davlatlararo ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi
huquq normalarining majmuidir [3].
Atrof muhitni muhofaza qilishning xalqaro
huquqiy prinsiplari xalqaro jamoatchilik a’zolari
bo’lgan davlatlar va xalqaro tashkilotlarning
birgalikdagi harakatlari natijasida ishlab chiqilgan.
Ular
BMT
Bosh
Assambleyasining
alohida
qarorlarida, Atrof muhit bo’yicha
BMT Stokgolm
konferentsiyasining, Evropada Xavfsizlik bo’yicha
kengashning Yakuniy hujjatlarida (Xelsinki, 1975 y.),
Butun jahon tabiat xartiyasining qarorlarida, BMT
Atrof muhit va taraqqiyot bo’yicha xalqaro
konferentsiyasining qarorlarida (Rio de Janeyro, 1992
y.) va boshqa huj- jatlarda bayon etilgan.
Ushbu
prinsiplar
umumlashtirilgan
xolda
quyidagicha
ifodalanadi:
1) inson ekologik huquqlarining ustunligi;
2) davlatning o’z hududidagi tabiiy resurslarga
nisbatan suvereniteti;
3) bir davlat ekologik farovonligiga boshqasining
ekologik zarari hisobidan erishishga yo’l qo’yib
bo’lmaslik;
4) barcha darajalarda ekologik nazoratni amalga
oshirish;
5) xalqaro ekologik
axborot bilan erkin
almashish;
6) davlatlarning favqulodda holatlarda bir-
birlariga yordam berishi;
7) ekolognk huquqiy nizolarni tinch yo’llar bilan
hal etish.
Davlatlar atrof tabiiy
muhitni ifloslantirishdan
ko’rilgan zararni qoplash hamda ekologik zararning
salbiy oqibatlari uchun xalqaro javobgarlik choralarini
ishlab chiqish maqsadida hamkorlikni rivojlantirish
majburiyatini oladilar.
Dostları ilə paylaş: