Respublikamiz iqtisodiyotidagi tub o’zgarishlarni albatta xukumatimiz tomonidan olib



Yüklə 375,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/72
tarix26.10.2023
ölçüsü375,69 Kb.
#161662
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   72
6-y-Moliyaviy-tahlil-2-Oquv-qollanma-M-Raximov-T2003 unlocked

Mavzu bo’yicha tayanch iboralar;
buxgalteriya balansi, uzoq muddatli aktivlar, joiy 
aktivlar, o’z mablag’lari manbayi, majburiyatlar, balansni o’qish, gorizontal tahlil, terend 
tahlili, moliyaviy koeffitsentlar, lizing operatsiyalari tahlili, omilli tahlil. 
Mavzu bo’yicha muammoli savollar 
1. Buxgalteriya balansini o’qish, gorizontal va moliyaviy tahlil etish firma va 
kompaniyalar moliyaviy holatiga to’liq baho berishga imkonini beradimi? 
2. Buxgalteriya balansini o’rganish, tahlil etish asodida olingan natijalar, bo’lib o’tgan 
jaroyonlarning yutug’i yoki kamchiliklarini bilishga imkon beradi. Bunda biz taxlil 
natijalaridan qanday manfaat ko’ramiz? 
3. Buxgalteriya balansi ma’lumotlari firma, kompaniya moliyaviy holatiniuning 
natijaviyligini to’liq ifoda etadimi? 
4. Buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida qanday moliyaviy koeffitsentlarni 
aniqlash mumkin va ular bizga nima beradi? 
5. Buxgalteriya balansi bo’yicha aktivlar va passivlarni baholashda qanday 
kamchiliklar mavjud, ularni qanday hal etish mumkin? 
6. Buxgalteriya balansini shakli va tuzilishi bo’yicha, chet el korxonalari buxgalteriya 
balansida qanday farqlanishlarni sezish mumkin (aktivlar, passivlar joylashuvi, baxolanishi, 
aks ettirilishi bo’yicha)? 
7. Firma, kompaniyalar iqtisodiy reytingini aniqlashda buxgalteriya balansi asosida 
aniqlanadigan qaysi ko’rsatkichlarni holatiga tayaniladi?
Mavzu bo’yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati
(1, 2, 3, 4, 7, 8, 10, 13, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 22, 23, 26, 27, 29, 31, 35, 37, 39, 43, 44, 
45, 47, 48, 50, 51, 52, 55, 56, 59, 60, 61, 62, 68, 69, 72, 73) 


21
2.1.Buxgalteriya balansini o’qish va taxlil qilish orqali 
firma va kompaniyalar moliyaviy 
holatiga baho berishni mazmuni 
 
O’zbekistonda shakllanayotgan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlariga 
asoslangan erkin iqtisodiyot bir tomondan jahon iqtisodiga tayansa, ikkinchi tomondan o’ziga 
xos jihatlari va xususiyatlari bilan farq etadi. Turli mulkchilikga asoslangan iqtisod, bozor 
munosabatlariga tayangan xolda olib borilayotgan isloxotlar negizida albatta jamiyat 
farovonligi va tula to’kisligiga erishish maksadi yotadi. Shu maksad mushtarakligida ijtimoiy 
va individual harakatga kuch, madad buruvchi hamda, uni tartibga soluvchi muhim iqtisodiy 
dastaklarni, unsurlarni ishlab chiqish va ulardan samarali foydalanishni talab etiladi. 
Iqtisodiyotni boshqarishda eng muhim dastaklardan biri mikrodarjadagi, korxonalar 
xo’jalik-moliya faoliyatini tahlilidir. 
Iqtisodiy tahlil fan sifatida shakllaniga 1 asrdan oshdi. Shu jumladan; uning 
O’zbekistonda shakllanishi urushdan keyingi yillarga to’g’ri keladi. Ushbu fan, turli 
davrlarda turlicha nomlar bilan nomlandi. I.f.d. prof. Pardaev M.Q tomonidan uning quyidagi 
shajarasi berib o’tiladi.
5F
6
«Balansshunoslik», «Balans talqini», «Balansni tahlili», «Hisobot tahlili», «Iqtisodiy 
tahlil», «Sotsial-iqtisodiy tahlil», «Xo’jalik faoliyatini tahlili (Iqtisodiy tahlil)» 
Muallifni ushbu adabiyotida tahlil fanining so’ngi o’zgarishlari o’z aksini topmagan. 
Bugun aytish mumkinki, buxgalteriya hisobi ikkita qismdan iboratligi belgilangan. Ya’ni; 
boshqaruv (ishlab chiqarish) hisobi va moliyaviy hisob. Xuddi shu tarkiblanish tahlil fanining 
ham qayta shakllanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Unga ko’ra iqtisodiy tahlil boshqaruv 
(ishlab chiqarish) tahlili va moliyaviy tahlilga bo’linishi lozim.
Shu asnoda, iqtisodiyot yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalarni o’quv grafiga 
bakalavriat yo’nalishi bo’yicha «Moliyaviy va boshqaruv tahlili», magistratura talabalari 
uchun «Moliyaviy tahlil» fanlari kiritilgan. 
Xo’jalik faoliyatini tahlili, iqtisodiy tahlil bugungi kunda «Moliyaviy tahlil» va 
«Boshqaruv taxlili» sifatida qayta tarkiblanishi bir jihatdan to’g’ridek. Lekin uning boshqa 
jihatiga ahamiyat berish lozim. Chet el adabiyotlarini kuzatishdan shunday xulosaga kelish 
mumkinki, ular orasida bir xillik va farqlanishni sezish mumkin. “Moliyaviy tahlil” fanida bu 
o’xshashlik mavjud. Lekin “Boshqaruv tahlili”da farqlanish mavjud. Negaki, boshqaruv 
tahlili boshqaruv hisobini ichida o’qiladi. Shuni hisobga oladigan bo’lsak xorij davlatlar yoki 
iqtisodi rivojlangan davlatlarda boshqaruv tahlili alohida fan sifatida shakllanmagan. 
Fanning nomi yoki uning o’rganish ob’ektidagi o’zgarishlar albatta uning mazmuniga 
yoki xizmat vazifalarini belgilashga ta’sir etmaydi. Moliyaviy tahlilni O’zbekistonda alohida 
fan sifatida shakllanishiga zaruriy jihatdan barcha fart sharoitlar shakllandi deyish mumkin. 
Bu zaruriyatni uning nazariy manbalarida ham, xuquqiy va uslubiy, tashkiliy asoslarida, ilmiy 
asoslarida ham ko’rish mumkin
6
M.K.Pardaev «Iqtisodiy tahliol nazariyasi» Samarkand «Zarafshon» nashriyoti, 2001 yil, 32-bet 


22
Nazariy asoslari bo’yicha etarlicha manbaga ega bo’lindi. O’zbek, rus tillarida chop 
etilgan Pardaev M.Q., Isroilov B.ning «Moliyaviy tahlil»
6F
7
, «Iqtisodiy tahlil»
7F
8
, »Moliyaviy 
tahlil metodologiyasi»
8F
9
, Vaxobov A., Ibrohimov A.T. ni «Moliyaviy tahlil»
9F
10
, Ibragimov 
A.T. ni «Iqtisodiy tahlil»
10F
11
, Abdukarimovni I.T. «Moliyaviy hisobotni o’qish va tahlil qilish 
yo’llari»
11F
12
, «Kak chitat i analizirovat finansovuyu otchetnost», Voljin I., Ergeshboev V.P. ni 
«Moliyaviy tahlil»
12F
13
. Bu ro’yxatni istagancha davom ettirish mumkin. Shuningdek, rus 
mualliflari Kovalev V.V. «Finansoviy analiz»
13F
14
, Sheremet A.D., Sayfulin R.S. ning 
«Metodika finansovogo analiza»
14F
15
, Petrov V.V., Kavalev V.V. ni «Kak chitat balans»
15F
16
kitoblari ham moliyaviy tahlil fanining fan sifatida to’la shakllanganligini tavsiflash mumkin. 
Bugungi kunda moliyaviy tahlilni nazariy asosi nihoyatda boy holatda. Bu jihat 
o’zgarishlarni moliyaviy tahlilni tashkil etilishi, xuquqiy va usulubiy asoslarida ham izoxlab 
o’tish mumkin. 
Moliyaviy tahlil o’z ichiga tahlilni kaysi ko’lamini olishi yuzasidan olimlar o’rtasida 
haligacha aniq to’xtam yo’q. Uning ob’ektiga, korxona moliyaviy xisobotining barcha 
elementlari kiritiladimi yoki uning umumlashgan ma’lumotlarigina kiritiladimi? 
Xozirgi manbalarga tayangan holda moliyaviy tahlilni ob’ektiga moliyaviy hisobot 
shakllari asosida o’rganiladigan ushbu o’quv qo’llanmada tarkiblangan bob va mavzularni 
kiritish mumkin. Bu mavzular soni ham «Moliyaviy tahlil» fani bo’yicha nashr etilgan 
adabiyotlarda farq etadi. Jumladan; M.Q. Pardaev o’zining «Moliyaviy tahlil»
16F
17
o’quv 
qo’llanmasida uni 3 ta kism va 23 ta o’rganiladigan savolga bo’lib beradi. Vaxobov A., 
Ibragimov A.T. o’zining «Moliyaviy tahlil»
17F
18
kitobida 8 ta bob va 57 ta o’rganiladigan 
savolni, Voljin I.O. va Ergashbaev V.P. ni «Moliyaviy tahlil»
18F
19
kitobida esa 2 ta qism va 22 
ta o’rganiladigan savoldan iborat lib ko’rsatiladi (qaysidir adabiyotda ularni soni 8 ta, rus 
tilida nashr etilgan adabiyotlarda esa undan ham ko’p mavzular berib o’tiladi). 
Firma va kompaniyalar moliyaviy holatiga baho berishda asosiy manbalardan bir bu 
buxgalteriya balansidir. Buxgalteriya balansi o’zining tuzilishi, shakli va ko’rsatkichlar 
tarkiblanishi bilan xorijiy davlatlar buxgalteriya balanslaridan keskin farq etmaydi. Bu 
farqlanishni yo’qligini quyidagilar bilan izohlash mumkin: 
-Buxgalteriya balansini – xalqaro biznes tilida tuzilishi bilan; 
-Aktivlar, kapital va majburiyatlar tengiligini saqlanishi bilan; 
-Mazmun jihatdan bir xillikka asoslanishi; 
-Foydalanuvchilar manfaatlarini to’qnash kelmasligi va bilan va boshqa jixatlar bilan. 
7
Pardaev M.Q., Isroilov B. Moliyaviy tahlil. T.: Iqtisodiyot va xukuk dunyosi, 1999 y. 
8
Pardaev M.Q.,Iqtisodiy tahlil. T.: Iqtisodiyo va xukuk dunyosi, 2001y. 
9
Pardaev M.Q. Moliyaviy tahlil metodologiyasi. Sam.1998 y. 
10
Vaxobov A.,Ibragimov A. Moliyaviy taxlil. T.: Mexnat 1995y. 
11
Ibragimov A. (xammualliflikda) Iqtisodiy tahlil. T.: Mehnat, 2001 y. 
12
,8 Abdukarimov I.T. Moliyaviy hisobotnio’qish va tahlil qilish yo’llari. T.: Iqtisodiyot va xukuk dunyosi. 1998 y. 
13
Voljin I.O., Ergashbaev V.P.Moliyaviy tahlil. T.: Iqtisodiyot va xuquq dunyosi. 19981 y. 
14
Kovalev V.V. «Finansoviy analiz»
M.: Finansi i statistika 1993 g. 
15
Sheremet A.D., Sayfulin R.S. Metodika finansovogo analiza M.: INFRA-M 1996 g. 
16
Patrov V.V., Kovalev V.V. Kak chitat balans. M.: Finansi i statistika, 1993 g. 
17
. Pardaev M.Q., Isroilov B. Moliyaviy tahlil. T.: Iqtisodiyot va xukuk dunyosi, 1999 y. 
18
Vaxobov A., Ibragimov A. Moliyaviy taxlil. T.: Sharq 2002 y. 
19
Voljin I.O., Ergashbaev V.P.Moliyaviy tahlil. T.: Iqtisodiyot va xuquq dunyosi..1998y. y. 


23
Moliyaviy hisobotni “o’qish”ga ham olimlar tomonidan turlicha tavsiflar beriladi. 
Moliyaviy hisobotni “o’qish”ni mazmunini nima tashkil etadi. Bizningcha moliyaviy 
hisobotni o’qish deganda ko’rsatkichlarni arifmetik xisob-kitoblarsiz uni mantiqiy 
tavsiflanadi.
«Moliyaviy hisobotni o’qish va taxlil qilish yo’llari»
19F
20
deb nomlangan I.T. 
Abdukarimov ning adabiyotida ham kitobning nomida «o’qish» so’zi ishlatiladi lekin unga 
tavsif berilmaydi. Patrov V.V., Kovalev V.V.ni «Kak chitat balans»
20F
21
adabiyotida ham 
moliyaviy hisobotni «o’qish»ga tavsif berilmagan. Ya’ni «o’qish», tahlil qilishni bir usuli 
sifatida bayonlanadi. To’g’ri, «o’qish» tahlil qilishni usuli hisoblanadi. Lekin uning tavsifi, 
boshqa usullardan farq etadigan jihati bo’lmog’i lozimku. M.Q. Pardaevni «Moliyaviy 
tahlil»
21F
22
kitobida esa moliyaviy tahlil usullari, moliyaviy tahlilni asosiy shakllari deb 
nomlanib uning qatorida «o’qish» usuli keltirilmaydi. 
Buxgalteriya balansini o’qish va tahlil etish mazmunini quyidagilar tashkil etadi. 
ƒ
kompaniya va firmalarni mulki, kapitali va majburiyatlarini baholash; 
ƒ
kompaniya va firmalar to’lovga qobilligi va likvidlilik ko’rsatkichlarini aniqlash; 
ƒ
kompaniya va firmalarning iqtisodi va moliyaviy salohiyati, uning smaradorligini 
baholash; 
ƒ
kompaniya va firma moliyaviy barqarorligi, bozor va ish aktivligi ko’rsatkichlarini 
baholash; 
ƒ
kompaniya va firmalarning iqtisodiy nochorligi va uni sog’lamloshtirish yo’llarini 
belgilash; 
ƒ
kompaniya va firmalarning moliyaviy axvoli va uni yaxshilash yuzasidan muhxim 
takliflar xozirlash tashkil etadi.
Buxgalteriya balansi asosida o’rganiladan masalalar ko’lami nihoyatda kengki, ularni 
barcha adabiyotlarda bir xilda berilgan deyish qiyin. Masalan; korxona mablag’larini 
xarakatchanligi va aylanuvchanligi, ish aktivligi, moliyaviy barqarorligi buxgalteriya 
balansini tahlili mavzusida berilgan xolda (A.Vahobov, A.Ibroximov «Moliyaviy tahlil»
22F
23

ayrim adabiyotlarda ushbu o’rganiladigan savollar alohida mavzu sifatida beriladi (Akramov 
E. «Analiz finansovogo sostoyaniya predpriyatiya»
23F
24
kitobi yoki Abdukarimov I.T. 
«Moliyaviy hisobotni o’qish va tahlil qilish yo’llari»
24F
25
, shuningdek, Pardaev M.K. 
«Moliyaviy tahlil»
25F
26
, «Iqtisodiy tahlil» adabiyotida esa mavzular yanada bulaklash 
tavsiflanadi.)
20
Abdukarimov I.T. «Moliyaviy hisobotni o’qish va tahlil qilish yo’llari» T.: Iqtisodiyot va xuquq dunyosi, 1999 y. 
21
Patrov V.V., Kovalev V.V. Kak chitat balans. M.: Finansi i statistika, 1993 g. 
22
Pardaev M.Q., Isroilov B. Moliyaviy tahlil. T.: Iqtisod iyot va xukuk dunyosi, 1999 y. 
23
Vaxobov A., Ibragimov A. Moliyaviy taxlil. T.: Sharq 2002 y. 
24
Akramov E. Analiz finansovogo sostoyaniya predpriyatiya. T.:GNITI, GANT , RUz 
25
Abdukarimov I.T. «Moliyaviy hisobotni o’qish va tahlil qilish yo’llari» T.: Iqtisodiyot va xuquq dunyosi, 1999 y. 
26
Pardaev M.Q., Isroilov B. Moliyaviy tahlil. T.: Iqtisod iyot va xukuk dunyosi, 1999 y. 15-bet 


24

Yüklə 375,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin