XXasrning oxirgi o‘n yilligida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)
insonlar
hayot tarzi va jamiyat rivojiga ta’sir qiluvchi asosiy
omillardan biri bo‘lib qoldi. Bugungi kunda kishilik
jamiyatida axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini
jadal rivojlanishi natijasida insonlar hayotining barcha
yo‘nalishlarida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda.
Axborot–kommunikatsiya
texnologiyalari
inson
hayotining
barcha jabhalarini, ya’ni ish faoliyatini
ham, muloqotini ham, maishiy va
madaniy sohalarini
ham qamrab olmoqda. Ular har bir odamga hayot
kechirish darajasini rivojlantirish va yaxshilash uchun
katta imkoniyatlarni ochib bermoqda hamda insonni
yolg‘izlikdan
chiqarib, jahon axborot jamiyatiga
qo‘shilishiga imkoniyat yaratmoqda.
Respublikamiiz hukumati tomonidan AKTga oid
zarur me’yoriy-huquqiy baza yaratilib, u 11 ta
ixtisoslashtirilgan (sohaviy) va 6 ta o‘zaro bog‘langan
qonunlar, O‘z.R. Prezidentining 3
ta farmoyishi,
O‘z.R. Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 40 dan
ortiq qarorlari hamda 600 ta qonunosti hujjatlarni o‘z
ichiga olgan.
Aloqa va axborotlashtirish sohasida sifatli
faoliyatni ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi
Hukumati o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi iqtisodiyot va
jamiyat
hayotining
barcha
sohalarida
axborot
texnologiyalarini keng ko‘lamda qo‘llash
va jahon
axborot hamjamiyatiga kirish uchun qulay sharoitlarni
yaratishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: