Ekologik javobgarlik tushunchasi
Ekologiya sohasidagi javobgarlik davlat, jamiyat
va insonning jamiyat oldidagi, hozir yashayotgan va
kelgusi avlod oldidagi, muayyan inson va tabiatdan
foydalanuvchi
shaxs
oldidagi
javobgarligidir.
Ekologik huquqiy javobgarlik esa — umumhuquqiy
javobgarlikning turlaridan biri. U sodir etilgan
ekologik huquqbuzar lik uchun huquqning bo’zilgan
normasida belgilangan sanksyaga muvofiq noxush
oqibatlarga duchor bo’lish majburiyatini bildiradi.
Ekologik javobgarlik tabiiy muhitga zarar
yetkazishning oldini olish va zarar etkazilgan
taqdirda uni qoplash borasidagi munosabatlarni
ifodalovchi normalardan iborat iqtisodiy huquqiy
kompleksdir.
Ekologik javobgarlik uchta funksiyani bajaradi:
1) rag’batlantirish,
2) qoplash,
3) preventiv (oldini olish).
Rag’batlantirish funksiyasi
ekologik muhofaza
qilishga majbur etuvchi iqtisodiy va huquqiy
rag’batlar mavjudligida namoen bo’ladi;
qoplash
funksiyasi
tabiiy muhitga etkazilgan yo’qotishlarni
natura yoki pul shaklida qoplashga qaratilgan;
preventiv funksiyasi
esa jazo choralarini qo’llash va
zararni
undirish
orqali
ekologik
munosabat
ishtirokchilarining xulq-atvoriga majburan ta’sir
ko’rsatadi.
Ekologik javobgarlik iqtisodiy va huquqiy
shaklda namoyon bo’ladi.
Iqtisodiy
shakl
huquqqa
mos
faoliyatga
asoslanadi va atrof muhitni ifloslantiruvchi shaxsni
chiqitlarni kamaytirshiga iqgisodiy usullar, avvalo,
moddiy manfaatdorlik bilan qiziqtirish orqali tartibga
solinadi. U jamiyat va tabiat o’rtasidagi o’zaro
munosabatning «ifloslantiruvchi to’laydi» degan
umumiy prinsipidan kelib chiqadi.
Huquqiy javobgarlik
huquqqa xilof qilmishlar
natijasida yuzaga keladi hamda ma’muriy huquqiy
usullar bilan tartibga solinadi. Umuman olganda,
ushbu
shakllar
ekologik
huquqiy
javobgarlik
institutini tashkil etadi va mustahkamlaydi.
Ekologik iqtisodiy javobgarlik, huquqbuzarlik
holati
bo’yicha
kelib
chiqilgan
huquqiy
javobgarliqdan farqli ravishda, zarar yetkazish holati
bo’yicha yuzaga keladi.
Ekologik
huquqbuzarlik
O’zbekistonda
o’rnatilgan ekologik huquqiy tartibga tajovuz qiluvchi
hamda tabiiy muhitga zarar etkazuvchi yoki shunday
zarar yetkazishshshg real xavfini yaratuvchi, aybli,
g’ayriqonuniy qilmish (harakat yoki harakatsizlik) dir.
Uning tarkibiga huquqbuzarikning sub’yekt(lar)i,
sub’yektiv tomoni, ob’yekti, ob’yektiv tomoni,
oqibatlari hamda qonun buzilishi bilan yuz bergan
natija o’rtasidagi sababiy aloqadorlik kiradi.
Ekologik jinoyat
O’zbekistonda o’rnatilgan
ekologik huquqiy tartibga, jamiyatning ekologik
xavfsizligiga tajovuz qiluvchi hamda atrof tabiiy
muhitga va inson salomatligiga zarar etkazuvchi aybli
ijtimoiy xavfli qilmishdir. “Ekologik jinoyat”
tushunchasining mazmunini tashkil etuvchi asosiy
jihatlar ekologik huquqiy tartib hamda atrof tabiiy
muhit va inson salomatligiga hamda uni genofondiga
etkaziladigan ekologik zarardir.
Ekologik huquqiy tartib —
tabiatni muhofaza
qilishga qaratilgan qonunlarning ekologik talablarini
amalga oshirish bo’yicha ekologik huquq-buzarliklar
tizimi, Boshqacha aytganda, bu ekologik huquqiy
normalar amal qilishining natijasidir.
Ekologik huquqiy tartibning tarkibiy qismini
ekologik xavfsizlik
tashkil etadi. Ekologik xavfsizlik
insonning hayoti uchun muhim bo’lgan ekologik
manfaatlari, avvalo, uning toza, sog’lom yashashi
uchun qulay atrof tabiiy muhitta ega bo’lish
huquqidan kelib chiquvchi ximoyalanganlik holatidir.
Dostları ilə paylaş: |