Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   207
5c78e023dfdea (1)

9-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi 
ishtiroki 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari: 
ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining tashkil 
etilishiga va faoliyatiga ko‘maklashadi; 
yong‘in nazoratining amalga oshirilishiga 
ko‘maklashadi; 


yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi 
ustidan jamoat nazoratini amalga oshiradi. 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarda ham 
ishtirok etishi mumkin. 
10-modda. 
Tashkilotlarning 
yong‘in 
xavfsizligi sohasidagi huquqlari va majburiyatlari 
Tashkilotlar: 
yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini 
belgilangan tartibda o‘z mablag‘lari hisobidan tashkil 
etish, qayta tashkil etish va tugatish; 
tegishli 
organlarga 
yong‘in 
xavfsizligini 
ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritish; 
belgilangan 
tartibda 
yong‘in-texnik 
komissiyalarini tashkil etish; 
o‘z hududida sodir bo‘lgan yong‘inlarning kelib 
chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari hamda 
sharoitlarini aniqlashga doir ishlarni bajarish


yong‘in xavfsizligini ta’minlashni ijtimoiy va 
iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirish chora-tadbirlarini 
belgilash; 
belgilangan 
tartibda 
yong‘in 
xavfsizligi 
masalalari bo‘yicha axborot olish, shu jumladan 
yong‘indan saqlash xizmatining boshqaruv organlari 
va bo‘linmalaridan axborot olish huquqiga ega. 
Tashkilotlar: 
yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilishi; 
yong‘indan 
saqlash 
xizmati 
mansabdor 
shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi; 
yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab 
chiqishi va amalga oshirishi, shuningdek ularning 
bajarilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlashi; 
yong‘inga qarshi targ‘ibot o‘tkazishi va o‘z 
xodimlariga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini 
qo‘llashni o‘rgatishi; 
o‘ziga qarashli yong‘inga qarshi himoya tizimi 
va vositalarini, yong‘inga qarshi suv ta’minoti 
manbalarini, shu jumladan yong‘inni o‘chirishning 


birlamchi vositalarini ishga yaroqli holda saqlashi, 
ulardan 
belgilanganidan 
boshqa 
maqsadda 
foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligi; 
yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalariga 
yong‘inlarni o‘chirishda, shuningdek yong‘in nazorati 
organlariga yong‘inlarning kelib chiqish va kuchayish 
(tarqalish) sabablari hamda sharoitlarini aniqlashda, 
yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishida va 
yong‘inlar kelib chiqishida aybdor shaxslarni topishda 
belgilangan tartibda ko‘maklashishi; 
o‘z hududidagi yong‘inlarni o‘chirish chog‘ida 
zarur kuchlar va vositalarni belgilangan tartibda 
berishi; 
yong‘indan saqlash xizmatining mansabdor 
shaxslari o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda 
ularning o‘z hududiga, binolar, inshootlarga va 
boshqa ob’ektlarga erkin kirishini ta’minlashi; 
o‘ziga qarashli ob’ektlarning yong‘in xavfsizligi 
holati to‘g‘risidagi, shu jumladan o‘zi ishlab 
chiqarayotgan mahsulotning yong‘in xavfliligi 


haqidagi, shuningdek o‘z hududida sodir bo‘lgan 
yong‘inlar va ularning oqibatlari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni hamda hujjatlarni yong‘in nazorati 
organlari mansabdor shaxslarining talabiga ko‘ra 
taqdim etishi; 
kelib chiqqan yong‘inlar, mavjud yong‘inga 
qarshi himoya tizimlari va vositalaridagi nosozliklar 
to‘g‘risida, yo‘llar va tor ko‘chalarning holati 
o‘zgarganligi haqida yong‘indan saqlash xizmatiga 
darhol xabar qilishi; 
ko‘ngilli 
yong‘indan 
saqlash 
xizmatining 
faoliyatiga belgilangan tartibda ko‘maklashishi shart. 
Tashkilotlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida 
boshqa majburiyatlar bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin