigan ekzotermik reaksiya
o'zidan o‘zi yonish deyiladi. O‘zidan o‘zi yonish
harorati past bo‘lgan moddalar juda xavfli
hisoblanadi. Moddalar o‘zidan o‘zi yonishga moyilligi
bo‘yicha to‘rt sinfga bo‘lingan.
Birinchi sinfga
tabiiy o‘simliklar (pichan, qipiq,
somon) taalluqli. 60- 70°C da biologik jarayon
kimyoviy oksidlanish jarayoniga o‘tib, o‘zidan o‘zi
vonish bilan yakunlanadi.
Ikkinchi sinfga
torf va ko‘mir kiradi. Normal
haroratda ko‘mir oksidlanib, qizib, o‘zidan o‘zi yonib
ketadi. Torf 60°C da qizib oksidlanadi.
Uchinchi sinfga
yog‘ va moylar kiradi. Tarkibida
to‘yinmagan karbon vodorodli birikmalar bo‘lgan
o‘simlik moyi va yog‘lar oksidlanish, polimerlanish
xususiyatiga ega.
Yog‘-moy tomchilari bo‘lgan kiyim-kechaklar
o‘zidan o‘zi yonib ketadigan xavfli darajada bo‘lib,
ular ish joylaridan va xonalardan darhol yo‘q qilinishi
kerak.
To'rtinchi
sinfga
kimyoviy
moddalar
va
aralashmalar kiradi. Ular, o‘z navbatida, uch guruhga
bo‘lingan.
Birinchi guruhga
havo bilan to‘qnashganda
alangalanadigan moddalar kiradi. Masalan. oq fosfor,
fosfor, fosfor vodorodi, rux va aluminiy changi, arsin,
stibin, fosfin, yog‘och, ko‘mir, kul, metallorganik
birikmalar. Fosfor galogenli birikmalar metall bilan
birikadi, oksidlanadi. Oksidlovchi bilan aralashib
portlaydi (selitra, xlorat, perekis). Paroforli moddalar
— kaliy, kalsiy, temir, natriy sulfidlari oksidlanib
o‘zidan o‘zi yonib ketadi.
Ikkinchi
guruhga
suv
bilan
aralashib
alangalanadigan moddalar kiradi. Masalan, ishqoriy
metallar, kalsiy karbidi, ishqoriy va ishqoriy yer
metallar gidridi, kalsiy va natriy fosforiti, silanlar,
natriy gidrosulfidi va boshqalar suv bilan birikib,
yonadigan, alangalanadigan gazlar hosil qiladi. Metall
karbidlari ham xavfli hisoblanadi.
Uchinchi guruhga
organik moddalar bilan
qo‘shilganda
alangalanishga
olib
keladigan
oksidlovchilar kiradi. Masalan, kislorod, galogenlar,
azot kislotasi, bariy va natriy perekisi, kaliy
permanganati, xrom angidridi, qo‘rg‘oshin oksidi,
selitra, xlorat, perxloratlar, xlorli ohak va boshqalar.
Atsetilen, vodorod, etilen xrom bilan aralashib, nur
ta’sirida o‘zidan o‘zi yonadi va portlaydi. Yuqorida
aytilgan barcha xavfli kimyoviy moddalar turiga
qarab omborlarda alohida saqlanishi va ko'rsatmalarga
asoslanib ishlatilishi talab qiliriadi.
Yong‘in sodir bo‘ladigan joylar ikki turga:
korxona va tashkilotlar hamda fuqarolaming yashash
joylari. Yong'in miqyosi: kichik hajmda, o‘rta hajmda
va katta hajmda bo‘ladi.
Yong‘inning tez keng tarqab ketishining asosiy
sabablariga:
- inshootlar loyihasini ishlab chiqishda yo‘l
qo‘yilgan xato va kamchiliklar;
- inshootlar qurilishida qurilish me’yorlari va
qoidalari hamda davlat standartiga rioya qilmaslik;
- yong‘in nazorati, gazdan foydalanishning
nazorat qilish xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan
yong‘inning oldini olish tadbirlarining bajarilmasligi;
- bolalarning yong‘in chiqishiga olib keluvchi
o‘yinlariga beparvolik;
- yong‘inga qarshi kurashda qo‘llaniladigan
qutqaruv vositalarining kamligi sabab bo‘ladi.
Demak, bulardan ko‘rinadiki, yong‘inlarning
asosiy sababchilari fuqarolar hisoblanadi. Shuning
uchun ham fuqarolarga aytadigan tavsiyamiz:
Dostları ilə paylaş: |