Inson ekologiyasi [3].
Inson ekologiyasi odamlarni tashqi muhit bilan
o‘zaro munosabat qonuniyatlari, aholi sonining ortib
borishi, sog‘liqni saqlash va yaxshilash, insonning
fizik va psixik imkoniyatlarini kengaytirish kabi
masalalar bilan shug‘ullanadi. Inson ekologiyasining
muhim vazifasi aholi sog‘lig‘ini saqlash va
yaxshilashning tabiiy qonuniyatlarini o‘rganishdan
iborat.
Inson ekologiyasi oldida uchta vazifa turadi:
1. ITG bilan birgalikda tabiiy muhitni bir butun
holda saqlab qolish;
2. Aholi salomatligi;
3. Kishilarning uzoq yashashi va faol hayotini
ta’minlash.
Ilmiy texnik inqilob inson bilan biosfera o‘zaro
masalasini nihoyatda dolzarb muammoga aylantirdi.
Biossferaning tarkibiy qismi hisoblangan har bir tirik
organizm morfologik, fiziologik va xulqiy tomonlari
bilan tashki muhit bilan xayratlanarli darajada
uyg‘unlik
organizmning
yashash
muhitiga
moslashishi natijasidir. Moslashish qanday namoyon
bo‘ladi? Moslashish organizmning tashqi muhitda
yashab qolishi yoki nobud bo‘lishi jarayonlarini
muammo qilib qo‘yadi. Boshqacha qilib aytganda,
tashqi dunyo tirik organizm oldiga ma’lum
muammolarni ko‘yadi. Tirik organizm yashashi, ya’ni
o‘sishi va rivojlanishi uchun, sog‘lom avlod qoldirishi
uchun ushbu muammolarni hal etishi kerak bo‘ladi.
Moslashish jarayoni cheksiz va to‘xtovsizdir.
Ammo tirik organizm tabiiy funksiyalari va
organlarini
takomillashtirish
imkoniyatlari
cheklanganligini xisobga olish zarur. O‘sish, vazn,
tananing umumiy yuzasi, shuningdek, hayot faoliyati
jadalligi kabi antropologik ko‘rsatkichlar, nafaqat
biologik qonuniyatlar asosida cheklanib qolmay,
balki, gravitatsion, energetik, termik va boshqa iqlim
geografik, geofizik omillar bilan ham cheklanadi.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, issiq qonli hayvonlar
tana o‘lchami iqlim bilan bog‘lik bo‘lishi mumkin.
(Bregman qoidasi).
Antropologlarning fikricha, odam evolyusiyasi
to‘xtagan, genotipik nuqtai nazardan o‘zgarmaydi,
ammo
tabiiy
va
ijtimoiy
omillar
ularning
morfofunksional o‘zgarishlariga olib kelishi mumkin.
Inson rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillar ta’sir
etadi. Inson ekologiyasi umumlashtirsak u tabiat bilan
ijtimoiy muhit orasidagi aloqa bog‘lanishlarni hal
etishdan iborat. Ushbu bog‘lanishlar aholining
salomatlik darajasi va ijtimoiy mehnat potensialini
belgilab beradi.
Sof holdagi tabiiy yoki ijtimoiy yo‘q, ular bir-biri
bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Inson va jamiyat
ma’lumot va madaniyat, aholining o‘sishi, rivojlanishi
va
moslashishlari
uning
kelajagi
haqidagi
muammolardir.
Odam Er yuzidagi barcha narsaga aql-zakovat,
maqsad bilan buysunadigan jonzotdir. Xo‘jalik va
ishlab chiqarish faoliyai tufayli uning yashash
chegaralari kengayib bormaqda. U yangi xom ashyo,
energetik resurslarini, qidirish borasida dengiz va
okenlarni, shimol va Antarktidalarni, baland tog‘
cho‘qqilari, suvsiz cho‘llarni, stratosfera va kosmik
fazoni zabt etayapti. Shu bilan birga yangi tabiiy va
ishlab chiqarish jarayonida, u tashqi muhitning
noqulay duch kelmoqda.
Odam populyasisining salomatlik xolati faqat
tibbiy biologik nuqtai nazardan emas, balki iqtisodiy
kategoriya ham xisoblanadi. Aholini ko‘chib
yurishining ortishi Sibir, Chekka Shimol, Uzoq Sharq,
baland tog‘ kabi xududlarni tez egallamoqda. Natijada
odam organizmining boshqaruv organlari doimo
zo‘riqqan holda ishlamoqda. Yangi sharoitda odam
bilan
tabiat
o‘rtasidagi
muvozanatni
uyg‘unlashtirishda tibbiy biologik fanlar oldida o‘lkan
vazifalar to‘ribdi.
Kasalliklarni oldini olishdan tashqari, hozirgi
avlodni saqlash va mustahkamlash hamda kelajak
avlodni sog‘lig‘igi kafolat berish bo‘ladi. Shu bilan
birgalikda tabiiy muhitning etik-estetik tomonlarini
ham hisobga olish kerak. Har bir kishi uchun
o‘rmonlar, gullab turgan o‘simlik, inson qo‘li
tegmagan landshaftlar ilhom baxsh etadi. Hozirgi
sharoitda shaharlar va uning aholisi jadal o‘smoqda,
qishloq xo‘jaligi uchun har kuni biosfera holatini
yaxshilash haqida qayg‘urishi lozim.
Fan-texnika taraqqiyotining atrof-muhitga ta’siri
ham ijobiy, ham salbiy bo‘lishi mumkin. Fan va
texnika yutuqlarini xo‘jalik faoliyatiga tadbiq etishda
jamiyat va tabiatning uyg‘un holda rivojlanish
talablari e’tiborga olinmasa, salbiy oqibatlar kelib
chiqadi.
Fan-texnika
taraqqiyotining
tartibsiz,
boshqarib
bo‘lmaydigan
rivojlarishi
natijasida
insoniyat shunday chegaraga etib keldiki, chang-tutun
va nur kassaligi, turli toksik, allergiya, endokrin va
ijtimoiy chegara bilmaydigan patalogiyaning boshqa
turlari bilan bog‘liq xastalilar xavfi ko‘ndalang bo‘lib
turibdi.
Yadro qurollarining sinalishi natijasida tabiatda
muhim o‘zgarishlar yuz beradi. Bu o‘zgarishlarning
ba’zi
oqibatlari
mutagen
jarayonlarga,
tirik
organizmlarning irsiy kodiga ta’sir ko‘rsatishi g‘oyat
tashvishlidir. Birgina AQSHdagi sanoat korxonalari
va atom stansiyalari har yili tabiatni yuzlab tonna
radiaktiv chiqindilar bilan bulg‘anadi.
Ajal urug‘lari bo‘lmish bu moddalar yillab
axlatxonalarda yotadi. Ko‘pgina hollarda zaharli
chiqindilar yomg‘irlar yuvilib, saqlanish joyidan
daryolar quduqlarga sizib o‘tadi va toza ichimlik
suvini zaharlaydi. Bu esa aholi uchun xavf-xatar
tug‘diradi.
G‘arbiy Evropa va Amerikadagi taraqqiyparvar
kishilar tabiatni asrab-avaylash uchun kurashadilar.
Chunki ular odamlarning sihat-salomatligini ko‘p
jihatdan tashqi atrof-muhit holati darajasiga bog‘liq
ekanini yaxshi tushunadilar.
Tabiatni muhofaza etish bo‘yicha dunyo
miqiyosida bir qancha uyushmalar mavjud. Masalan
Germaniyadagi
«yashillar»
Dostları ilə paylaş: |