Bunday muhofaza etiladigan tabiiy ob’yektlarning
ro’yxati «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi
qonunda ko’rsatilgan. Bularga yer, yer osti boyliklari,
suv, o’rmon, o’simliklar dunyosi,
hayvonot dunyosi,
atmosfera havosi, atmosfera-ning ozon qatlami, tabiiy
landshaftlar, tabiiy qo’riqxonalar va boshqalar kiradi,
Ekologik jinoyatlar tufayli yetkaziladigan zarar
iqtisodiy va ekologik shakllarda namoyon bo’lishi
mumkin.
Iqtisodiy zarar
tabiatdan foydalanuvchilarga,
ularning mulki va daromadlariga yetkaziladi.
Ekologik zarar
atrof tabiiy muhit,
uning ayrim
tabiiy ob’yektlari, umuman, tabiiy ekologik tizimning
ifloslanishi, nooqilona foydalanilishi, kamayishi va
buzilishida namoyon bo’ladi.
Ekologik jinoyatdan jinoiy javobgarlikka olib
kelmaydigan
ma’muriy huquqbuzarlikni
farqlash
lozim. Ekologik huquqbuzarlikda
jinoyat tarkibiga
xos
alomatlar
bo’lmaydi.
Ekologik
huquqbuzarliklarga nisbatan qonunda quyidagi ta’sir
choralari nazarda tutilgan: ogohlantirish, jarima,
huquqbuzarlikni sodir etish qurollari va vositalarini
olib
qo’yish,
g’ayriqonuniy
tarzda
topilgan
mahsulotni musodara etish, fuqaroni muayyan faoliyat
bilan shug’ullanishdan iborat maxsus huquqidan
mahrum etish.
Ekologik huquqbuzarliklar uchun qo’llaniladigan
ma’muriy javobgarlikning keng tarqalgan turlaridan
biri jarima. Jarimadan ko’zlangan maqsad —
tarbiyalash, ogohlantirishdir.
U yetkazilgan zararni
qoplash chorasi emas, shu bois jarima miqdori
yetkazilgan zarardan ortiq bo’lishi yoki, aksincha,
undan kam bo’lishi yoxud hech qanday zarar
bo’lmagan taqdirda ham tayinlanishi mumkin. Jarima
to’lash aybdorni
yetkazgan zararini qoplash
majburiyatidan xalos etmaydi.
Ekologik
ekspertiza
tushunchasi.
Ekologik
ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga
oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning
ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda
ekologik ekspertiza ob’ektini ro‘yobga chiqarish
mumkinligini aniqlash tushuniladi.
Ekologik ekspertiza maqsadlari.
Ekologik
ekspertiza
quyidagi
maqsadlarda
o‘tkaziladi:
- mo‘ljallanayotgan xo‘jalik
va boshqa xil
faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risida qaror kabul
qilinishidan oldingi bosqichlarida bunday faoliyatning
ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;
- rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan
xo‘jalik va boshqa xil faoliyat atrof tabiiy muhit
holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa yoki shunday ta’sir
ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bunday
faoliyatning ekologik
xavflilik darajasini aniqlash;
- atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda
tutilayotgan tadbirlarning etarliligi va asosliligini
aniqlash.
Ekologik ekspertiza turlari.
Ekologik ekspertiza
davlat va
jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek
ekologik audit tarzida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: