Yong‘in xavfsizligi sohasidagi faoliyatning
ayrim turlarini litsenziyalash
belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.
25-modda. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi
mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish
Yong‘in xavfsizligi
sohasidagi mahsulotlar va
xizmatlarni sertifikatlashtirish
qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladi.
Yong‘in
xavfsizligi
sohasidagi
majburiy
sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar va
xizmatlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi mahsulotlar va
xizmatlarning
yong‘in
xavfsizligi
talablariga
muvofiqligini tasdiqlash uchun ular tashkilotlar
hamda fuqarolar tashabbusiga ko‘ra ixtiyoriy
sertifikatlashtirishdan o‘tkazilishi mumkin.
4-bob. Yong‘indan saqlash xizmati
26-modda. Yong‘indan saqlash xizmatining
asosiy vazifalari
Yong‘indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
yong‘inlar profilaktikasini o‘tkazish va yong‘in
xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni
amalga oshirish;
yong‘inlarni o‘chirish, yong‘in zonasida qolgan
odamlarni hamda yuridik
va jismoniy shaxslarning
mol-mulkini qutqarish.
Yong‘indan saqlash xizmati kuchlari va
vositalarining
yong‘inlar
profilaktikasi
hamda
yong‘inlarni o‘chirish bilan bog‘liq bo‘lmagan
ishlarni bajarishga jalb qilinishiga,
agar qonun
hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan
bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: