Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Tele va radiouzatuvchi stansiyalar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   207
5c78e023dfdea (1)

Tele va radiouzatuvchi stansiyalar:
Odatda bu 
turdagi stansiyalar axoli yashamaydigan joylarga 
o‘rnatiladi, lekin vaqt o‘tishi bilan bu chekka hududlar 
ham axoli yashash joyiga aylanib bormoqda. Toshkent 
teleminorasi bunga yaqqol misol. Bu turdagi 
stansiyalarda nurlanish quvvati etarlicha baland 
hisoblanadi. 
Bu 
stansiya 
atrofida 
yashovchi 
kishilarning soch to‘kilishi, bosh og‘rig‘ining ko‘p 
bo‘lishi bu erdagi elektromagnit maydonning quvvati 
yuqoriligidandir. Bunga bir necha santimetrli sim 


o‘tkazgichni antenna qilib, telekanallarni ushlab olish 
ham misol bo‘la oladi. Shifokorlar elektromagnit 
maydon 
yuqori bo‘lgan sohalarda hotiraning 
pasayishi, immun tanqisligi uyquning yo‘qolishi va 
shu kabilar ko‘p bo‘lishini ta’kidlashadi. SHuning 
uchun ularga yomg‘irda sayr qilish va sharshara 
bo‘ylarida ko‘proq dam olish tavsiya etiladi. Deyarli 
har bir inson umri davomida musbat ionlarni o‘ziga 
jamlab yuradi. Musbat ionlar manbai bo‘lib televizor, 
kompyuter va shu kabilar misol bo‘ladi. Fizika 
kursidan ma’lumki, qarama - qarshi zaryadlar 
uchrashganda neytral xolatga o‘tadi. Suv zarralari esa 
manfiy ionlar manbaidir. Demak, insonning bu kabi 
ochiq havoda yurganda va hushmanzara joylarga 
borganda qandaydir o‘zida engillik his etishi shu 
omilga ko‘ra amalga oshadi.
 
Sun’iy yo‘ldoshli va uyali aloqa xizmati:
Bu 
turdagi 
stansiyalarning 
ham 
quvvati 
yuqori 
hisoblanadi. Sun’iy yo‘ldoshli aloqa hizmatining 
quvvati er sathiga etib kelgunga qadar kamayib 


ketadi, shuning uchun bu turdagi signallarni ushlab 
olishda parabolik antennalardan foydalaniladi. Bu 
parabolik antenna sun’iy yo‘ldoshdan kelayotgan 
signallarni kuchaytirib beradi. Sun’iy yo‘ldoshdan 
kelayotgan signallar er sathiga etib kelgunga qadar 
insonga ta’sir doirasi kamayib ketadi. 
Bugungi kunda butun dunyo bo‘yicha 1,4 mln 
uyali aloqa baza stansiyalari mavjud. Uyali aloqa baza 
stansiyalari erdan bir necha metr balandlik (15-
50metr) da va uyali telefonlar foydalanuvchining 
o‘zida bo‘lganligi uchun insonga ta’siri katta. Uyali 
aloqa xizmatining bir necha turlari mavjud: 
AMPS(analogli), DAMPS(raqamli), CDMA(raqamli), 
GSM - 900(raqamli), GSM - 1800(raqamli). 
O‘zbekistondagi uyali aloqa abonentlarining soni 
12mln (1. 01. 2009 y. dagi ma’lumotga ko‘ra)dan 
ortiq va ularning aksariyat qismi GSM tizimi ostida 
ishlaydi. GSM tizimining GSM – 1800 tizimi ostida 
ishlovchi antennasi GSM - 900 tizimiga qaraganda 
kamroq quvvat sarflaydi. SHuning uchun GSM - 1800 


stansiyasi GSM – 900 ga qaraganda kamroq nurlanish 
hosil qiladi. Lekin ovoz sifati, ekologik tozaligi va 
inson sog‘ligiga ta’siri kamligi jihatidan CDMA 
standarti etakchi hisoblanadi. Bu turdagi stansiyaning 
nurlanishi GSM – 1800 tizisining nurlanishiga 
qaraganda bir necha barobar kam nurlanish hosil 
qiladi. CDMA tizimining uyali telefon apparati 
nurlanish quvvati 0,2-0,25Vt ni tashkil qilsa, GSM 
tizimida esa bu ko‘rsatkich 1-2Vtni tashkil qiladi. Bu 
nurlanish quvvati ham baza stansiyalariga tushayotgan 
yuklamaga bog‘liq, ya’ni yuklama baza stansiyaning 
xizmat doirasiga kiruvchi abonentlarning sonini 
ifodalaydi. So‘zlashayotgan abonentlar soni qancha 
ortsa, yuklama ham shuncha ortib boradi. GSM 
turdagi 
stansiyalarning 
nurlanish 
quvvatini 
kamaytirish maqsadida bizning yurtimizda ham GSM 
– 900 dan GSM – 1800 ga o‘tish yo‘lga qo‘yilgan. Bu 
baza 
stansiyalarning 
quvvatini 
elektormagnit 
moslashuv markazi nazorat qilib turadi, lekin ruhsat 
berilgan nurlanish quvvati ham inson sog‘lig‘iga 


salbiy ta’sir qilmasdan qolmaydi. Ko‘p qavatli 
binolarga bu kabi baza stansiyalar o‘rnatilgan va o‘sha 
ko‘p qavatli binolarning yuqori qavatida yashovchi 
fuqarolar bosh og‘rig‘i bilan ko‘p kasallanishadi. 
Bunday bo‘lishi tabiiy, chunki birgina abonentga 
xizmat qiluvchi uyali telefonning iste’mol quvvati 2Vt 
(Vatt)ni tashkil qilsa, baza stansiyasi esa bir nechta 
abonentlarga xizmat qilgani uchun undan anchagina 
ko‘proq (20,40,50,100Vt) quvvat iste’mol qiladi. Baza 
stansiyalarining antennalari kundan - kunga aloqa 
sifatini yaxshilash maqsadida ortib bormoqda. Bu 
masala bo‘yicha ko‘pgina davlatlarda qarorlar qabul 
qilingan va unga ko‘ra bog‘cha, maktab, aholi yashash 
binolari, shifoxonalar va shu kabi jamoat joylarga 
o‘rnatish man qilingan.
 
Hozirgi kunga kelib butun dunyo bo‘yicha uyali 
aloqa abonentlarining soni 1,9 mlrd ni tashkil qiladi. 
Bizning yurtimizda deyarli har ikki kishining birida 
uyali telefon mavjud. U orqali biz so‘zlashamiz, SMS, 
MMS maktublar almashamiz, internet va shu kabi 


ko‘pgina narsalardan foydalanamiz. Uyali telefonidan 
foydalanayotgan insonga uning ta’siri 15 soniyaga 
qadar sezilmaydi. Agar so‘zlashuv va foydalanish 
vaqtini oshirsa unda yaqqol o‘zgarish seziladi, chunki 
alfa to‘lqinlar miya faoliyatini yomonlashtiradi va 
o‘zining to‘lqin hususiyatlarini namoyon qila 
boshlaydi, ya’ni xotira, diqqatni jam qilish shu kabi 
omillarga bir oz vaqtdagina ta’sirini o‘tkazadi. Inson 
tanasining elektromagnit nurlanishlarga eng ta’sirchan 
qismi bosh qismi bo‘lib, aynan shu sohada so‘zlashuv 
olib boriladi. Shuning uchun u insonda nurlanish 
jarayoni 
tezlashishini 
yana 
ham 
orttiradi. 
Mutaxassislar so‘zlashuv jarayonidagi insonning qon 
bosimini o‘lchaganida har xil yoshdagilarda qon 
bosimining ko‘tarilishini aniqlagan, lekin shu 
yoshdagilarning ichida 12 yosh atrofidagi bolalarda 
qon bosimining ko‘tarilishi biroz ko‘proq bo‘lgan. 
Ming 
afsuski, 
hozirgi 
kunda 
uyali 
telefon 
foydalanuvchilarining aksar qismini yoshlar tashkil 
qiladi. SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, dunyoda har 20 


ta insondan bittasi ushbu mobil aloqa nurlanishining 
qurboniga aylanmoqda. 2000 yilda Jahon sog‘liqni 
saqlash tashkiloti uyali telefonlar zarariga oid Evropa 
parlamentiga taqdim etgan hisobotida insonlarning 
saraton kasaliga chalinishida uyali telefonlarning 
ta’siri kuchli ekanini ta’kidlagan edi. Nemis Nova 
oliygohi mutaxassilari kamerali va kamerasiz uyali 
telefonlarda elektromagnit nurlanishi bo‘yicha test 
o‘tkazishganda, kamerali telefonlarning nurlanishi 
sodda uyali telefonlarga qaraganda ko‘proq bo‘lgan. 
Nurlanish asosan uyali telefondan so‘zlashuv vaqtida 
chiqadi, lekin “kutish” xolatida u nurlanishdan butkul 
xalos bo‘lmaydi, chunki uyali telefon baza 
stansiyasiga o‘zining tarmoq doirasida ekanligi, 
qo‘ng‘iroq, SMS va shu kabi ma’lumotlarni qabul 
qilishga tayyor ekanligi haqida axborot berib turadi. 
Buni tunda uyali telefoniga “Budilnik” qo‘yib, yonida 
olib yotadigan foydalanuvchilar bilib qo‘yishlari 
foydadan holi bo‘lmaydi. Bluetooth foydalanuvchilari 
ham uzoq vaqt davomida undan chiqayotgan bir necha 


mVt quvvat ham quloq va miya faoliyatiga bevosita 
ta’siri borligini unutmasligi kerak. Bu kabi 
nurlanishlarni butunlay yo‘q qilishning iloji yo‘q, 
chunki allaqachon uyali aloqa turmushimizning bir 
qismiga aylanib bo‘lgan, lekin undagi nurlanishlarni 
kamaytirishning iloji bor. Bunda uyali telefonning 
turiga, antennasining joylashuviga, uzatish quvvatiga, 
tanasining 
materialiga, 
foydalanilayotgan 
aloqa 
operatoriga, uyali telefonni ishlatish tartibiga e’tibor 
berish kerak.
 
Haqiqiy uyali telefon apparatining ko‘rsatmasida 
“SAR – specific absorption rate” degan ko‘rsatma 
bor. Bu uyali telefonning nurlanish quvvatining 
qiymatini ko‘rsatadi. Hozirda SAR=0,8 ga teng. 3-4 
yil avval 1,2-1,5 gacha bo‘lgan. U qancha kam bo‘lsa 
shuncha yaxshi bo‘ladi.
Umuman olganda aloqa operatorini tanlashning 
ahamiyati yo‘qdek tuyuladi, lekin ular har xil 
qurilmalar, 
turli 
quvvatdagi 
antennalardan 
foydalanadi. Bunda CDMA raqamli uyali aloqa tizimi 


va baza stansiyasi ko‘p bo‘lgan operatorlar qulay va 
kam nurlanishli hisoblanadi, chunki uyali telefon 
o‘zining baza stansiyasidan qancha uzoqlashgani 
sayin o‘zidan shuncha ko‘proq nurlanish tarqatadi. 
Uyali telefondan foydalanish tartibiga kelsak, uni 
so‘zlashuv vaqtidagi “kutish” xolatida quloqda emas, 
balki qo‘lda ushlab turish tavsiya qilinadi. 
Metropolitenda, xizmat doirasidan tashkarida, zarur 
bo‘lmasa tunda, keraksiz paytlarda o‘chirib qo‘yish 
tavsiya qilinadi. Uni iloji boricha qo‘lda va yon 
haltada olib yurish lozim. Ust kiyimning ichiga solib 
yurish tavsiya qilinmaydi. 
Jamoat joylarida uyali telefondan foydalanishni 
kechga surgan maqul, chunki avtobus va odamlar 
gavjum joyda so‘zlashganda faqat bir insonni emas bir 
nechta insonni elektromagnit nurlanish bilan ularni 
zararlagan bo‘ladi. SHuningdek uyali telefonni yosh 
bolalardan uzoqda tutish kerak. 
Hulosa qilib aytadigan bo‘lsak, elektromagnit 
nurlanishning inson organizmining markaziy nerv 


tizimi, immunitet, endokrinologik tizim, jinsiy 
tizimiga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazar ekan. 
Demak, bu kabi elektrmagnit nurlanish hosil qiladigan 
vositalardan foydalanishni mo‘‘tadil holatga keltirib 
olsak ham o‘zimizni ham naslimizni sog‘ligini 
asragan bo‘lamiz.

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin