Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Instruktajlar va ishchilarni xavfsiz ishlash



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   207
5c78e023dfdea (1)

6. Instruktajlar va ishchilarni xavfsiz ishlash 
usullariga o‘rgatish 
Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va 
sanoat 
korxonalarida 
kasb 
kasalliklari 
va 
jarohatlanishga olib keladigan omilarni butunlay 
yo‘qotish sanoat korxonalari rahbarlari oldiga 
qo‘yilgan asosiy vazifa hisoblanadi.
Hozirgi zamon fan va texnikasining o‘sishi 
yangidan 
yangi 
texnologiya 
va 
mashina-
mexanizmlarning joriy etilishi, ishlab chiqarishda 
ishlayotgan har bir xodimning yuqori malakali, 
texnika qonunlarini tushunadigan va unga amal 
qiladigan bo‘liщlarini talab qiladi. Hozirgi vaqtda 
ishchilar xavfsizligini ta’minlash borasida qanchadan-
qancha tavsiyanomalar, qoida va normalar ishlab 
chiqilgan bo‘lishiga qaramasdan sanoat korxonalarida 
baxtsiz hodisalarning butunlay yo‘qolib ketishini 
ta’minlovchi sharoit mavjud emas. 


Bundan tashqari sanoat korxonalarining xilma-
xilligi, hattoki ma’lum bir korxonada ham ish sharoiti 
bir-biriga o‘xshash ikkita sexni topish amri mahol 
ekanligi, umumiy sanoat korxonalari xavfsizligini 
ta’minlovchi, tartibga solingan retsept ishlab chiqarish 
mumkin emas. Shuning uchun ham har bir sanoat 
korxonasi o‘zi uchun mehnatni muhofaza qilish va 
mehnat 
xavfsizligini 
ta’minlashga 
qaratilgan 
instruktajlar sistemasi tashkil qilingan va bu sistealar 
ishchilarning xavfsizligini ta’minlovchi ish usullarini 
o‘rgatish bilan ishchining mehnat xavfsizligini saqlash 
chora-tadbirlarini ham o‘z ichiga oladi. 
Instruktajlarni asosan to‘rt gruhga bo‘lib qarash 
mumkin: 
1) kirish instruktaji; 
2) ish joyidagi instruktaj; 
3) vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan instruktaj; 
4) rejadan tashqari instruktaj. 
Sanoat 
korxonalarining 
hammasida 
ish 
kategoriyasi va xavfli darajasi qanday bo‘lishiga 


qaramay barcha ishchi va xizmatchilar ish davri
mutaxassisligi 
va 
malakasidan 
qat’iy 
nazar 
instruktajdan o‘tishlari shart.
Kirish instruktaji. Ishga yangi kirayotganlar 
uchun o‘tkaziladi. Bu instruktajning asosiy maqsadi 
ishga kirayotgan kishini mehnatni muhofaza qilish, 
xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi to‘g‘risida 
ma’lumot berish, uni sanoat korxonasi maydonlari va 
sexlaridagi tartib-qoidalardan xabardor qilishdir. 
Kirish instruktaji yaxshi jihozlangan va ko‘rgazmali 
qurollar o‘rnatilgan mehnatni muhofaza qilish 
kabinetida, xavfsizlik texnikasi injeneri tomonidan 
o‘tkaziladi. 
Kirish instruktaji vaqtida ishga kirayotgan ishchi 
quyidagi 
holatlar 
bilan 
tanishtirilishi 
shart: 
O‘zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza 
qilish qonuniyatlari asoslari, sanoat korxonasida 
yo‘lga qo‘yilgan ichki tartib qoidalari, sanoat 
korxonasi maydonida va sexlarida o‘zini tutish 
qoidalari, 
sanoat 
korxonasidagi 
xavfsizlik 


texnikasining umumiy talablari, ish joyini tashkil 
qilish, 
ishchiga 
topshirilgan 
mashina 
va 
mexanizmlarni saromjon va ozoda saqlash qoidalari, 
maxsus ish sharoitini tashkil qilingan ayrim sex va 
bo‘limlar bmlan tanishtirish, baxtsiz hodisalarni oldini 
olish qoidalarini tushuntirish, bunda asosiy diqqat 
e’tiborni har xil erituvchilar, kislotalar, engil 
alangalanuvchi suyuqliklar, siqilgan havo, elektr toki 
xavfi mavjud bo‘lgan sexlarga qaratish kerak.
Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi 
va 
sanoat 
sanitariyasi 
qoida, 
norma 
va 
instruksiyalarining buzilishi natijasida vujudga kelgan 
baxtsiz hodisalar haqida ma’lumotlar berilishi kerak. 
Baxtsiz hodisa ro‘y berganda o‘zini qanday tutish 
haqida tushuncha beriladi, alkogolli ichimliklar 
baxtsiz hodisaga olib kelishi haqida aytib o‘tilish 
shart. Maxsus kiyim bosh, maxsus oyoq kiyimi va 
shaxsiy muhofaza vositalaridan foydalanish qoidalari, 
sanitar-gigiena sharoitlariga e’tibor berish, sanitar 
maishiy xonalardan foydalanish tartibi, baxtsiz hodisa 


ro‘y berganda, baxtsiz hodisaga uchragan kishiga 
vrach kelgunda qadar yordam ko‘rsatish usullari 
haqida ma’lumot beriladi.
Ish joyidagi instruktaj. Ishga yangi kirgan, bir 
ishdan ikkinchi ishga o‘tkazilgan, bir mashinadan 
ikkinchi 
mashinaga, 
bir 
uchastkadan 
ikkinchi 
uchastkaga o‘tkazilgan, agar bu o‘tkazishlar vaqtincha 
bo‘lishidan qat’iy nazar ish joyidagi instruktajdan 
o‘tkazilishi shart.
Ish 
joyidagi 
instruktajda 
quyidagilar 
tushuntirilishi kerak: ishchining doimiy ishlash joyi, 
sexdagi texnologik jarayon va xavfli uchastkalar, 
ishchining doimiy ishlashi zarur bo‘lgan mashinaning 
yoki stanovning tuzilishi, mashinaning xavfli joylari, 
muhofaza qurilmalari va boshqa saqlovchi vositalar, 
ularning vazifasi va ulardan foydalanish qoidalari. 
Ishga 
tayyorlanish 
qoidalari, 
stanokning 
sozlanganligini 
tekshirish, 
yurgizish 
o‘chirish 
asboblarining ishlashi, stanokning erga ulanganligi, 
yordamchi va asosiy qurollarning mavjudligi. Shaxsiy 


muhofazo aslahalarining vazifalari va ulardan 
foydalanish qoidalari, ish kiyimlari, maxsus kiyimlar, 
oyoq kiyoimlari va bosh kiyimlarga qo‘yiladigan 
talablar. 
Ish joyini tashkil qilish bunda material va tayyor 
mahsulotlarni joylashtirish, ish joylarini iflos va 
keraksiz narsalar bilan to‘lib ketishiga yo‘l 
qo‘ymaslik, yo‘llar, o‘tish joylari va ish joylarini 
to‘sib qo‘ymaslik.
Transport vositalari, ko‘tarish kranlari va 
mexanizmlarni 
ishlatish 
qoidalari 
va 
boshqa 
yordamcht vositalardan foydalanish tartiblari.
Baxtsiz hodisalar kelib chiqish mumkin bo‘lgan 
ish usullarini qo‘llashni taqiqlash va kasb 
kasalliklariga olib kelishi mumkin bo‘lgan sanoat 
zararli moddalari haqida tushuncha berish va ulardan 
saqlanish usullarini ko‘rsatish. 
Instruktaj o‘tkazayotganda avvalo odatdagi ish 
sharoitida ishchi o‘zini qanday tutishi kerakligi haqida 
ma’lumot beriladi. Lekin sanoat korxonalarida ba’zi 


bir haddan tashqari holatlar ham yuz berib qolishi 
mumkin. Masalan avariya, yong‘in va boshqa hollarda 
ishchi o‘zini qanday tutishi, tez harakat qilishi mahim 
ahamiyatga ega.
Shuning uchun mana shunday holatlarda qanday 
harakat qilish kerakligi haqida ham ma’lumot berilishi 
kerak.
Ish joyidagi instruktajni master yoki brigadir 
o‘tkazadi.
Vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan instruktaj.
Bu 
instruktajni o‘tkazish vaqtini fabrika, zavod kasaba 
uyushmasi komitetlari bilan kelishgan holda, sanoat 
korxonasining rahbari belgilaydi. Bu instruktajning 
mazmuni ish joyidagi instruktaj mazmuni bilan bir xil. 
Instruktajning kirish instruktaji singari hamma 
ishchilar ish staji, malakasi, razryadidan qat’iy nazar 
o‘tkazilishi shart.
Rejadan tashqari instruktaj.
Bu instruktaj 
texnologik jarayonning o‘zgarishi, yangi mashina va 
stanoklar 
kiritilishi 
va 
yangi 
materiallardan 


foydalanish natijasida ish sharoitining o‘zgarishi 
sababli ishchilarning xavfsizligini saqlash uchun 
bilimlari etishmasligi sezilganda o‘tkazilishi mumkin.
Bundan tashqari bu instruktaj ba’zi bir ishchilar 
xavfli ish usullaridan foydalanayotganligi sezilsa, 
mehnat intizomi yoki xavfsizlik texnikasi qoidalari 
buzilsa yoki ishchi ishlayotgan joyidan biror-bir sabab 
bilan (masalan kasallik, ta’til) uzilish ro‘y bersa, 
shuningdek ish joylarida kasb kasalliklari va baxtsiz 
hodisalar yuz bersa o‘tkazilishi mumkin.
Shu sanoat korxonasiga o‘xshash korxonada 
avariya sababli baxtsiz hodisa ro‘y berganligi haqida 
xabar eshitilgandan keyin ham, plandan tashqari 
instruktaj o‘tkaziladi. 
Kundalik 
instruktaj.
Naryad-dopusk 
bilan 
bajariladigan xavfli ishlar uchun ish boshlashdan 
oldin o‘tkaziladi. Bu instruktaj o‘tkazilganligi 
haqidagi ma’lumot naryad-dopuskka yozib qo‘yiladi.



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin