8-MAVZU: FAN TEXNIKA
TARAQQIYOTI VA EKOLOGIYA
Reja:
1. Tabiat va jamiyat tizimi.
2. Ilmiy texnik taraqqiyot va ekologiya.
3. Ekologik siyosat va ekologik iqtisodiy
barqaror rivojlanish.
4. Ekologik muammolar va ularni hal etishda
fanning ahamiyati.
5. Texnika va inson salomatligi.
6. Ishlab chiqarishning atrof-muhitga ta’siri.
Tayanch iboralar:
tabiat, jamiyat, atof muhit,
ishlab chiqarish, tabiiy omillar, ekologiya siyosat,
tabiiy
resurslar,
qayta
tiklanadigan
va
tiklanmaydigan resurslar, zamonaviy
texnika va
texnologiyalar, urbanizatsiya, antropogen ta’sir, ilmiy
texnik
taraqqiyot,
inson
ekologiyasi,
moddiy
forovonlik, ekologik tanazul, noosfera, moslashish,
odam
populyasiyasining
salomatligi,
biologik
moddalar aylanishi.
Inson bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlar
muammosi bugungi kunga kelib, nihoyatda kuchayib
ketdi. Tabiat bilan inson o‘rtasidagi munosabatlar
ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysungan holda boradi.
Ushbu qonuniyatlarning buzilishi ekologik halokatga
olib keladi. Fan va texnikaning rivojlanish jarayoni
tabiiy muhitni tubdan o‘zgartib yubordi.
Mineral
va
yoqilg‘i
resuslari
kamayib,
biosferaning ifloslanishi va buzilishi kuzatilmoqda.
Ana shularning o‘rganuvchi yangi fan atrof muhit va
inson salomatligi fani vujudga keldi. Insoniyatning
rivojlanishi shunday davom etsa, ekologik halokat
ro‘y berishiga olib keladi. Bunda bizni nimalar
kutmoqda. Ekologik halokat ro‘y berishi muqarror.
Ushbu savollarga shubhasiz atrof muhit va inson
salomatligi fani javob berishi mumkin. Chunki uning
ob’ekti jamiyat-tabiat-inson tizimi hisoblanadi.
Predmeti esa ushbu tizimni rivojlanish qonuniyatlarini
tadqiq qilishdan iborat.
Atrof muhit va inson salomatligi fanining
maqsadi aholi orasida ekologik dunyoqarash, shaxsni
ekologik tarbiyalash orqali jamiyatda ekologik
madaniyatni shakllantirishdir va inson salomatligini
mustaqkamlashdir. Tabiyat bu moddiy jismlar
realliklar majmuidan iborat bulib, ular jamiyat
negizini tashkil etadi va o‘rab turadi. Jamiyat-odamlar
ishlab chikarish, iqtisodiy-madaniy tashkilotlarning
o‘zaro ta’sirlari murakkab tizimlardan iborat.
Jamiyat bilan tabiatning o‘zaro ta’sirlari dastlab
odamning shakllanishi jarayonida kelib chiqdi. Ular
o‘rtasidagi munosabat dastlab oddiy, biologik
moddalarning aylanishidan iborat edi. Odamning
tabiatga qaramliligi juda yuqori darajada bo‘lib, unga
ta’sir etish juda sezilarsiz bo‘lgan. Keyinchalik
markaziy nerv sistemasining tez rivojlanishi natijasida
odamning mehnati va ish faoliyati murakkablashib va
takomillashib bordi. U asta-sekin tashki muhitdan
to‘g‘ridan-tug‘ri bog‘lanishlari ozod bo‘la boshladi.
Shu bilan birga tabiatga ta’siri kuchayib bordi.
Tabiatning odamga ta’siri.
Tabiat jamiyat
rivojlanishining doimiy sharoiti bo‘lgan va bunda
keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Bunda jamiyatning
ijtimoiy iqtisodiy munosabatlari o‘zgarishi kuzatilgan,
hamda tabiatning roli ham o‘zgargan. Shuni ta’kidlash
lozimki jamiyatning rivojlanishida tabiiy resurslar o‘z
ahamiyatini saqlab qoldi. Tabiiy sharoit jamiyatning
rivojlanishi tezlashtirishi yoki sekinlashishi mumkin.
Ammo u xech qachon ijtimoiy munosabatlarni
o‘zgarshi uchun sabab bo‘laolmaydi. Ba’zi bir
olimlarning fikriga ko‘ra jamiyatning rivojlanishida
geografik muhit muhim rol o‘ynaydi deb qaraladi.
Ishlab chiqarish kuchlari rivojlanish bilan ishlab
chiqarish
munosabatlari
o‘rtasidagi
qarama-
qarshiliklar ham mavjud.
Jamiyatning tabiatga ta’siri.
Odam o‘zining
tarixiy rivojlanishining daslabki davrlarida tabiatning
mahsuli sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Keyinchalik esa
mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayonining
rivojlanishi bilan ya’ni ijtimoiy omillar ta’sirida u
ongli mavjudotga aylandi. U o‘z navbatida er
yuzasida materiya harakatining yangi ijtimoiy shakli
vujudga kelganidan dalolat berar edi. Insoniyat asta-
sekin tabiatni o‘zgartiruvchi eng kuchli omilga
aylandi. Hamda uning rivojlanishiga katta ta’sir
etayapti. Tabiat bilan jamiyatning o‘zaro ta’siri
yuqorida aytib o‘tilgandek dastlab biologik moddalar
aylanishiga asoslangan bo‘lib, keyinchalik tarixiy
rivojlanish natijasida birinchi o‘ringa ijtimoiy
moddalarning aylanishi o‘tib oldi. Shunga binoan
tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
harakteri ham o‘zgardi. Hozirgi qarashlarga ko‘ra
ijtimoiy yoki antropogen moddalar aylanishi jamiyat
hayotini ta’minlovchi murakkab jarayon hisoblanib, u
tabiatdan o‘zlashtiriladigan moddalar va energiya
xisobiga yashaydi. Faqat to‘xtovsiz ravishda tabiat
bilan o‘rtasida sodir bo‘ladigan moddalar va energiya
aylanishi hisobiga yashashi mumkin. Antropogen
moddalar
aylanishi
sayyoramizdagi
moddalar
aylanishining bir qismi hisoblanadi. Bunda tabiat
bilan jamiyatning o‘zaro ta’siri yotadi. Ushbu
moddalar aylanishining bir tomoni jamiyat hisoblandi.
Antropogen
moddalar
aylanishining
xissasi
sayyoramizda kundan-kunga ortib bormoqda. Uni
yirik shaharlarda, sanoat markazlarida kuzatish
mumkin. Bundan tashqari sayyoramizda moddalar
aylanishiga, yangi sintetik materiallar, zaharli
kimyoviy o‘g‘itlar qo‘shildi.
Inson o‘z xo‘jalik faoliyatida, sayyoraviy
moddalar aylanishidagi, mikdor va sifat jixatlari
o‘zgarib bordi va tezlashtirildi. Inson erdagi muhim
geologik kuchga aylandi. Jamiyat tomonidan tarixiy
davrlarda moddalar va energiyaning o‘zlashtirilishi
har bir kishi boshiga ortib boradi. Shuning asosida
moddalar aylanishi jaddaligi ortib boradi. Natijada
tabiatda mavjud bo‘lmagan xilma-xil moddalar
yaratildi, tabiatga keraksiz moddalar va energiyalar
ajralib chiqmokda.
Hozirgi davrda ishlab chiqarish chiqindilarining
ortishi
tufayli
tabiatda
katta
o‘zgarishlar
kuzatilmoqda. Natijada jamiyatning tabiatga salbiy
ta’siri xavfli tus oldi. Uning sababi atrof-muhitning
antropogen moddalar aylanishining ekologik nuqtan
nazarida nihoyatda takomillashmaganligidir. Bu
shundan iboratki, tabiiy resurslardan foydalanishning
foydali
ish
koeffitsenti
juda
past.
Olingan
ma’lumotlarga ko‘ra o‘rtacha FIKi 5-10% tashkil edi.
Qolgan 90-95% inson tomonidan amalda isrof qilindi.
Ko‘pincha
ishlab
chiqarish
chiqindilari
parchalanmaydi va dastlabki holatiga qaytmaydi.
Aksincha, tabiiy ifloslanadi va uning hayoti
yomonlashadi. Natijada bugungi kunda Ilmiy Texnik
Taraqqiyot (ITT) insonni tabiatga global darajada
ta’sir etishiga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: |