ishlarini bajarish davomida ma’lum tartib va
qoidalarga rioya qilish zarur bo‘ladi.
Bunday ishlarni
ochiq havoda yoki yopiq
xonalarda doimiy o‘tkaziladigan joylari tashkilot
rahbarining buyrug‘i asosida belgilanadi. Yopiq
sexlarda
payvandlash
ishlarining
vaqtinchalik
o‘tkaziladigan joylari, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha
mas’ul
xodimning
yozma
tariqasida
bergan
ruxsatnomasi bilan aniqlanadi.
Olov bilan bog‘liq bo‘lgan payvandlash ishlari
bajariladigan joylarda albatta dastlabki o‘t o‘chirish
vositalari ishga tayyor holda bo‘lishi
va barcha
payvandlash ishlari yong‘in va texnika xavfsizligi
qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda bajarilishi
shart.
Vaqtinchalik elektr yoki gaz payvandlash ishlari
bajariladigan joylarda 5m
radius kengligida aylanma
hudud yonuvchi ashyolardan tozalangan bo‘lishi
lozim. Agar elektr payvanchi balandda ishlayotgan
bo‘lsa, pastda payvandlash paytida uchib chiqayotgan
uchqunlarni tarqalishini kuzatib turgan yordamchi
bo‘lishi va payvandchining yonida yongan elektrodlar
qoldig‘ini solish uchun maxsus metal quticha bo‘lishi
lozim.
Elektr payvandlash va gazda qirqish ishlarini
bajarishda quyidagilar taqiqlanadi:
-yong‘in xavfsizligini ta’minlamasdan
turib
payvandlash uskunalarini ishlatish, hamda nosoz
bo‘lgan uskunalarda ishlash;
-maxsus
belgilangan
ximoya
kiyimlarini
kiymasdan turib ishni boshlash;
-kislorod balonlari va yonuvchi gaz balonlarini,
karbit va bo‘yoq mahsulotlari solingan idishlar
bilan
bir xonada saqlash;
-karbit solingan idishlarni zax tortishi mumkin
bo‘lgan erto‘lalarda saqlash;
-asetilen generatori va uning qismlari muzlab
qolganda olov yoki qizdirilgan buyumlar yordamida
muzini eritish;
-yonuvchi
gaz va kislorod balonlari, atsetilen
generatori bor bo‘lgan joylarda chekish va ochiq
holdagi olovlardan foydalanish;
-karbit solingan idish qopqog‘ini ochishda
misdan qilingan asboblardan foydalanish.
Dostları ilə paylaş: