Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


Soʻzning boshiga bir tovush qoʻshib



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

Soʻzning boshiga bir tovush qoʻshib 
yangi soʻz hosil qilsh oʻyini
“Soʻzning oʻrtasiga harf qoʻshib 
yangi soʻz hosil qilish” oʻyini


143 
Oʻyin davomida oʻquvchilar quyidagi soʻzlarni topishlari mumkin.
koʻmak - koʻlmak 
qatiq - qattiq 
qara - qayra 
ula - ushla 
tala - tashla 
sila - siyla 
baroq – bayroq 
ola - olma 
nola - Noila 
xola - xolva 
tana - tashna 
tila - tilla 
amal - Akmal 
ona - oyna 
Ushbu oʻyinni boshlangʻich 
sinflarning yuqori sinflarida 
hamda 5-7-sinflarda oʻtkazsa 
boʻladi. Yuqori sinflarda qoʻshimcha topshiriq berish orqali oʻyin 
murakkablashtiriladi.
Bu oʻyin ham soʻzning boshiga tovush qoʻshib yangi soʻz hosil 
qilish oʻyiniga oʻxshaydi. U bolalarning faolligini oshiradi, zehnini 
oʻtkirlaydi. Uni barcha oʻquvchilar ishtirokida oʻtkazsa ham, parta 
qatorlari orasida oʻtkazsa ham boʻladi. Har bir boʻgʻinga qancha soʻz 
topishi kerakligini oʻqituvchi belgilaydi.
Oʻyin oxirida faol qatnashgan oʻquvchilar va gʻolib guruh 
ragʻbatlantiriladi.

Bir tovushi mendan, qolgani 
sengan
” oʻyini


144 
Ushbu oʻyin oʻquvchilar-ning qiziqishlarini oshiradi. Bolalar 
oʻyinni juda berilib bajarishadi. Oʻquvchilar boʻgʻinlarini almashtirib 
yangi soʻz hosil qilish oʻyini orqali soʻzning leksik – semantik ma’nosi 
ustida kuzatish olib boradi. Oʻyin koʻproq ikki va undan ortiq boʻgʻinli 
soʻzlardagi boʻgʻinlarning oʻrnini almashtirish orqali olib boriladi. 
Bunday soʻzlar koʻproq qoʻshma otlar mavzusi bilan bogʻliq boʻladi.
Ba’zan qoʻshma ot tarkibidagi har bir boʻgʻin bir soʻzga ma’no 
jihatidan teng boʻlib, ularning oʻrnini almashtirib qoʻllash oʻzbek 
tilidagi yangi qoʻshma otlarni hosil qiladi.
Bu oʻyindan boshlangʻich sinflarning savod oʻrgatish davridan 
boshlab, oʻrta maktablarning yuqori sinflarida ham foydalanish 
mumkin. Oʻyinni boshlashdan oldin oʻqituvchi quyidagi namunani 
xattaxtaga yozib tushuntiradi.
Gulnor – Norgul
Urchuq - Chuqur 
Oʻquvchilar bilim darajasiga qarab quyidagi soʻzlarni topishi 
mumkin.
Alisher - Sherali 
Gulchehra - Chehragul 
Xoldona - Donaxol 
Mehrnoz - Nozmehr 
Toʻraboy - Boytoʻra 
Guldasta - dastagul 
Oybahor - Bahoroy 
Toshtoʻxta - toʻxtatosh 
Bu
oʻyinni alifbegacha boʻlgan 
davrda va undan keyin ham oʻtkazish 
mumkin. Oʻquvchilarning sinchkovligini, 
e’tiborini oshiradi. Bolalarni harflar va tovushlar ustida oʻtkaziladigan 
oʻyinlarga tayyorlaydi. Oʻyinga 10-15 oʻquvchi qatnashadi. Barcha 
oʻquvchilar bir qator boʻlib turishadi. Oralaridan biri boshlovchi 
boʻladi. Boshlovchi barcha oʻquvchilarni 30 soniya davomida kuzatib 
orqaga oʻgiriladi. Shu davrda bolalardan ikkitasi oʻz joylarini 
almashtirishadi. Boshlovchi oʻquvchi oʻquvchilarga yuzlanib kimlar 
joyini almashganliklarini aytadi. Agar toʻgʻri aniqlasa joylarini 
almashgan oʻquvchilardan biri boshlovchi boʻladi. Yanglishib aniqlay 
olmasa, yana oʻzi boshlovchi boʻlib qolaveradi. 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin