Davlat yong‘indan saqlash xizmati yong‘indan
saqlash xizmatining asosiy turidir va u Davlat yong‘in
xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat
yong‘in
xavfsizligi
xizmatining
bo‘linmalari tumanlar,
shaharlar va boshqa aholi
punktlarida, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik
yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan
ob’ektlarda belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Davlat yong‘in xavfsizligi
xizmatining tuzilishi,
vazifalari, funksiyalari, tashkil
etilishi va faoliyat
yuritish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
29-modda.
Davlat
yong‘in
xavfsizligi
xizmatining shaxsiy tarkibi
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining shaxsiy
tarkibi tegishli shtat lavozimlarida turgan:
safdorlar, serjantlar
va ofitserlar tarkibidan
bo‘lgan shaxslarni (xodimlarni);
maxsus unvonga ega bo‘lmagan shaxslarni
(xizmatchilarni) o‘z ichiga oladi.
Davlat
yong‘in
xavfsizligi
xizmatining
xodimlariga nisbatan ichki ishlar organlarida xizmatni
o‘tashni tartibga soluvchi nizomlar amal qiladi.
Davlat
yong‘in
xavfsizligi
xizmatining
xizmatchilariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi
qonun
hujjatlarida belgilangan qoidalar amal qiladi.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining shaxsiy
tarkibi belgilangan namunadagi
xizmat kiyimiga va
farqlash belgilariga ega bo‘ladi.
30-modda. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati
Dostları ilə paylaş: