Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

“Soʻz top” didaktik 
oʻyini
“Sirli kataklar” 
oʻyini
“Soʻzni tuzib yoz” 
oʻyini


147 
yordam beradi. Bu oʻyinni uyushtirishda oʻquvchilar guru-higa ikki-
uchtadan shunday topishmoqlar beriladi. 
Bu oʻyin ma’lum bir tovush va harf haqida oʻquvchilar bilim 
olganlaridan keyin oʻtkaziladi. Oʻqituvchi tomonidan oʻrganilgan 
tovush qatnashgan soʻzlarni xattaxtaga yozma harflar bilan yozib 
qoʻyiladi. Oʻyin ishtirokchilari bu soʻzlarni kesma boʻgʻinlar 
yordamida xattaxtaga terib chiqadi. Oʻqituvchi aytgan tovush soʻzning 
qaysi oʻrnida kelayotganini aniqlaydilar. Oʻtilgan L ,l harfi haqidagi 
bolalarning bilimini mustahkamlash uchun 
oila, opa, ana, tola, Lola, 
Ali, 
soʻzlarini yozib qoʻyadi. Oʻquvchilar shu soʻzlarni kesma 
boʻgʻinlar yordamida xattaxtaga terib l tovushi soʻzning qayerida 
kelayotganligini aniqlaydi. D,d tovushi va harfi oʻtilganda Odil, 
Madina, Dildora, dala, dada, adab soʻzlari ustida ham shunday oʻyin 
uyushtirish mumkin. 
Oʻyin-topshiriqlarning joylashish oʻrni mavzular doirasiga qarab 
joylashtirildi. Ya’ni avvalo, qayta xotirlashga qaratilgan, keyinroq 
oʻquvchilarni oʻylashga majbur qiladigan va muammoli oʻyin-
topshiriqlar berildi. Bunday topshiriqlarni bajarish jarayonida va ularni 
tavsiflashda 
oʻquvchi bevosita muloqatda boʻladi. Bajargan 
topshirigʻini taqdim (bayon) qilish paytida oʻylashga, mavjud fikrining 
zaruriylarini ajratib olishga harakat qiladi. Natijada oʻquvchining nutqi 
shakllana boradi va rivojlana boradi. 
“Tugallanmagan gap” mashqi
“Tugallanmagan gap” mashqi tavsifi.
 
Oʻqituvchi tomonidan 
oldindan tayyorlangan qogʻozda gaplar berilgan boʻladi. Bunda 3-4 gap 
berilgan boʻlib, ular faqat boshlahgan, lekin tugallanmagan boʻladi. Har 
bir guruhga har xil gaplar beriladi. Har xil gaplar berilishi asosida bir 
vaqtda bir qancha ish (masalalar) hal qilinadi. Uni oʻquvchilar 
belgilangan vaqt ichida tugallaydi. Gaplar aniq, toʻgʻri boʻlib, soʻzlar 
mazmunan bir-biriga bogʻlanishli boʻlishi uqtiriladi.
 
Ushbu mashq 
oʻtilgan va oʻtilishi kerak boʻlgan mavzular boʻyicha kichik guruhlarda 
jamoa boʻlib erkin fikrlash, xotiralash orqali avval ogʻzaki, keyin 
yozma fikrlari ifodalanadi. Ifodalangan fikr jamoada kelishilgan holda 
tugallanadi. Guruhdan bir oʻquvchi taqdimot qiladi.
Qoʻllanishi.
Yakka holda va kichik guruhlarda qoʻllaniladi. Ona tili 
darslarida umumlashtiruvchi va takrorlash, bilimlarni mustahkam-
lashda qoʻllaniladi, toʻgarak mashgʻulotlarida qoʻllasa maqsadga 
muvofiq boʻladi. 


148 
Kutiladigan natija.
Oʻquvchilar erkin ijodiy fikrlashga, jamoa 
boʻlib ishlashga, izlanishga, nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, 
oʻzgalar fikrini tinglash, anglash, hurmat qilishga, bajarilayotgan 
mashqning maqsadini tushunishga oʻrganadi. Oʻrganilgan bilimlarni 
eslab, oʻz fikrini ogʻzaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila 
olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantiradi. 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin