Vakolatli organlar yong‘in xavfsizligi uchun
noqulay sharoitlar to‘g‘risida o‘z vakolatlari doirasida
Davlat yong‘in xavfsizligi
xizmatini darhol va bepul
asosda xabardor qilishi shart.
Faoliyati to‘liq yoki qisman O‘zbekiston
Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan
moliyalashtiriladigan
ommaviy axborot vositalari
yong‘in xavfsizligi masalalariga doir tezkor axborotni
bepul asosda e’lon qilishi shart.
Mahalliy
davlat
hokimiyati
organlari
va
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yong‘in
xavfsizligini ta’minlash yuzasidan qabul qilgan
qarorlari haqida aholini xabardor qilishi shart.
20-modda.
Yong‘inlarni
va
ularning
oqibatlarini hisobga olish
YOng‘inlarni va ularning
oqibatlarini hisobga
olish, shuningdek yong‘inlarga doir axborotni to‘plash
hamda
o‘zaro
almashishtartibi O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
tomonidan
belgilanadi.
21-modda. Yong‘inga qarshi alohida rejim
YOng‘in xavfi yuqori bo‘lganda mahalliy davlat
hokimiyati
organlarining
qarori
bilan
tegishli
hududlarda yong‘inga qarshi alohida rejim o‘rnatilishi
mumkin.
YOng‘inga qarshi alohida rejimning amal qilishi
davrida tegishli hududlarda yong‘in xavfsizligi
sohasidagi normativ-huquqiy
hujjatlarda nazarda
tutilgan yong‘in xavfsizligiga oid qo‘shimcha talablar
belgilanadi.
22-modda. Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik
jihatdan ta’minlash
Yong‘in xavfsizligini
ilmiy-texnik jihatdan
ta’minlashni ilmiy- tadqiqot,
tajriba-konstruktorlik,
loyiha
tashkilotlari
va
boshqa
ilmiy-texnik
tashkilotlar, shuningdek tegishli ta’lim muassasalari
amalga oshiradi.
Yong‘in xavfsizligi
sohasidagi ilmiy-texnik
ishlanmalarni
moliyalashtirish
O‘zbekiston
Respublikasi
Davlat
byudjeti
mablag‘lari,
tashkilotlarning mablag‘lari, shuningdek qonun
hujjatlarida
taqiqlanmagan
boshqa
manbalar
hisobidan amalga oshiriladi.
Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan
ta’minlashni muvofiqlashtirish Davlat yong‘in
xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Tashkilotlar yangi texnologiyalar va mahsulotlar
yaratilishida
yong‘in
xavfsizligini
ta’minlash
maqsadida zarur ilmiy-texnik
ishlanmalar amalga
oshirilishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: