Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


 Optik tolali asboblarda ishlatganda texnika



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   207
5c78e023dfdea (1)

4. Optik tolali asboblarda ishlatganda texnika 
xavfsizligi. 
Optik o‘lchov asboblarini ishlatilishida quyidagi 
keltirilgan qoidalarga amal qilish zarurdir: 
1
O‘lchov asbobni elektr tarmoqqa ulashdan 
oldin asbobni erga ulash kerak. 
2
Tarmoqqa 
ulangan 
asbobni 
qizish 
darajasiga etguncha kutish lozim. 
3
Elektr tarmoqdagi kuchlanish stabil bo‘lishi 
va tez o‘zgaruvchan tebranishlar bo‘lishi mumkin 
emas. 
4
Optik 
modulyator 
elektr 
tarmoqqa 
ulanishidan oldin o‘chiq xolda bo‘lishi kerak. 
5
O‘lchov ishlarini bajarish vaqtida optik nur 
tarqatuvchilarni ko‘zga yoki tanaga yo‘naltirish 
qatiyan man etiladi. 
6
To‘lqin uzunliklari optik nur tarqatuvchi 
diapazonlariga mos tushmasa ishlatish man etiladi. 
7
Asbobni yuqori sezuvchan yuzasini xo‘l 
yoki iflos lattalar bilan artish (tozalash) man etiladi. 


8
O‘lchov ishlari bajarilgandan so‘ng lazer va 
foto qabul qilgichlarni kirish joylari qopqoqchalar 
bilan yopilishi kerak. 
9
Razyomli 
(qo‘shgichli) 
muftalarni 
ishlatishda extiyotkorlik bilan ishlash. Bunda texnik 
personal optik tolalarga ishlov berishda xavf borligini 
bilishi kerak. 
Optik tola bilan ishlashda texnika xavfsizligining 
bir necha ko‘rinishlarini qarab chiqamiz: ko‘rish 
qobiliyatini pasaytirish darajasiga qarab nurlanish 
manbalarini turlash, optik tolalar bilan ishlash va 
kimyoviy moddalarni ishlatish usullari.
 
7.3-jadval 
Telekommunikatsiyada ishlatiladigan nurlanish 
manbalari 
To‘lqin uzunligi 
(spektr) 
Qo‘llanilishi 
Sinf 
(odatta) 
632 dan 670 
gacha 
(ko‘rinarli qizil) 
Polimer tolali va optik tolali 
aloqa o‘rnatgichlarida. 
2 va 3A 


850 (infraqizil) 
Ko‘p modali ishlatishlarda, 
svetodiodlar. 

Ko‘pmodali ishlatishlarda, 
lazerlar 

Ko‘pmodali ishlatishlarda, 
VCSEL lazerlari 
3 tadan 1 
980 (infraqizil) 
Boyitilgan erbiemli optik 
kuchaytirgichlar uchun quvvat 
beruvchi lazerlar 
3 tadan 1 
1300 (infraqizil) 
Ko‘p modali ishlatishlarda. 

1310 (infraqizil) 
Bir modali ishlatishlarda 

Yarim o‘tkazgichli optik 
kuchaytirgichlarda 
3 tadan 1 
1480 (infraqizil) 
Boyitilgan erbiemli optik 
kuchaytirgichlar uchun quvvat 
beruvchi lazerlar. 
3 tadan 1 
1550 (infraqizil) 
Bir modali ishlatishlarda 

Ko‘chirilgan erbiemli tola 
kuchaytirgichlarida 

Kabelli televideniya 
tizimlarida 

1625 (infraqizil) 
Bir modali ishlatishlarida 

Nurlanish manbalari va extiyot choralari. Bir 
necha yillar davomida sanoatning rivojlanishi tufayli 
biz ayni bir to‘lqin uzunlikda ishlaydigan turli xil 
quvvatga ega bo‘lgan nurlanish manbaalariga egamiz 
(7.3-jadval). Optik tolali tizimlarda ularning uch turi 
ishlatiladi: svetodiodlar, oddiy lazerlar va vertikal 


rezanatorli tashqi nurlangan lazerlar (Vertical-Cavity 
Surface-Emitting Laser – VCSEL). Bu bilan birga bu 
uch xil turdagi qurilmalarning xam bir necha 
ko‘rinishlari mavjud. 
Fabri-Pero rezonator va taqsimlangan teskari 
aloqali lazerlar, shuningdek tashqi va frontal 
nurlangan svetodiodlar. Bundan tashqari, optik 
signallarni kuchaytirish uchun kuchaytirgichlar keng 
qo‘llaniladi, shu bilan bir qatorda yarimo‘tazgichli 
(Semiconductor Optikal Amplifier – SOA) va 
boyitilgan erbiem tolaga asoslangan ancha keng 
taralgan 
kuchaytirgichlar 
(Erbium-Doper 
Fiber 
Amplifier - EDFA) ham ishlatiladi. 
Ko‘rsatma. Ba’zi lazerlar, shuningdek VCSEL 
turdagilari, bir yo‘la ikki sinfning ko‘rsatgichlari bilan 
belgilangan, chunki ular turli hil quvvat va xar-hil 
o‘llanilish sohalarida ishlatilishi bilan farq qiladi. 
Nurlanishni detektorlash. Nurlanishni aniqlashda 
ishlatiladigan qurilmalar ichida eng ko‘p tarqalgani 
optik quvvatni o‘lchagichlardir. Ular turli hil to‘lqin 


uzunlikdagi 
nurlanish 
quvvatini 
o‘lchaydigan 
fotodetektorlardan tashkil topgan. Bundan tashqari 
boshqa qurilmalar ham ishlatiladi – mos ravishdagi 
elektron aktivlashtirilganda ularga tushgan infraqizil 
nurlanishni payqay oladigan fotosenserli kartalar, 800 
va 1300 nm to‘lqin uzunlikdagi infraqizil nurlanishni 
ko‘zga ko‘rinadigan nurlarga o‘zgartirib beradigan 
infraqizil ko‘rish qurilmalari. Keyingi uskuna 
yordamida ko‘pincha nurlanish manbaalarining 
quvvat xarakteristikasi aniqlanadi. 
Ma’lumotlarni uzatishning optik texnikasi bilan 
ishlayotgan mutaxasislar albatta xar-bir tola aktiv 
holatda bo‘lishi mumkinligini esga tutgan holda yo‘l 
tutish kerak shuning uchun hech qachon uzatgichning 
kirish teshigiga yoki konnektorning ustki qatlamiga 
qarash mumkin emas. 
Optik kabel tizimlarining elementlarini ko‘rib 
chiqayotganda eng namunali qurilma mikroskop 
xisoblanadi. Bu qurilma tolaning ustki qatlamini 
o‘rganishga imkon beradi, lekin undan chiqayotgan 


infraqizil nurlanishni ko‘rishga imkon bera olmaydi. 
Tola ustki qatlamining qayta ishlanish sifatini nazorat 
ilish 
uchun 
200-400 
marta 
kattaytiradigan 
mikroskoplar to‘g‘ri keladi. Odatda ko‘zni himoya 
ilish uchun ularga nurlanish darajasini to‘lqin bog‘liq 
holda 2-35 dB ga kuchsizlantiradigan lazer fil’tri 
o‘rnatiladi. Fil’trli mikroskoplar oddiysidan ko‘ra 
ancha qimmat, lekin hafsizroqdir. Ishingizda xar doim 
shu turdagi mikroskoplari ishlating, va ularga 
buyurtma 
berishingizdan 
oldin 
har 
birining 
qo‘llanmasini yaxshilab o‘rganib chiqing. 
Optik kabel tizimlari o‘rnatilishida kerak 
bo‘ladigan 
qurilmalarning 
ko‘p 
jamlanmasida 
joylashgan, 
30-100 
marta 
kattaytiradigan 
mikroskoplar ko‘pincha umuman fil’trga ega 
bo‘lmaydi. Ular bilan ishlashda ko‘zga jaroxat 
etkazish extimolligi juda katta. SHuning uchun 
bunday turdagi uskunalarni tola qayta ishlash sifatini 
tekshirishda ham, texnik xavfsizlik talablarining 
qondirilayotganini tekshirishda ham ishlatish tafsiya 


etilmaydi. Xar qanday holatda ham, bunday 
mikroskoplarni ishlatayotganda foydalanuvchi har 
doim ko‘zni lazer nurlanishidan himoya qiladigan 
ko‘z oynak taqishi shart. 
Tolani qayta ishlash. Optik kabel tizimlarining 
ko‘pchiligida usti qorejagan shishali tola ishlatiladi. 
Bunday turdagi tola zarur chidamlilikni ta’minlab 
beradi, tolaga bo‘lgan e’tiborni pasaytiradi va ishlab 
chiqaruvchiga ularni bir-biridan ajratish uchun xar-hil 
turdagi 
ranglarga 
bo‘yash 
imkonini 
beradi. 
Konnektorlarini montaj qilishda yoki kabellarni ulash 
jarayonida qobiq olib tashlanadi. qobiqni olib tashlash 
vaqtida kimyoviy moddalar va uskunalardan to‘g‘ri 
foydalanishda, tolani qayta tiklashda va uning 
siniqlarini ishlatishda ko‘pgina savollar tug‘iladi. 
Ustki qobiq olib tashlanishi bilan tola ximoyasiz 
bo‘lib oladi. 
Tashqi qobiq olib tashlanishi bilan tola 
himoyasiz qoladi va onson sinadi. Bunda tolaning 
mayda zarrachalarining teri ostiga tushish extimolligi 


oshadi. SHuning uchun ish joyini shunday jixozlash 
kerakki, bunda u erda ishlash xavfsiz bo‘lishi kerak. 
Bunga mos keladigan gilamchalar va stollarni 
ko‘pchilik 
ishlab 
chiqaruvchilar 
tomonidan 
tayyorlanadi. Stol usti tolani qayta ishlashda duch 
keladigan 
rang 
bo‘yicha 
kontrastlashtiruvchi 
qoplamaga ega bo‘lishi kerak, bu esa yanada xavfsiz 
va qulay ishlash sharoitlaridan biridir. Labaratoriyalar 
va ishlab chiqaruvchi xonalarga qora, Yorug’lik 
qaytarmaydigan va turli kimyoviy unsurlar ta’siriga 
chidamli, onson tozalanadigan, ishchi qoplam to‘g‘ri 
keladi. Stolning tuzilishi shunday bo‘lishi kerakki, 
bunda stol chetlari va yuzasida tola qoldiqlari 
yig‘ilmasligi kerak.
Tashqi muxit sharoitlarida qora yumshoq yuzali 
gilamchalar to‘shash tavsiya etiladi. Ularning asosiy 
sifati, og‘irligining kamchiligi va ixchamligi( ular 
onson yig‘iladi va asboblar qutisida saqlanishi 
mumkin). 
Asosan 

xil 
ishchi 
stollaridan 
foydalaniladi. Telekommunikatsiya xonalari uchun 


eng yaxshisi kichkina engil stollar mos keladi. Undagi 
xavfsiz ish muxiti qaytarmaydigan qatlami va tola 
bo‘laklarini saqlash uchun mo‘ljallangan konteynerlar 
xisobiga ta’minlanadi. Kabellarni etishtirish bilan 
shug‘ullanuvchilar uchun yanada uzun va balandlikni 
boshqarish imkoniga ega stollar mos keladi. SHu 
bilan birga yaxshi yoritilganlik, kattalashtiruvchi 
ko‘zoynaklarni va kabellarni turli shikastlanishlardan 
imoyalovchi, mahkamlovchi qurilmalarga ega bo‘lishi 
kerak. Ish joyini “o‘rdak bo‘yin ”li lampalar 
yoritadilar. Bu lampalar labaratoriyada tashqi muxit 
(maydon) sharoitlarida ham juda yaxshi yoritadi. 
Himoya ko‘zoynaklari. 3-sinfdagi lazerlar bilan 
ishlaganda ishchilar mos filtrli ko‘zoynaklarni 
taqishlari kerak. VCSEL tipli lazerlar asosidagi 
komponentlar bilan ishlovchi mutaxasislar, 850nm 
to‘lqin 
uzunligiga 
mo‘ljallangan 
ximoya 
ko‘zoynaklarini taqib yurishlari kerak. Bulardan 
tashqari, ularni qo‘yilgan vazifasiga mos keluvchi 
optik zichlikli (Optikal density-O.D) filtrlar bilan 


jixozlash kerak. Masalan: 1ga teng O.D uchun 
o‘tuvchi optik nurlanishning so‘nish miqdori 10dB ga, 
2ga teng bo‘lganda 100dB ga teng. Nurlanish 
manbalaridan chiquvchi optik quvvatni bilgan holda, 
o‘tuvchi 
nurlanishning 
quvvatini 
darajagacha 
kamaytirish uchun, O.D ning kerakli qiymatini 
aniqlash mumkin. Optik kabellar bilan ishlashdagi 
texnika xavfsizligi tolalarni qayta ishlashda, ayniqsa 
konnektorlar montajida va kabellarni etishtirishda, 
oddiy himoya ko‘zoynaklari yaroqlidir. Ular normal 
ish 
jarayonida 
tola 
fragmentlarining 
ko‘zga 
tushishining o‘ldini oladi. Biroq, sizning birdaniga 
ko‘zingizni qichigingiz kelib qoldi. Agar bunda 
o‘lingizga bir qarashda xavfsiz ko‘ringan tolaning 
bo‘lakchalari yopishib qolgan bo‘lsa, himoya 
ko‘zoynagining 
himoyalash 
qobilyatini 
yo‘qa 
chiqarishi mumkin. Tolaning parchalari kichik va 
shaffof bo‘lib, ular teriga sezilarsiz holda yopishib 
qolishi mumkin. Shu sababli, o‘llarni tez-tez yuvib 
turish tavsiya etiladi va bu ko‘zni himoya qilishning 


yana bir usuli xisoblanadi. Ko‘zoynaklarda ishlash 
zarur va ularda labaratoriya va maydon sharoitlarida 
ko‘p vaqt o‘tkazilganligi uchun asosiy e’tiborni 
ularning tuzilishi va qulayligiga aratish kerak. 
Zarralarni utilizatsiya qilish: tolaning zarralarini 
utilizatsiya qilish kerak. Buning uchun chiqindilar 
kichkina yopiladigan butilkalarga o‘xshash maxsus 
konteynerlarga yig‘iladi. Zarrachalarni, odatda, plastik 
paket kiydirilgan axlat chelaklariga tashlanadi. 
Chelakda ”Shisha bo‘lakchalari bor” deb aniq qilib 
yozilgan yozuv qo‘yish kerak. Chelakni tozalaganda, 
paketni olmay turib uni boshqa paketga solish, og‘zini 
yaxshilab bog‘lab qo‘yish kerak. Tola zarrachalarini 
utilizatsiya qilish kabelni yig‘uvchi shaxs zimmasiga 
yuklatiladi va bu shartnomaga kiritilgan bo‘lishi 
kerak. Tola zarralarini xech qachon pollar ostiga 
to‘kish kerak emas. Chunki ulardan ishchilar 
jaroatlanishi mumkin. Otik tola bilan ishlovchi xar bir 
odim, agar u barcha extiyotkorliklarga amal qilsa 
ham, barmog‘iga mayda zarrachalarning yopiship 


qolishidan imoyalanmagan. Zarrachalarning teri 
ostidan “teflon qoplamali” pintset yordamida olib 
tashlashi kerak. U oddiy temir pintsetga nisbatan 
yumshoq yuzaga ega. Oddiy pintset zarrani sindirishi 
va u teri ostida qolib ketishi mumkin. Ish joyidagi 
ximikatlar turli sohalarda kabi tolali optika bilan 
ishlashda turli kimyoviy unsurlar ishlatiladi. Ba’zi 
kabellarda, suvni itarib tashlovchi gellar o‘llaniladi. 
Tolaning 
ko‘pchilik 
konnektorlarida 
tolalar 
ul’trabinafshali, anaerobli yoki termik qotirib 
jipslashtirilgan, 
mexanik 
ulagichlarga 
sinish 
koeffitsientini 
moslashtirish 
uchun 
xar 
xil 
suyiltiruvchilar bilan joylashtiriladi. Bundan tashari 
kabellarni kabel kanallari orqali tortishda turli xildagi 
aralashmalardan surish kerak bo‘ladi. Bu material va 
aralashmalarni sotayotganlarda ularga “moddani 
ishlatishdagi exiyotkorlik choralari yo‘riqnoma”si 
(Material Safety Data Sheet-MSDS) bo‘lishi kerak. 
MSDS maxsulotini ishlab chiqarish xaqidagi 
batafsil ma’lumotlarni, remda joylashgan xavfli 


narsalar xaqida yong‘in va portlash xavfining fizik 
xususiyatlari xaqida; sog‘liqa zararli(avfli) narsalar 
xaqida; boshqa moddalar bilan tez reaktsiyaga 
kirishadigan moddalar xaqidagi ma’lumotlar; ishlatish 
va idishdan bo‘shatish xaqidagi ma’lumotlar, shu 
bilan birga, bu unsurlarni ishlatish jarayonida amal 
qilish kerak bo‘lgan maxsus himoya va extiyotkorlik 
choralari xaqida batafsil malumotlarni o‘z ichiga 
oladi. 
Kimyoviy 
unsurlar 
yoki 
materiallarni 
buyurtirganda xar doim ularning MSDS yo‘rinomasini 
talab qiling. Bundan tashqari bu yo‘rinomalar tashqi 
sharoitlarda ishlaganda xam xar doim qo‘l ostida 
bo‘lishi kerak. 
Optik tola bilan ishlash joylarida eyish va 
ichishni taqiqlash kerak. Bularni, yaxshisi, maxsus 
uzoqlashtirilgan joylarda xar doim tola va ximikatlar 
bilan ishlaganda qo‘lni yuvishni unutmasdan bajarish 
kerak. Ish joyidagi xavfsizlik qoidalarining qanchalik 
ko‘pligiga qaramay, ularni erinmasdan bajargandagina 
ular effektiv xisoblanadi. Xavfsizlik bilan bog‘liq 


muammoni xosil ilish uchun bittagina odam etarli, va 
uni bitta odam to‘xtata oladi. 
“Lazer”-so‘zi optik kvant generatorining keng 
tarqalgan nomi bo‘lib . ingliz tilida bunday generatio 
nomini bosh xarflardan olingan – Light Amplication 
dy stimulated Emission of radiation “majburiy 
nurlanish 
yaratish 
xisobiga 
Yorug’likning 
kuchayishi”ni anglatadi. 
Lazerdan foydalanganda xizmat ko‘rsatuvchi 
shaxsga bir qator xafli omillar ya’ni lazer nurlanish 
ta’sir qilish mumkin. Birlamchi va ikkilamchi (aks 
etgan) nurlanishlarni ko‘z va teriga zarar etkazishga 
ko‘ra standartga muvofiq lazerlar 4 sinfga bo‘linadi. 
1-
sinfiga va teriga xavfsiz bo‘lgan lazerlar 
kiradi. 
2-
sinfiga to‘g‘ri va oynadan chiqish nurlanish 
aks etgan nurlanish faqat ko‘zga ta’sir etuvchi lazer 
kiradi. 
3-
sinfdagi lazerlar to‘qri oynadan dimffizion aks 
ettiruvchi yuzadan 10 schm oraliqda diffizion aks 


etgan nurlanishlarni ko‘zga xavfli ta’sir bilan 
xarakterlanadi. 
Diffizion aks ettiruvchi yuzadan 10 sm oraliqda 
diffizion aks ettiruvchi nurlanish teriga xavfli ta’sir 
etadigan lazerlar 4- sinfga ta’luqlidir. 
Kondensator 
batereyalarini 
tok 
bilan 
ta’minlovchi 
zaryad 
qurilmalarida 
yuqori 
kuchlanishni mavjudligi elektr toki o‘tish xavfini 
ko‘rsatadi.
Qachonki lazerlarni ta’minoti 10 kV dan yuqori 
kuchlanishda amalga oshirilsa rengen nurlanishi 
vijudga kelishi mumkin. 
TOAL qurilish va ekspluatatsiyasi lazerli nur 
taratuvchi sifatida turli yarim o‘tkazgichli ilmiy-
neonli va boshqa turdagi moslamalar ishlatiladi. Lazer 
nurlaridan inson organizm a’zolarida birlamchi va 
ikkilamchi biologik o‘zgarishlar mumkin. Ta’sir etish 
darajasi: nurlanish intensivligidan, ta’sir davomatidan 
to‘lin uzunligidan, inson tanasini ta’sirchanlik 


darajasiga bog‘liqdir. Lazerni generatsiya nurlanish 
darajasidan, uni 4 ta sinfga bo‘lish mumkin: 
1.
Inson tanasiga xavf tug‘dirmaydi. (zerkalno 
otrojenie) 
2.
Ko‘zga to‘ridan to‘ri yoki ko‘zgudan aks 
nurlanishdan xavf tudiradi. 
3.
Ko‘zga to‘ridan to‘ri, ko‘zgudan aks 
nurlanishdan xavf borligi. 
4.
Inson tanasiga (ko‘ziga) diffuzli aytishlardan 
10 sm oraliqda xavf tug‘diradi. 
Lazer nurlanishni biologik ta’siri nurlanish 
quvvati, to‘lqin uzunligi, impuls xarakteri, impulslar 
ketma-ketligi chastota nurlanganlik davomiyligi 
nurlantiruvchi yuzani o‘lchamlari nurlantiradigan 
to‘qimalarni anotolik va funktsional xususiyatlariga 
bog‘liq. 
Lazer nurlanishni uzluksiz tezlik ta’siri odatdagi 
qizish bilan ko‘pgina umumiylikka ega. Impuls 
rejimida ishlaydigan. Lazerlarda ba’zi xususiyatlar 
mavjud. Impuls lazer nurlanish ta’sirida nurlangan 


to‘qimalarda bosim to‘saddan tez oshadi zarb to‘lqini 
vijudga keladi va nixoyat to‘qima mexanik 
shikastlanadi. Maxalliy ta’siri turli organlar –ko‘z
terini shikastlanishida nomoyon bo‘lishi mumkin. 
Ko‘zning optik muxiti 0.4 mkm dan 1.4 mkm
gacha oralig‘dagi nurlanishni o‘tkazadi. Rubin, geliy-
neon lazerlarining nurlanishlari ko‘zning optik muxiti 
orqali deyarli o‘zgarishsiz o‘tib uning nixoyatda 
sezgir qismlari to‘rlarda qobig‘ini deyarli to‘li 
egallaydi. 
Lazer nurlanishini ko‘zni bosha elementlarida 
qisman tomirli qobig‘ida xam darajada yutilishi 
mumkin. Faqatgina lazerni to‘qri tuzilishidan xam 
ko‘z shikastlanishi mumkin. 
Lazer nurlanishi terini shkastlanish darajasi 
faqatgina nurlanish parametrlariga emas balki terini 
pigmentaulyasiga va qon aylanishiga xam bog‘liq 
pigmentli terilar (masalan tug‘ma dog‘lar) lazer 
nurlanishi to‘liq teriga nisbatan ko‘proq yutadi. Biroq 
pigmentauiyani yo‘g‘ligi lazer nurlarini olib keladi 


natijada shikastlanish yuqoriroq xarakteriga ega 
bo‘lishi mumkin. Lazer nurlanishni organizmga ta’siri 
shuningdek lazer nurlanish parametiriga xam bog‘liq. 
Bunda markaziy tizimi va yurak-qon tomiri tizimlari 
(tomir distomiyasi miyada qon aylanishi buzilishi 
qonni 
bioximik 
tarkibi 
o‘zgarishi) 
doomiyatigafunktsional buzilishlar bo‘lishi mumkin. 
Lazerlardan foydalanish qoydalarida va sanitar 
normalarda muguz parda ko‘z to‘r pardasi va teri 
uchun chegaraviy mumkin bo‘lgan nurlanish satxlari 
o‘rnatilgan. Monoimpulsli va uzluksiz lazer 
nurlanishlarni chegaraviy ruxsat etilgan (mumkin 
bo‘lgan) sathi sifatida to‘lqin uzunligini λ xisobga 
olgan xolda biologik effektlarni chiqarmaydigan 
minimal energetik ekspozlumyalar qabul qilingan 
λ=0.308 mkm to‘lqin uzunlikli uzluksiz lazer 
nurlanish uchun ish nuri mabaynida ko‘z va terini 
nurlanishda chegaraviy ruxsat (CRE) sathi. W
CRE
=10
-
4
Dj/sm

bo‘ladi. 


Turli 
parametrli 
lazer 
nurlanishini 
inson 
organizmini bir joyiga bir vatning o‘zida ta’siri 
natijasida biologik effektlar yig‘indisi shartida lazer 
nurlanishi W
E
sathini chegaraviy ruxsat etilgan sath 
qiymatiga nisbati oshmasligi kerak . 
W
1
/W
CRE1
+W
2
/W
CRE2
+…….+W
n
/W
CREn
1

(7.1). 
0.4-1.4 to‘lqin uzunligi diapozonida nurlanish 
manbaini burchak o‘lchamini yoki to‘r parda dog‘ni 
nurlanish diametri va qorachiq diometri to‘g‘rilovchi 
koeffitsent sifatida qo‘shimcha xisobga olinadi. 
Davriy impulsli nurlanishda agar bir impulsni 
nurlanish davomiyligi 0.25 s dan kam bo‘lsa 
chegaraviy 
ruxsat 
etilgan 
satxi 
impulslarni 
takrorlanishi chastotasi va impuls seriyalari ta’siri 
davomiyligi xisobga olgan holda anilanadi.
7.4 - jadval 
Lazerning xavfli ta’sir darajasi 


Birlamchi biologik effekti 
Ikkilamchi biologik effekti 
To‘lin 
uzunlik, 
mkm 
Generatsiyalangan 
lazer energiyasini 
vaqt davomida 
ta’siri DJ (Ee) 
To‘lqin 
uzunlik, 
mkm 
Generatsiyalangan 
lazer energiyasini 
vaqt davomida 
ta’siri DJ (Ee) 

0,2∙0,4 
1,4 dan 
katta 
Ee<0,8 d

0,4 – 
0,75 
Ee < 4,8∙10
-4
Pn

0,4 – 
1,4 
Ee <7,7∙10
-5
.t. 

0,4 – 
1,4 
7,7∙10
-5
< Ee < 
3,2∙10
2

0,4 – 
0,75 
4,8∙10
-4 
Pn
B
10

Pn


0,2 – 
0,4 
0,8 d
2
2
0,4 – 
0,75 
Ee > 10
2
Pn

0,4 – 
1,4 
3,2∙10
2
n 2

0,2 dan 
katta 
Ee>10



Ishchi personallarni nurlanishdan saqlashda 
quyidagi usullar qo‘llaniladi: 
-
Ogoxlantiruvchi 
signalizatsiyalarni 
yoqilishi; 
-
Pasaytirilgan quvvatda ishlash; 
-
Distansion boshqaruv; 
-
Ish rejimini (tartibini) tanlash; 


-
Ekranlashtirishlar. 
Ishchi xodimlarni lazer nurlaridan saqlashni 
ta’minlashda, faqat maxsus jixozlangan xonalarda 
bajarish mumkin. Bunda devol potolok va bosha 
predmetlar 
(maxsus 
asboblardan 
tashari) 
aks 
qaytargichli yuzasi bo‘lmasligi kerak. Hamma lazerlar 
lazer xavfligi bo‘lgan belgilar bilan markirovka 
qilingan bo‘lishi kerak. Elektromagnit maydonni va 
nurning tarqatish darajalarini xar doim o‘lchash ishlari 
mexnat muxofazasini tashkillashini bajarishda zarur 
bo‘lgan choralaridan biridir. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin