Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   207
5c78e023dfdea (1)

Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar 
belgilash va xavfsizlik usullarini o‘qitish. 
Tashkilot 
va korxonalarga ishga yangi qabul qilingan barcha 
ishchilar ish o‘rinlarida kirish instruktaji va birlamchi 
instruktajdan 
o‘tganlaridan 
keyingina 
ishga 
qo‘yilishlari mumkin. 
Kirish instruktajini xavfsizlik texnikasi bo‘yicha 
muxandis o‘tkazadi. Bunda ishga qabul qilingan yangi 
ishchi ayni ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza 
qilishning 
holati, 
ichki 
tartib-qoidalari
ishlab 


chiqarish sanitariyasi, yong‘inga qarshi himoya 
tadbirlari bilan tanishadi. Kirish instruktaji bo‘yicha 
mashg‘ulotlar 
xavfsizlik 
texnikasi 
xonasida, 
ishlarning xavfsiz usullari tasvirlangan ko‘rgazmali 
qo‘llanmalardan foydalanib o‘tkaziladi. Instruktaj 
o‘tkazgan shaxs va undan o‘tgan shaxslar maxsus 
kitobga imzo qo‘yadi. 
Ish o‘rinda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha 
birlamchi instruktajni bo‘lim rahbari o‘tkazadi. 
Birlamchi instruktajga ishchini o‘z ixtisosligi bo‘yicha 
vazifalari, ish o‘rnini xavfsiz tashkil qilish tartibi bilan 
tanishtirish, qurilma va mexanizmlarning tuzilishi 
hamda ularga xizmat ko‘rsatish (ishga tushirish, 
to‘xtatish va h.k.), asbob-uskuna va moslama, himoya 
vositalari va to‘siqlar ishlatish hamda ulardan 
foydalanish qoidalari, tayyor mahsulotlarni joylash 
qoidalari, yuk ko‘tarish va transport vositalarini 
ishlatishning xavfsiz qoidalari, shuningdek, xavf 
tug‘ilgan taqdirda o‘zini qanday tutish kerakligi bilan 
tanishtiriladi. Instruktaj o‘tkazilgandan so‘ng master 


o‘z kasbi yoki bajarayotgan ishning turi bo‘yicha 
xavfsizlik texnikasiga oid instruksiya yoki eslatma 
topshirishi kerak. 
Ish o‘rnida beriladigan instruktaj, shuningdek, 
har safar boshqa ishga o‘tganda yoki ish sharoitlari 
o‘zgarganda ham o‘tkaziladi; brigada ishchilari o‘zlari 
bajaradigan barcha ish turlari bo‘yicha xavfsizlik 
texnikasidan instruktaj o‘tishlari shart. 
Xavfsizlik texnikasi qoidalarini, ishlab chiqarish 
sanitariyasi hamda yong‘inga qarshi texnika 
normalarini ma’muriy-texnik xodimlar va ishchilar 
yaxshi o‘rganib bilib olgan hamda ularga qat’iy rioya 
qilgan taqdirdagina bu qoida normalar yaxshi natija 
beradi. 
Tashkilotlarda 
va 
korxonalarda 
xavfsizlik 
texnikasi hamda ishlab chiqarish sanitariyasini 
targ‘ibot qilish bo‘yicha o‘quv-uslubiy markazi 
sifatida xavfsizlik texnikasi kabinetlari va burchaklari 
tashkil etilib, ular tegishli o‘quv qo‘llanmalari bilan 
ta’minlanadi. 


Amaldagi 
tartib-qoidalarga 
binoan, 
ishga 
kirayotgan ishchilarning hammasi xavfsizlik texnikasi 
bo‘yicha ta’lim olish kerak. 
Asosan, 
ishchilarni 
xavf-xatarsiz 
ishlashga 
o‘rgatish maqsadida dastlabki (umumiy) instruktaj, 
ish o‘rnining o‘zida ishlab chiqarish instruktaji 
o‘tkaziladi va kursda ta’lim beriladi. 
Ishchilarga 
ta’lim 
berishning bu 
tizimi 
majburiydir. Xavfsizlik texnikasi qoidalarining o‘z 
vaqtida, to‘la-to‘kis va to‘g‘ri o‘rgatilishi uchun 
korxona rahbari javobgardir. 
Korxonaga ishga kirgan ishchilarning hammasi 
(ixtisosidan va bajaradigan ishidan qat’i nazar), 
shuningdek ishga yo‘llashdan oldin ishlab chiqarish 
tajribasini o‘tish uchun ishlab chiqarish amalga 
oshirayotgan joyga yuboriladi va o‘quvchilar ishga 
tushishlaridan oldin dastlabki (umumiy) instruktaj va 
ish o‘rnining o‘zida tashkil etiladigan instruktajdan 
o‘tishlari shart. 


Ixtisosiga ko‘ra avvalo tibbiy ko‘rigidan 
o‘tishlari lozim bo‘lgan ishchilar ma’muriyatga 
tegishli tibbiy hulosasini topshirishlari lozim, ana 
shundan keyingina ularni ishga qabul qilish hamda 
instruktajdan o‘tkazish mumkin. Masalan, qurilish 
tashkilotlarida balandda ishlaydigan montajchilar 
ishga kirayotganlarida dastlabki ko‘rikdan o‘tishlari, 
keyin yiliga bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlari 
kerak. Kompleks brigadaning a’zolariga esa brigada 
bajaradigan barcha turdagi ishlarni bexatar bajarish 
usullari o‘rgatiladi

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin