Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


-modda. Fuqarolarning yong‘in xavfsizligi



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   207
5c78e023dfdea (1)

11-modda. Fuqarolarning yong‘in xavfsizligi 
sohasidagi huquq va majburiyatlari 
Fuqarolar: 
yong‘in kelib chiqqan taqdirda o‘z sog‘lig‘i va 
mol-mulkining himoya qilinishi; 


yong‘in tufayli o‘ziga etkazilgan zararning o‘rni 
belgilangan tartibda qoplanishi; 
o‘z sog‘lig‘iga va (yoki) mol-mulkiga zarar 
etkazgan yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda 
sharoitlarini aniqlashda ishtirok etish; 
yong‘in 
xavfsizligi 
masalalari 
bo‘yicha 
belgilangan tartibda axborot olish; 
yong‘indan saqlash xizmati etib kelguniga qadar 
odamlarni, mol-mulkni qutqarish va yong‘inlarni 
o‘chirish yuzasidan choralar ko‘rish; 
yong‘inlarni o‘chirishda yong‘indan saqlash 
xizmatiga ko‘maklashish; 
yong‘in xavfsizligini ta’minlashda, shu jumladan 
ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati faoliyatida 
ishtirok etish huquqiga ega. 
Fuqarolar: 
yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilishi; 
yong‘inni sezib qolganda bu haqda yong‘indan 
saqlash xizmatiga darhol xabar qilishi; 


yong‘indan 
saqlash 
xizmati 
mansabdor 
shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi; 
o‘ziga qarashli ishlab chiqarish, xo‘jalik 
binolarini, turarjoylarni va boshqa binolar hamda 
imoratlarni belgilangan tartibda yong‘in nazoratini 
amalga oshirish maqsadida ko‘zdan kechirishi va 
tekshirishi uchun yong‘in nazorati organlarining 
mansabdor shaxslariga imkoniyat berishi shart. 
Fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida 
boshqa majburiyatlar bo‘lishi mumkin. 
3-bob. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash 
12-modda. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashni 
tashkil etish 
Yong‘in xavfsizligini ta’minlash tashkilotlarning 
mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari, shuningdek 
yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining tarkibiy 
qismidir. YOng‘in xavfsizligini ta’minlashga doir 
talablar mansab yo‘riqnomalarida va boshqa 


yo‘riqnomalarda, zarur hollarda esa tegishli 
shartnomalarda aks ettirilishi kerak. 
Tashkilotlarning 
yong‘in 
xavfsizligini 
ta’minlash, agar tegishli shartnomada boshqacha 
qoida 
nazarda 
tutilmagan 
bo‘lsa, 
mazkur 
tashkilotlarning rahbarlari va ular vakolat bergan 
shaxslar zimmasiga yuklatiladi. YOng‘in xavfsizligini 
ta’minlashga doir vazifalarning vakolatli shaxslar 
zimmasiga yuklatilishi rahbarlarning zimmasidan 
mas’uliyatni soqit qilmaydi. 
Xususiy 
va 
davlat 
uy-joy 
fondlarining 
turarjoylari va boshqa binolarida yong‘in xavfsizligini 
ta’minlash, agar bu mulkiy ijara (arenda) 
shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, mulkdorlar yoki 
ijaraga (arendaga) oluvchilar zimmasiga yuklatiladi. 
Aholi punktlarini rivojlantirish va ularda imorat 
qurishni 
rejalashtirish, binolar va inshootlarni 
loyihalashtirish, qurish, kengaytirish, rekonstruksiya 
qilish hamda texnik jihatdan qayta jihozlash chog‘ida 
yong‘in 
xavfsizligini 
ta’minlash 
tegishincha 


shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli 
davlat organi, buyurtmachilar, imorat quruvchilar, 
loyiha va qurilish tashkilotlari zimmasiga yuklatiladi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin