xavfsizlik texnikasi o‘rgatiladigan maxsus kurslar ochib, ularga xavfsizlik texnikasi
qoidalarini to‘la-to‘kis bilib olishlariga imkon
tug‘dirishi shart.
Ishchilar dastlabki instruktaj hamda ish o‘rnining
o‘ziga instruktaj o‘tkazilgandan keyin, (ishga olingan
kundan hisoblab) kechi bilan uch oy muddat ichida bu
kurslarda o‘qitiladi.
Xavfsizlik texnikasi kursini o‘tmagan va
shunday kursda ta’lim olganligi haqida guvohnomasi
bo‘lmagan ishchiga ma’muriyatning juda xavfli yoki
ma’suliyatli ishlarni, shuningdek boshqa ish
o‘rinlaridan ishlarni topshirishga haqqi yo‘q.
Ishchilarning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha
instruktajdan o‘tishi va o‘qitilishi qanday tashkil
etilayotganini va ularning sifatini doimo nazorat qilib
turish kasaba uyushmalarining korxona va viloyat
komitetlariga yuklanadi.
Mehnatni tashkil qilish sharoitini va uning
muhofaza qilinishini hamda ishchi va xizmatchilarga
sanitariya-maishiy
xizmat
ko‘rsatishni
yanada
yaxshilash uchun jamoa ish beruvchi va ishlovchi
o‘rtasidagi shartnoma katta ahamiyatga ega.
Xavfsizlik texnikasi xizmati ishlab chiqarishda baxtsiz
hodisalar va kasallanishlar sababini tahlil qiladi
hamda shu tahlil natijasi asosida tadbirlar ro‘yxatini
tuzadi. Bu ro‘yxatga yana baxtsiz hodisalar haqida
tuzilgan dalolatnomasida ko‘rsatilgan tadbirlar (N-1
formasi)
hamda
davlat
va
jamoat
nazorat
organlarining mablag‘ sarflashni talab qiladigan
ko‘rsatmalarida qayd qilingan tadbirlar ham kiritiladi.
Amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlarini
bajarish uchun ma’lum miqdorda mablag‘ ajratiladi va
mablag‘larni boshqa maqsadlarga sarflash taqiqlanadi.