Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   207
5c78e023dfdea (1)

9-MAVZU: EKOLOGIYANING 
HUQUQIY ASOSLARI. 
Reja:
1. Ekologiya huquqi, uning predmeti va ob’ekti. 
2. Ekologik tizim tushunchasi. 
3. Ekologik javobgarlik tushunchasi. 
4. Ekologik ekspertizaning xuquqiy asoslari. 
5. 
Texnologiya 
va 
texnikaning 
ekologik 
ekspertizasi. 
Tayanch iboralar: 
ekologiya huquqi, ijtimoiy 
ekologiya, inson ekologiyasi, ekologik ekspertiza, 


tabiiy resurslar, ekotizim, ekologik xamkorlik, 
biomahsuldorlik, ekologik javobgarlik, ekologik zarar. 
 
Ekologiya huquqi, uning predmeti va ob’ekti 
Ekologiya huquqi O’zbekiston huquq tizimining 
yaxlit tormog’i hamda hozirgi va kelajak avlod 
manfaatlari yo’lida jamiyat, tabiat va insonning o’zaro 
ta’siri sohasidagi ijtimoiy (ekologik) munosabatlarni 
huquqiy jihatdan tartibga soladi. 
«Ekologiya» so’zi (grekcha «osos» — uy, turar 
joy hamda «1ogos» — ta’limot) inson yashaydigan 
uy, joy to’g’risidagi ta’limotni bildiradi. «Ekologiya» 
so’zini birinchi bo’lib nemis olimi Ernest Gekkel’ 
1866 yilda ilmiy muomalaga kiritgan va ushbu termin 
uzoq vaqt tor doirada, ya’ni biologiya fanida qo’llanib 
kelgan, XX asrning ikkinchi yarmidagana boshqa 
mamlakatlarda 
ham 
ommalashgan. 
Umumiy 
ekologiya tarkibida uning eng muhim qismi bo’lmish 
jamiyatning uni o’rab turgan tabiiy muhit bilan o’zaro 


ta’siri haqidagi ta’limot — ijtimoiy ekologiya ajralib 
chiqqan. 
Ijtimoiy ekologiyaning tarkibiy qismini jamiyat 
va tabiatning o’zaro ta’siri sohasidagi ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soluvchi normalar majmui 
bo’lgan huquqiy ekologiya tashkil etadi. 
Ekologik 
munosabatlarni 
tartibga 
soluvchi 
huquqiy normalarni o’z ichiga olgan normativ 
huquqiy hujjatlar ekologik huquq manbalari sifatida 
tan olinadi. Ekologiya huquqi manbalariga qonunlar, 
farmonlar, qarorlar va farmoyishlar, vazirlik va 
idoralarning normativ hujjatlari kiradi. 
«Atrof tabiiy muhit» tushunchasi «tabiat» va 
«insonni o’rab turgan muhit» tushunchalaridan tashkil 
topgan. Amaldagi (milliy va xalqaro) qonunlarda 
«tabiiy muhit» moddiy dunyo tadrijiy rivojlanishining 
oqibati va tabiiy ekologik tazimlardan tashkil topgan 
ob’ekgiv voqelik sifatida tushuniladi. Tor ma’noda bu 
— inson yashaydigan, kam tegilgan va insonning 
xo’jalik faoliyati bilan amalda o’zgarmagan tabiiy 


yashash muhiti. Insonni o’rab turgan muhit deganda, 
tabiiy 
muhitning 
inson 
faoliyati 
jarayonida 
o’zgartirilgan qismi tushuniladi. 
Xar bir fan sohasida ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga solish jarayonida o‘z yo‘nalishlari ya’ni 
tamoyillariga ega bo‘lib, o‘z navbatida xar bir fan 
soxasining maqsad va vazifasidan kelib chiqadi. 
Ekologiya xuquqining tamoyillari tabiat jamiyat 
tizmidagi 
o‘zaro 
munosabatlar 
yo‘nalishi 
chegaralarini belgilab berishda ekologik xuquqiy 
mexanizmning 
barqarorligini 
kafolatlashda 
va 
qonunchilik 
qoida 
talablarining 
ekologik 
munosabatlarini tartibga solish tartibini belgilashda 
muxim axamiyatga egadir. Bizga ma’lumki ekologiya 
xuquqi tabiat bilan jamiyatning o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarni 
xuquqiy 
tartibga 
soladi. 
SHu 
jumladan tabiatning inkor etib bo‘lmaydigan 
qonuniyatlari va xarakatlarining tartibga soluvchi 
davlat 
qonunlari 
mavjud. 
Ekologik 
xuquqiy 
tamoyillarning asosiy vazifasi shundan iboratki 


qonuniyatlarning ustuvorligini tan olgan xolda jamiyat 
a’zolarining tabiatga bo‘lgan xarakatlarni ilmiy 
asoslangan xolda yo‘naltirishdan iborat. Tabiat va 
jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar juda xilma – 
xil 
bo‘lganligi 
uchun 
ekologiya 
xuquqining 
tamoyillarini qo‘yidagicha bo‘lishimiz mumkin.
1.
Davlat va xuquqning umumiy tamoyillari.
2.
Atrof tabiiy muxitni muxofaza qilishga oid 
tamoyillar.
3.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga 
qaratilgan tamoyillar.
Ekologiy xuquqi tizimining soxasi sifatida 
ekologiya munosabatlarni tartibga solishda davlat va 
xuquqning quyidagi tamoyillaridan foydalaniladi.

Qonuniylik

Ijtimoiy, adolat.

Oshkoralik.

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin