Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Ekologik muammolar va ularni hal etishda



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   207
5c78e023dfdea (1)

 
Ekologik muammolar va ularni hal etishda 
fanning ahamiyati
Hozirgi zamon ishlab chiqarishi ekologik 
tanglikni keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarish esa 
zamonaviy 
texnikaga 
asoslangan. 
Texnikaning 
manbai fandir. Demak, ekologiyaning qiyinchiliklari 
fan-texnika taraqqiyoti bilan uzluksiz bog‘liqdir. 
Fan yordamida tabiatning qonunlari kashf etiladi. 
Inson omili hisobga olinmasdan o‘tkazilgan har 
qanday tadqiqot hozirgi zamon ekologik vaziyatni 
haqiqiy tarzda to‘liq aks ettira olmaydi. Ekologik 
tanglikning sabablaridan biri ilmiy tafakkurdagi 


haddan ortiq taxliliy mulohazaviy yondashuvdir. Ular 
tabiat 
bo‘laklarini 
alohida 
o‘rganish 
bilan 
cheklanadilar, tabiatga yaxlitlik nuqtai nazardan 
qaramaydilar. 
Ekologik muammolarning ildizi fanlar orasidagi 
o‘zilish va ularning noteks rivojlanishi bilan bog‘liq. 
Bu fanlarning ikki o‘ziga xosligi va ijtimoiy 
ehtiyojlari ta’siri bilan belgilanadi. SHuni nazarda 
tutmoq lozimki ekologik qiyinchiliklarga fanning 
biror sohasida erishilgan yutuqlar ayibdor emas. 
Hammasi natijasi ularoq bilimning boshqa sohalarga 
tegishli o‘zgarishlar tezroq sodir bo‘lmaganligidadir. 
Bilimlarning umumiy miqdori beqiyos ortgan 
sharoitda fanlarning noteks rivojlanishi yana bir 
ziddiyatni keltirib chiqaradi. Shu bilan birga tabiiy 
fanlar va texnikaviy fanlar orasida bog‘lanish bo‘lishi 
kerak. Ular orsidagi bog‘lanish bo‘lganda ona 
sayyoramizni istiqbolini belgilaydi. Fan-texnika 
taraqqiyotining eng so‘ngi yutuqlaridan keng 
foydalanish asosida yangi ilg‘or texnologiyalar 


yaratiladi. Bu esa kam harjat qilinib, ijtimoiy ishlab 
chiqarish rivojlanishining ekologik, tashkiliy, texnik, 
iqtisodiy muammolarni ayni bir vaqtda hal etish 
imkoniyatini beradi. Biotexnolgik taraqqiyot tufayli 
atrof-muhit holatni yaxshilashda katta samaralarga 
erishish mumkin bo‘ladi, o‘simliklardan olinadigan 
energiya qazib olinadigan tiklab bo‘lmas yoqilg‘i 
o‘rnini 
to‘la 
qoplay 
olishi 
mumkin. 
Don 
mahsulotlarining yuqori hosil beruvchi navlari, 
noqulay sharoitlarga bardosh beruvchi turlar kashf 
etilishi qishloq ho‘jaligida katta o‘zgarishlarga olib 
keladi. Qishloq xo‘jalik zararkurandalariga qarshi 
kurashishning 
bir 
butunlikdagi 
usuli 
yanada 
osonlashadi. Biotexnologiya yordamida qattiq va 
suyuq chiqindilarga ishlov berish, bu esa dolzarb 
ekologik muammolarni hal etishga katta yordam 
beradi. 
Bu 
muammolarni 
hal 
etishda 
mikrobiologiyaning jadal sur’atlar bilan uning 
yutuqlarini amaliyotga keng miqyosda joriy etilishini 
taqozo qiladi. Fan insonga eng ishochli axborotlarni 


beradi, inson bu axborotlarin qayta ishlab tabiiy tizim 
va ekologik holatlarni yanada yomonlashuvini oldini 
olishi mumkin bo‘ladi. Jamiyat va tabiat o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabat muammolarni hal etishda fan oldiga 
yangi vazifalar qo‘yilmokda. Bu vazifalarni hal 
etishda ekologiyadan biologik yo‘nalishdagi boshqa 
fanlarga, er haqidagi fanlarga, fizika-kimyo sohadagi 
fanlarga, texnik va qishloq ho‘jaligi fanlariga, 
tibbiyotga, ijtimoiy fanalarga o‘tkazish tarzida 
namoyon bo‘ladi. Qayd etib o‘tilgan ilmiy 
yo‘nalishlarning 
rivojlanishi 
inson 
faoliyatini 
ekologiyalashtirish tendensiyasi doirasida kechadi. 
Umumiy holda ekologiyalashtirish deganda, tabiatni 
o‘zgartirish faoliyatining salbiy natijalarini minimum 
darajasiga keltirish maqsadida insonning tabiiy 
muhitga ko‘rsatayotgan ta’siri tufayli kelib chiqishi 
mumkin bo‘lgan oqibatlarni hisobga olish tushuniladi. 
Inson faoliyatini ekologiyalashtirish extiyojdir. Uni 
rivojlantirmasdan turib, ekologik muammolarni na 
global, na hududiy, na mahalliy darajada hal etib 


bo‘ladi. Jamiyat bilan tabiiy tizimlar doimo o‘zaro 
ta’sirda bo‘ladilar. Jamiyat bilan o‘zaro ta’sirlanish 
jarayonida tabiiy tizimlar tabiatni bir butun tadqiq 
qilishga intilish fanning ekologiyalashtirishning eng 
xarakterli 
jihatlaridan 
biri 
ekanligidir. 
Ekologiyalashtirish insonni bilish va o‘zgartirish 
faoliyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etadi. 
Fani ekologiyalashtirishning yana bir muhim 
jihati, tadqiqot ob’ektlari bo‘lmish inson, atrof-muhit, 
ularning o‘zaro munosabatlariga ijodkorlik va mehr-
muhabbat ruhida qarash lozim bo‘ladi. Bunday 
munosabat ijtimoiy ongning barcha shaklllariga shu 
jumladan fanga ham xos bo‘lishi kerak. Ya’ni fanning 
asosiy vazifasi va maqsadi odamlarga farovonlik va 
baxt keltirishidan iborat bo‘lmog‘i lozim. Fanni 
ekolgiyalashtirish bilan bir qatorda ishlab chiqarishni 
ham ekolgiyalashtirish ekologik muammolarni oldini 
oladi. Har yili davlatimiz tomonidan ekologiya va 
tabiatni muhofaza qilish uchun millionlab mablag‘lar 
ajratadi. 
Bundan 
tashqari 
aholining 
ekologik 


madaniyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish 
borasida rejali ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Atrof-muhitni 
himoya qilish muammolarni hal etish uchun ekologik 
xavfsiz kam chiqindili va chiqindisiz texnalogik 
jarayonlarni yaratish yo‘li bilangina erishish mumkin 
bo‘ladi. 
Ekologiyalashtirigan ishlab chiqarish murakkab 
yopiq jarayondan iborat. Bunda barcha chiqindilar 
yana qaytadan ishlab chiqarish siklida foydalaniladi. 
Bu erda biotexnologiyani o‘rni beqiyosdir, ya’ni 
ishlab 
chiqarishda 
mikroorganizmlardan 
foydalaniladi. Biotexnologik yo‘l bilan ishlab 
chiqarilgan mahsulotlar ishonchli va toza bo‘ladi. 
Ekologiyalashtirilgan ishlab chiqarishda bir bosqich 
chiqindilari ikkinchi bosqich uchun hom ashyo 
hisoblaniladi. Ekologiyalashtirish ishlab chiqarishda 
sifat jihatidan yangi energiya manbaiga o‘tiladi. Bu 
uning xususiyati hisoblanadi. YAngi energiya 
manbalarini izlash bugungi kunda ilmiy tadqiqot 
markazida 
turibdi. 
Dunyoning 
ko‘pgina 


mamlakatlarida atom quvvatidan foydalanilmokda. 
Butun dunyoda 300 ga yaqin AES ishlab turibdi. 
Kimyoviy 
usulllarda 
olinadigan 
va 
quyosh 
geoterminal, shamol, dengiz suvning ko‘tarilishi 
pasayishi va noan’anaviy qayta tiklanmaydigan 
barcha turdagi quvvatlar ham mavjud. Mutaxasisslar 
vodorodga energiyanining istiqbolli manbai sifatida 
qaraydilar. Undan issiqlik manbai va transport 
sanoatida, turmushda foydalanish mumkin. Bu esa 
atrof-muhitni sof holida saqlashga erishilishga olib 
keladi, chunki vodorod yonishi jarayonida suv bug‘i 
hosil bo‘ladi. Sanoat miqyosida asosan oddiy suvdan 
vodorod ishlab chiqarishni ko‘pgina usullari topilgan. 
Energiyaning yangi manbalaridan biri-issiqlik 
nasoslaridir. Bu nasoslar freon yordamida atrof-
muhitga sochilgan issiqlikni yig‘adi va uni amaliy 
maqsadga qo‘llash uchun quyiltiriladi. SHunday qilib, 
energiyani saqlanish qonunini bo‘zmay turib atrof-
muhitdan issiqlikni kondensatsiya qilish hisobiga 
ko‘ra go‘yoki «abadiy ishlaydigan dvigatel» 


yaratiladi. Hozirda issiqlik nasoslari Evropaning turli 
mamlakatlarida ishlab turibdi. Ularning quvvati 
taxminan 100 ming kVt.ga teng. 
Ekolgiyalashtirilgan ishlab chiqarishga o‘tish 
materiya harakatining biologik shakli, ya’ni tirik 
tabiatdagi modda almashinuvi jarayonlari qonuniyat 
va xususiyatlaridan kengroq foydalanish bilan 
bog‘liqdir. Biokimyoviy texnologiya yaratish va uni 
rivojlantirish, bu yo‘nalishdagi birinchi qo‘yilgan 
qadamdir. Bunda asosiy ishlab chiqarish jaryonlari 
tirik xujayralarda kechadi. Yangi ishlab chiqarish 
jarayonining eng muhim omili mikroorganizmlardir. 
Masalan, mikroorganizmlar qipiqlarni qayta ishlab 
qimmatbaho oqsil mahsulotiga aylantirish qobiliyatiga 
ega. U hayvonlarga qo‘shimcha oziqa sifatida 
solinadi. 
Hozirgi vaqtda fizik-kimyoviy biologiya va 
biotexnologiyaning rivojlanishiga Dunyo miqyosida 
katta e’tibor berilmokda. Ularning yutuqlari 
tibbiyotda, qishloq ho‘jaligida va sanoatda keng 


foydalaniladi. Xususan, Mikrobiologiya insitutida 
keyingi yillarda salmoqli ishlar qilindi. Institutda «Er 
malhami» preparatini taklif etdiilar, u tuproqni 
biologik 
jihatidan 
sog‘lamlashtiradi, 
mineral 
o‘g‘itlarni tejaydi, muhitning ekologik holatini 
yaxshilaydi, urug‘ni unib chiqishini tezlashtiradi. 
Fermentlar yordamida mahsulotlarni parchalash 
usullari ham yaxshi natijalarni bermoqda. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin