140
muvaffaqiyatli oʻzlashtirilib olinishi ham bevosita yozma va ogʻzaki
nutqiy koʻnikmalarning qay darajada rivojlanganligiga bogʻliq.
Shuning uchun ham yoshlarni oʻqitish va ularni hayotga tayyorlashda
savod oʻrgatish mashgʻulotlariga alohida e’tibor beriladi.
Har bir
tovush-harfning
talaffuz
qilinishi
va
yozilishini
mukammal oʻzlashtirib olishlari
uchun xilma-xil mashgʻulotlarni dars jarayoniga singdirish oʻquvchida
mustaqil fikrlash va ijodiy ishlash koʻnikmasini shakllantirishga
bogʻliq. Savod oʻrgatish davrida qoʻllaniladigan grammatik oʻyinlar
oʻquvchi imkoniyatlarini toʻla ishga solish, har bir tovush va harfning
eng nozik tomonlariga alohida diqqat bilan qarashga undaydi. Bu
davrda qoʻllaniladigan grammatik oʻyinlar ham xilma-xil boʻlib,
oʻquvchiga bilim berish, uni toliqishdan saqlash, oʻzi bajargan ishdan
zavqlanish imkoniyatini yaratadi. 1-sinf bolalariga bilim berish oʻyin
asosiga qurilsa, samarali natijalarga erishish mumkin.
Bu yoshdagi
bolalarni toliqtirmaslik, oʻqish va yozuv darslarini
qiziqarli
tashkil etish, sidirgʻali oʻqish, husnixat malakalarini
shakllatirish va mustahkamlash uchun yozuv mashgʻulotlarini toʻgʻri
tashkil qilsh, oʻyin shaklida uyushtirish zarur.
Oʻquvchilar
bilan
grammatik
oʻyinlar
uyushtirilar ekan, ularga barcha oʻquvchilarni
toʻgʻri va chiroyli yozuvda xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyadigan
oʻquvchilarni koʻproq jalb qilish kerak. Savod oʻrgatish
davrida
qoʻllaniladigan grammatik oʻyin turini tanlashda sinf oʻquvchilarning
xususiyatlari, qiziqish va imkoniyatlarini hisobga olish lozim.
Respublikamiz maktablarida mehnat qilayotgan ilgʻor boshlangʻich
sinf oʻqituvchilari birinchi sinf oʻquvchilarini savodga oʻrgatish
jarayonida foydalanish uchun koʻplab didaktik oʻyinlarni ijod qildilar.
Ulardan dars jarayonida foydalanib yaxshi natijalarga erishmoqdalar.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari fonetika-dan bir qator bilimlarni
egallaydilar. Unli, undosh tovushlarni talaffuz
qilish va taqqos-lash
asosida farqlaydilar. Undosh tovushlarning jarangli va jarangsiz
talaffuz
etilishi, jufti bor va jufti yoʻq jarangli va jarangsiz undosh
tovushlar haqida amaliy bilim oladilar. Bu borada boshlangʻich
sinflarda qoʻllaniladigan tekshirish metodi tovushlarning jarangli yoki
jarangsiz ekanligini anglab olish imkonini beradi. Bu, oʻz
navbatida,
toʻgʻri yozishda qoʻl keladi. Shuningdek, bu sinflarda boʻgʻin va uning
“
Dostları ilə paylaş: