Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Davlat ekologik ekspertizasi amalga



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   207
5c78e023dfdea (1)

Davlat ekologik ekspertizasi amalga 
oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxati 
qo‘yidagilardan iborat: 
Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning 
I toifasiga
kiradigan (o‘ta xavfli) faoliyat turlari
1. Avtomagistrallar, metro, temir yo‘llar, tez 
yuriladigan katta yo‘llar, respublika ahamiyatiga ega 
bo‘lgan yuk terminallari. 
2. Aeroportlar. 
3. I toifadagi neft va neft mahsulotlari bazalari. 
4. 200 mln kub metrdan ortiq hajmli suv 
omborlari. 


5. Yillik ish unumi 1 mln tonna rudadan ortiq 
bo‘lgan kon-boyitish fabrikalari. 
6. Shahar maishiy chiqindi poligonlari (aholisi 
200 ming kishidan ortiq bo‘lgan shaharlar uchun). 
7. 30 MVt dan ortiq quvvatga ega bo‘lgan 
gidroelektorstansiyalar. 
8. Yiliga 2 mln kub metr va undan ko‘p ruda va 
kimyoviy xom ashyo qazib chiqarish, qazib 
chiqarishda vujudga kelgan karerlarni rekultivatsiya 
qilish. 
9. Yoqilg‘i resurslari (neft, gaz, ko‘mir va shu 
kabilar)ni qazib chiqarish. 
10. Qora va rangli metallurgiya zavodlari. 
11. Teri oshlash korxonalari. 
12. Sutkalik ish unumi 280 ming kub metrdan 
ortiq bo‘lgan kanalizatsiya tozalash inshootlari. 
13. Respublika va davlatlararo ahamiyatga ega 
bo‘lgan elektr uzatish liniyalari. 
15. 
Mashinasozlik 
(aviasozlik, 
avtomobil, 
traktor, motor ishlab chiqarish va shu kabilar) sanoati. 


16. Zaharli chiqindilarni, shuningdek shlam 
(ko‘mir kukuni)ni to‘plash yoki ko‘mib tashlash 
joylari. 
17. Axlat yoqish zavodlari. 
18. Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan neft va 
gaz quvurlari. 
19. Neft va gazni qayta ishlash zavodlari. 
20. To‘g‘onlar;
21. Er osti gaz omborlari. 
22. Er ostida ishqor bilan yuvish poligonlari. 
23. 
Quj 
holida 
ishqor 
bilan 
yuvish 
texnologiyasidan foydalanadigan korxonalar. 
24. Xavfliligi I va II klassga mansub 
chiqindilarni qayta ishlash korxonalari. 
26. Akkumulyatorlar, galvanik batareyalar va 
elementlar ishlab chiqarish. 
27. Asbest va asbestli buyumlar ishlab chiqarish. 
28. Portlovchi moddalar ishlab chiqarish. 


29. Xalqaro bitimlar bilan tartibga solib 
boriladigan tarkibida zaharli moddalar bo‘lgan asbob-
uskunalar yoki qurilmalar ishlab chiqarish. 
30. Radioaktiv moddalar (izotoplar) ishlab 
chiqarish, ishlatish va saqlash. 
31. Rezina va rezinotexnik buyumlar ishlab 
chiqarish. 
32. Zaharli aralashmali oyna ishlab chiqarish. 
33. Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish. 
34. Sement ishlab chiqarish. 
35. Zaharli chiqindixonalarni rekultivatsiya 
qilish. 
36. Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan zaharli 
kimyoviy moddalar omborxonalari. 
37. 300 MVt yoki undan ortiq issiqlik quvvatiga 
ega bo‘lgan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa 
yondirish qurilmalari, shuningdek yadro reaktorlariga 
ega bo‘lgan inshootlar. 
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2009 yil 5 iyundagi 152-sonli 


qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 
2009 y., 24-son, 269-modda) 
39. Farmatsevtika zavodlari va fabrikalari 
(tayyor dorivor vositalarni qadoqlash korxonalari 
bundan mustasno).
40. Kimyo komplekslari va zavodlari. 
Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning 
II toifasiga
kiradigan (o‘rtacha darajada xavfli) faoliyat turlari
1. Viloyat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil 
yo‘llari.
2. Aerodromlar.
3. II toifadagi neft va neft mahsulotlari bazalari.
4. Neft va gaz quduqlari qazish.
5. Viloyat ahamiyatga ega bo‘lgan er osti 
suvlarini olish inshootlari.
6. Respublika va viloyatlararo ahamiyatga ega 
bo‘lgan suv o‘tkazgichlar.
7. Hajmi 200 mln kub metrgacha bo‘lgan suv 
omborlari.


8. Quvvati 30 MVt va undan kam bo‘lgan 
gidroelektrstansiyalar.
9. SHahar maishiy chiqindi poligonlari (100 
mingdan 200 ming kishigacha istiqomat qiladigan 
aholi punktlari uchun).
10. Yillik ish unumi 1 mln tonnagacha bo‘lgan 
kon-boyitish fabrikalari.
11. Temir yo‘l depolari.
12. Yiliga 2 mln kub metrgacha rudani va 
kondan olinadigan kimyoviy xom ashyoni qazib 
chiqarish hamda qazib chiqarishda vujudga kelgan 
karerlarni rekultivatsiya qilish.
13. Yiliga 30 ming kub metrdan ortiq umumiy 
tarqalgan foydali qazilmalarni qazib chiqarish va 
qayta ishlash.
14. Idoraviy ahamiyatga ega bo‘lgan temir 
yo‘llar.
15. Sutkalik ish unumi 50 mingdan 280 ming 
kub metrgacha bo‘lgan kanalizatsiya tozalash 
inshootlari.


16. 
Oziq-ovqat 
mahsulotlari 
va 
biologik 
qo‘shimchalar ishlab chiqarish komplekslari.
17. Biotexnologiyalardan foydalanuvchi, shu 
jumladan pillani qayta ishlovchi korxonalar.
18. Viloyat ahamiyatga ega bo‘lgan elektr 
uzatish liniyalari.
19. Lub sanoati.
20. Suv o‘tkazish quvvati sekundiga 50 kub 
metrdan ortiq bo‘lgan magistral kanallar, daryolar va 
loyiha bo‘yicha hisoblangan quvvati sekundiga 20 
kub metrdan ortiq bo‘lgan kollektorlar.
21. Mebel kombinatlari va fabrikalari.
22. Un tortish kombinatlari.
23. Chiqindilarni qayta ishlash zavodlari.
24. Viloyat ahamiyatga ega bo‘lgan neft va gaz 
quvurlari.
25. 
100 
gektardan 
ortiq 
yangi 
erlarni 
o‘zlashtirish.
26. Dambalar.


27. Alkogolli ichimliklar ishlab chiqaruvchi 
korxonalar.
28. Charmni bo‘yash va loklash korxonalari.
29. Yiliga 300 tonnadan ortiq gazmol va 
qog‘ozni lok bilan kimyoviy to‘yintirish korxonalari.
30. Xavfliligi III klassga mansub chiqindilarni 
qayta ishlash korxonalari.
31. Qurilish industriyasi korxonalari, asbest va 
sement ishlab chiqarishlar bunga kirmaydi.
32. Qog‘oz va karton ishlab chiqarish.
33. Yog‘och-qipiq va yog‘och-tola plitalar ishlab 
chiqarish.
34. Shisha tola ishlab chiqarish.
35. Inert gazlar ishlab chiqarish.
36. Pardoz-andoz preparatlari ishlab chiqarish.
37. Bo‘yoqlar, shu jumladan lok-bo‘yoq ishlab 
chiqarish korxonalari.
38. Polimer buyumlar va sintetik materiallar, shu 
jumladan yuvish va tozalash moddalari ishlab 
chiqarish.


39. Elektrotexnika asbob-uskunalari ishlab 
chiqarish.
40. Bo‘yash va oqartirish sexlari bo‘lgan yigiruv 
va to‘quv fabrikalari.
41. Parrandachilik fabrikalari.
42. Foydali qazilmalarni qidirib topish va 
razvedka qilish.
43. Radiotexnika va elektron sanoati.
44. Eskidan sug‘orib kelingan 1000 gektardan 
ko‘proq erlarni rekonstruksiya qilish va meliorativ 
holatini yaxshilash.
45. Viloyat ahamiyatga ega bo‘lgan zaharli 
kimyoviy 
moddalar, 
shu 
jumladan 
o‘g‘itlar 
omborxonalari.
46. Issiqlik quvvati 100 MVtdan 300 MVtgacha 
bo‘lgan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa yondirish 
qurilmalari.
47. Paxtani qayta ishlash sanoati.
Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin