Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   207
5c78e023dfdea (1)

Kompyuterlar:
Kompyuterlarning 
asosiy 
sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan qismi monitor qismi 
bo‘lib, hozirda ko‘pchilik foydalanuvchilar elektron 
nur trubkali (ENT) monitordan foydalanishadi. Bu 
turdagi monitorlar LCD (Liquid Crystal Display) 
monitorlariga nisbatan ancha xavfli hisoblanadi. ENT 
monitorda elektromagnit va engil rentgen nurlanish 
mavjud. Nurlanish asosan monitorning orqa qismidan 
chiqadi. Ekranning old qismi himoyalanganlidan 
qat’iy nazar u er ham nurlanishdan to‘la 


himoyalanmagan. Bu himoya asosan monitorning old 
ismida 
o‘tirgan foydalanuvchining 
himoyasini 
ta’minlaydi. Ko‘pgina idoralarda bir nechta 
kompyuterlardan 
foydalaniladi. 
Ularning 
kompyuterlari har xil tartibda joylashgan bo‘lishi 
mumkin. U erdagi monitorlarning orqa qismidagi 
foydalanuvchining sog‘lig‘i nima kechadi?! Agar 
ularni orasini biror - bir mebel bilan to‘silgan taqdirda 
ham nurlanish bir tekisda o‘taveradi. Ularning 
orasidagi masofa bir metr, yoki yarim metrni tashkil 
qilishi mumkin, lekin nurlanish old tomondagi 
foydalanuvchiga 
nisbatan 
yuqori 
bo‘laveradi. 
Shuningdek, ENT monitorning kadrlar almashinish 
chastotasining eng yuqori qiymati 85 Gs(Gers) dan 
oshmaydi. Bu borada shifokorlar ko‘zni toliqmasligi 
uchun kadrlar almashinish chastotasini yuqoriroq 
tanlashni maslahat beradi. Bu masalaning echimi ENT 
monitorida biroz qiyin. Uning og‘irligi, iste’mol 
quvvati haqida gapirmasa ham bo‘ladi. SHuning 
uchun ko‘pchilik mutaxassislar LCD monitordan 


foydalanishni tavsiya qiladilar. Bu keltirilgan ENT 
monitorning kamchiliklari borasida LCD monitor 
afzal hisoblanadi, lekin uning hizmat qilish vaqti biroz 
kamroq. SHuningdek u faqat origanal rejimdagina 
tasvirning aniq ko‘rinishini bera oladi. ENT 
monitorining yashash davri 60000 soatni tashkil qilsa, 
LCD monitorniki esa 15000 - 20000 soatni tashkil 
qiladi. Bu esa kuniga 10 soatdan foydalanganda ENT 
monitor o‘rtacha 16-17 yilni, LCD monitor esa 4-5 
yilni tashkil qiladi. SHuningdek LCD monitorning 
ko‘rinish burchagi ham ENT monitorga nisbatan 
kichikroq. Buni LCD monitorning yonidan qaraganda 
tasvirning buzulishiga qarab bilib olish mumkin. 
Kompyuterning tizimli qismini olib qaraydigan 
bo‘lsak, u erda deyarli hamma narsa nurlanishdan 
himoyalangan va uning ichidagi qurilmalar past 
quvvatda ishlaganligi uchun u erdan chiqayotgan 
nurlanish kam miqdorda bo‘ladi, qolaversa ko‘pgina 
tizimli bloklarning ustki qavati metal bilan qoplangan. 
Tizimli blokdagi nurlanish asosan markaziy protsessor 


va elektr ta’minot qismida hosil bo‘ladi. Intel 
kompaniyasining birinchi mikroprotsessori elektron 
hisoblagichlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u 2300 ta 
tranzistordan tashkil topgan. Hozirda esa kompyuter 
uchun mo‘ljallangan protsessorlari Intel Pentium IV 
2GGs da 42mln, Intel Core 2 Duo da 291mln va eng 
so‘ngi ishlab chiqargan protsessorlarida tranzitorlar 
soni 2mlrddan ortib ketgan. Bu esa nurlanish 
manbaini 
tizimli 
blokda 
ham 
tobora 
ortib 
borayotganini ko‘rsatadi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin