Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Atmosfera havosining ifloslanishi



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   207
5c78e023dfdea (1)

Atmosfera havosining ifloslanishi. 
Havo-
atmosfera, ya’ni Erning gazsimon qobug‘idagi gazlar 
aralashmasi hisoblanib, balandligi o‘zagirishiga qarab 
uning tarkibi ham o‘zgarib boradi. Atmosfera 
biosferada hayot mavjudligini ta’minlovchi asosiy 
manbalaridan 
biridir. 
Atmosfera 
barcha 
mavjudodlarni kosmik havodan kelayotgan zararli 
nurlardan himoya qiladi, sayyoramiz yuzasidagi 
issiqlikni saqlaydi. Agar havo qobug‘i bo‘lmaganda 
edi, er yuzasi kunduzi +100 gradus va kechqurun -100 
gradus harorat kuzatilgan bo‘lar edi. Atmosferaning 


yuqori chegarasi taxminan 2000 km. balandlikdan 
o‘tadi. Atmosfera bir necha qatlamlardan iborat 
bo‘lib, uning asosiy massasi (90%)10-16 km. 
balandlikgacha bo‘lgan quyi troposfera qismida 
joylashgan. Troposfera har 100 metrga ko‘tarilganda 
havo harorati 0.6 gradusga kamayadi. Ob-havo va 
iqlim asosan troposferadagi jarayonlar bilan bog‘liq. 
Atmosferaning shu qatlamida bulutlar hosil bo‘ladi va 
bo‘ronlar yuz beradi. 40-50 km.gacha balandlikda 
stratosfera joylashgan va unda harorat pasayib boradi. 
Strotosferada 22-24 km orasida Erdagi tirik 
organizmlarni 
himoya 
qiladigan, 
ultirabinafsha 
nurlarning katta qismini yutuvchi ozon qatalmi 
joylashgan. Ozon gazi yig‘ilaganda yupqa, 2-4 mm 
qatlamni hosil qiladi, lekin himoya ahamiyati juda 
katta. 
Stratosferadan keyin 50 km. dan yuqoridagi 
mezosfera joylashgan va unda harorat pasayib boradi. 
80 km.da harorat - 70 gradusni tashkil qiladi. Undan 
yuqorida 
termosfera 
joylashgan, 
500-600 
km 


balandlikda havo harorati +1600 gradusga ko‘tariladi. 
800-1600 km da ekzosfera joylashgan u erda havo 
juda siyrakdir. 
Begona qo‘shimchasi bo‘lmagan atmosfera 
havosi quyidagi tabiiy qismlardan iborat: azot - 
78.09%, kislorod - 20.94%, argon - 0.93%, karbonat 
angidrid - 0.03%. Bundan tashqari havoda doim 0.01-
4% suv bug‘lari mavjud va chang zarrachalari 
mavjud. Atmosferadagi har bir gaz o‘ziga xos fizik va 
kimyoviy hususiyatlarga egadir. 
Atmosferaning doimiy tarkibida uchramaydigan 
moddalarning havoda tarqalishi salbiy holatlarni 
tug‘diruvchi aralashmalardir. Muayyan vaqt oralig‘ida 
o‘zining fizikaiy va kimyoviy xossalarini saqlaydigan 
atmosferadagi aralashmalar 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin