Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   207
5c78e023dfdea (1)

Davlat ekologik ekspertizasi sohasidagi maxsus 
vakolatli davlat organi. 
Davlat ekologik ekspertizasi 
sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi O‘zbekiston 


Respublikasi 
Tabiatni 
muhofaza qilish davlat 
qo‘mitasi hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza 
qilish davlat qo‘mitasi: 
- davlat ekologik ekspertizasini tashkil etadi va 
o‘tkazadi; 
- davlat hamda jamoat ekologik ekspertizasi
shuningdek ekologik audit bo‘yicha normativ-texnik 
va yo‘riqnoma uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi va 
tasdiqlaydi; 
- davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishga 
ekspertlar va mutaxassislarni jalb etadi; 

davlat 
ekologik 
ekspertizasining 
ijobiy 
xulosasini ololmagan ob’ektlarga nisbatan moliyalash, 
kreditlash va boshqa moliya operatsiyalarini to‘xtatib 
turish (tugatish) to‘g‘risidagi taqdimnomalarni bank 
va boshqa kredit tashkilotlariga yuboradi
- davlat ekologik ekspertizasi xulosalarining ijro 
etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi


- ekologik ekspertiza o‘tkazish masalalari 
yuzasidan boshqa davlatlarning tabiatni muhofaza 
qilish tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan 
hamkorlikni amalga oshiradi; 
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni 
amalga oshiradi. 
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda 
qo‘yiladigan talablar. 
Davlat ekologik ekspertizasini 
o‘tkazishda: 

taqdim 
etilgan 
materiallarning 
tabiatni 
muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga 
muvofiqligi tekshiriladi; 
- rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan 
xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik va 
ijtimoiy oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning 
to‘g‘riligi va to‘liqligi tahlil qilinadi; 

biologik, 
kimyoviy 
moddalar 
va 
texnologiyalarning atrof tabiiy muhitga ta’sirini 
baholashning asosliligi tekshiriladi; 


- rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan 
xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish 
oqibatlarining 
ekologik 
xavfliligi 
darajasini 
baholashning to‘g‘riligi tekshiriladi; 
- ekologik xavfsizlik talablarini ta’minlashga 
doir chora-tadbirlarning etarliligi va asosliligi 
aniqlanadi; 
- ekologik normativlar loyihalarining asosliligi 
tekshiriladi. 
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini ijro 
etishning 
majburiyligi.
Davlat 
ekologik 
ekspertizasining xulosasi davlat ekologik ekspertizasi 
ob’ektini moliyalash va ro‘yobga chiqarishda yuridik 
va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi 
majburiydir. Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy 
xulosasi bo‘lmay turib, loyihalarning bank va boshqa 
kredit 
tashkilotlari 
tomonidan 
moliyalanishi, 
shuningdek ularning ro‘yobga chiqarilishi taqiqlanadi. 
Davlat ekologik ekspertizasining davlat ekologik 
ekspertizasi ob’ektini ro‘yobga chiqarish mumkin 


emasligi to‘g‘risidagi xulosasi bo‘lgan taqdirda, 
buyurtmachi xulosadagi mavjud takliflarga muvofiq 
loyiha maromiga etkazilishini ta’minlashi hamda 
materiallarni davlat ekologik ekspertizasi uchun qayta 
taqdim etishi yoxud rejalashtirilayotgan yoki amalga 
oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatdan voz 
kechishi shart. 
Jamoat ekologik ekspertizasi.
Jamoat ekologik 
ekspertizasi ekologik asoslanishi taqozo etiladigan har 
qanday 
faoliyat 
sohasida 
nodavlat 
notijorat 
tashkilotlarining va fuqarolarning tashabbusi bilan 
amalga 
oshirilishi 
mumkin. 
Jamoat 
ekologik 
ekspertizasini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish 
taqiqlanadi. Jamoat ekologik ekspertizasi davlat 
ekologik ekspertizasi o‘tkazilishidan qati nazar 
amalga 
oshirilishi 
mumkin. 
Jamoat 
ekologik 
ekspertizasining xulosasi tavsiya xususiyatiga ega 
bo‘ladi. 
Ekologik audit. 
Ekologik audit — ekologik 
auditorlar (firmalar) tomonidan qonun hujjatlarida 


belgilangan tartibda va shartlarda o‘tkaziladigan, atrof 
tabiiy muhit holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan, 
ishlab turgan korxonalar va boshqa ob’ektlarni 
mustaqil ekologik ekspertiza qilishdir. Ekologik audit 
xo‘jalik va boshqa xil faoliyat ob’ekti mulkdorining 
qaroriga binoan o‘tkaziladi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin