Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Elektr qurilmalarida qo‘llaniladigan



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   207
5c78e023dfdea (1)

5. Elektr qurilmalarida qo‘llaniladigan 
muhofaza vositalari 
Elektr 
qurilmalarida 
ishlayotganlar 
uchun 
muhofaza 
vositalarining 
xilma-xilldir. 
Bu 
vositalarining eng mukammal qilib bajarilgaglari ham 
ba’zi bir hollarda elektr xavfsizligini baribir to‘la 
ta’minlay olmaydi. Masalan elektr toki o‘tkazgichlari 
yaqinida 
ishlayotgan 
kishilar 
agar 
bu 
elektr 


o‘tkazgichni 
mustahkam 
tok 
o‘tkazmaydigan 
muhofaza qobiqlari bilan jihozlamasak elektr xavfi 
aniq. Shuningdek ba’zi bir ishlar elektr tokini, 
o‘chirmagan olda olib borishga to‘g‘ri keladi, bunda 
elektr asboblarining tutqichlarini muhofazalash talab 
qilinadi, shuningdek, ba’zi bir hollarda elektr 
tarmoqlarida elektr kuchlanishni uzib remont ishlarini 
bajarishga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda to‘satdan 
bilmasdan tokka ulab yuborish, tuzatib bo‘lmaydigan 
xavfli vaziyatlar olib keladi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan holatlarning har biri 
o‘ziga yarasha muhofaza vospitalarini, yoki muhofaza 
asboblarini, 
yoki 
bu 
xavfni 
aniqlash 
uchun 
ishlatiladigan 
muhofazalangan 
asboblardan 
foydalanishga to‘g‘ri keladi. 
Muhofaza aslahalari shartli ravishda uch turga 
bo‘linadi: 
- muhofaza qobiqli; 
- to‘siq; 
- saqlovchi vositalar. 


Muhofaza qobiqli elektrdan saqlovchi vositalar 
asosan ikki turga bo‘lib qaraladi: 
1) Asosiy muhofaza vositalari 
2) Yordamchi muhofaza vositalari. 
Asosiy muhofaza qobiqli vositalarga uzoq vaqt 
elektr kuchlanishlari ta’sirida ishlashi mumkin 
bo‘lgan va elektr kuchlanishidan muhofaza qilish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan vositalar kiradi. Ular bilan 
elektr kuchlanishiga ega bo‘lgan o‘tkazgichlarda 
elektrni uzmasdan ishlashga ruxsat etiladi. Bunday 
vositalarga rezinadan qilingan qo‘lqoplar, dastasi 
muhofaza qobiqlari bilan jihozlangan elektr asboblari, 
muhofazalangan shtangalar, elektr o‘lchash asboblari, 
shuningdek muhofazalangan kuchlanishni o‘lchash 
asboblari kiritiladi. 
Yordamchi elektr tokidan muhofaza qiluvchi 
vositalarga, o‘zi etarli qarshilikki ega bo‘lmagan va 
shuning uchun ayrim holda elektr tokidan himoya qila 
olmaydigan lekin elektr ta’sirini qisman kamaytirish 
imkoniyatiga ega bo‘lgan vositalar kiradi. Ular asosiy 


vositalarga qo‘shimcha ravishda ularning muhofaza 
qobiliyatini oshirish uchun xizmat qiladi. Yordamchi 
muhofaza vositalariga dielektrik kalishlar, gilamchalar 
oyoq ostiga qo‘yiladigan quruq taxtadan qilingan 
tagliklar va boshqalar kiradi. 
To‘siq muhofaza vositalari elektr toki ta’siridan 
vaqtincha to‘sish yo‘li bilan muhofaza qiladi, masalan 
pagjara sifatidagi to‘siqlar kletkalar, shuningdek tok 
taqsimlagich shkaflari va boshqalar. Ba’zi hollarda 
esa vaqtincha ogohlantiruvchi plakatlar osib qo‘yiladi, 
vaqtincha elektr asboblarini erga ulab muhofazalash 
ham mumkin.
Bundan tashqari elektr ta’minoti vositalari 
baland stolbalarda va chuqur er osti kabellari orqali 
amalga oshiriladi. Bular ham o‘z navbatida to‘siq 
vositalari vazifasini bajaradi. 
Saqlovchi muhofaza vositalari ishchilarni nur, 
issiqli va mexanik jaroxatlardan shaxsiy saqlash 
vazifasini bajaradi. Bularga muhofaza ko‘zoynaklari, 
protivogazlar, maxsus qo‘lqonlari kiradi.



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin