Barcha bayram va tadbirlar ssenariy asosida tashkil etiladi.
Boshlangʻich sinf ona tili darslarida sinfdan
tashqari ishlarning yana bir turi ekskursiyadir.
Ekskursiya lotincha soʻzdan olingan boʻlib, “sayr qilish”
degan ma’noni bildiradi. Ekskursiya bilimni boyitish, amaliy tajriba
hosil qilish yoki madaniy-ma’rifiy maqsadida diqqatga sazovor joylar
(madaniyat maskanlari, tabiatning goʻzal goʻshalari, muzeylar,
korxonalar va shu kabilar)ga jamoa boʻlib borish tushuniladi.
Ekskursiyalarni 1-sinfdan boshlab tashkillashtirish mumkin. Bu ish
turidan tabiat tasviriga bagʻishlangan yoki ishlab chiqarish, qurilish,
shahar, qishloq hayotiga, kasbga doir mavzular va tarixiy asarlar
oʻrganilganda foydalanish mumkin. Chunonchi, 1-sinfda “Fan va
texnologiya” mavzusi doirasida ishlab chiqarish obyektlariga, 2-sinfda
“Qoʻriqlanadigan
hayvonlar”
mavzusi
oʻrganilgach
davlat
qoʻriqxonalariga, 3-sinfda “Yosh iqtisodchi” boʻlimidan keyin tijorat
banklariga, 4-sinflarda “Olimpiada oʻyinlari” mavzusi oʻrganilgandan
Ekskursiyalar
136
keyin turli xil sport inshootlari, oʻyin maydonlariga ekskursiyalar
tashkillashtirish mumkin.
Ekskursiya oʻquvchilarning asarda ifoda etilgan hodisalarni aniq
va ongli oʻzlashtirishlariga yordam beradi, bilimlarini chuqurlashtiradi,
tabiat hodisalarini kuzatish va ularni aniq tasvirlash koʻnikmalarini
shakllantiradi. Ekskursiya bolalarda tabiatga mehr uygʻotadi, uni sevish
va tabiat ehsonlarini asrash hissini tarbiyalaydi. Ishlab chiqarish
korxonalariga, muzey va boshqa joylarga ekskursiyalar esa tarixiy
voqealarni toʻgʻri idrok etishlarini ta’minlaydi, kattalar mehnati bilan
tanishtiradi, oʻquvchida mehnatga muhabbat uygʻotadi, kasbga
yoʻnaltiradi.
Eskursiya ma’lum bir maqsadga yoʻnaltirilgan boʻladi va
ekskursiyadan oldin oʻquvchilarga topshiriqlar beriladi.
Ekskursiyani tashkil etishdan avval oʻqituvchi ekskursiya
uyushtiriluvchi
obyekt
rahbari
bilan
suhbatlashib,
kerakli
ma’lumotlarni olishi talab qilinadi. Soʻngra oʻqituvchi ekskursiyaga
borishdan ilgari oʻquvchilar bilan kirish suhbati oʻtkazadi. Bunda
quyidagi vazifalar hal qilinadi:
a) ekskursiyadan koʻzlangan maqsadni aniqlab olish;
b) ekskursiya obyektining mohiyatini tasvirlash;
d) oʻquvchilarni ekskursiya rejasi bilan tanishirish;
e) oʻquvchilarni kichik guruhlarga boʻlish;
f) har bir guruhga topshiriqlar berib, nimaga e’tibor berish
lozimligini ta’kidlash.
Adabiy kеchalar birоr adibning tavalludi yoхud
tanlangan mavzu boʻyicha uyushtiriladigan tadbir
boʻlib, maхsus tayyorgarlikni talab etadi. Boshlangʻich
sinflarda turli xil adabiy kechalarni oʻtkazish mumkin. Masalan, buyuk
siymolar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburlarning
tavallud topgan kunlari munosabati bilan “Navoiyxonlik”, “Boburning
tavallud kuniga bagʻishlangan kecha”, “Gʻazalxonlik” kabilarni
oʻtkazish mumkin. Bundan tashqari, ona tili va oʻqish savodxonligi
darslarida biror katta boʻlim tugashi munosabati bilan ham adabiy
kecha tashkillashtirish mumkin. Masalan, 4-sinf Ona tili va oʻqish
savodxonligi darsligining VIII boʻlimi “Tarix xazinalari” deb
nomlangan boʻlib, 12 soat davomida oʻrganiladi. Bu boʻlimda Imom al-
Buxoriy, Ahmad Fargʻoniylarning qilgan ishlari haqida tushunchaga
ega boʻlishadi. Ma’lumki, Imom al-Buxoriy hadis ilmining sultoni
Adabiy
kechalar
137
sifatida butun dunyoga mashhurdir. Ushbu boʻlim tugashi munosabati
bilan sinfda “Hadis kechasi”ni tashkillashtirilsa, oʻquvchilarning nutqi
yanada ravonlashadi.
Koʻrik-tanlovlar ham sinfdan tashqari ishlarning
muhim turlaridan biridir. Bu tadbir vaqti-vaqti bilan
oʻtkaziladigan tadbir boʻlib, uni tashkil etishda
oʻquvchilarning yoshi, bilim saviyasi hisobga olinadi. Chunonchi, agar
boshlangʻich sinflarda “Kimning xati chiroyli?” kabi mavzular
tanlansa, 5-6-sinflarda esa erkin mavzuda yozilgan insho boʻyicha
tanlov oʻtkazish mumkin. Boshlangʻich sinflarda koʻrik tanlovlar
sinflar ichida yoki sinflararo boʻlishi mumkin. “Kimning xati chiroyli?”
koʻrik tanlovi sinflar ichida oʻtkazilsa, “Eng namunali daftar” tanlavini
sinflalaro oʻtkazish maqsadga muvofiq. Eng yaxshi daftarlar
koʻrgazmasi va tanlovi sinfdan tashqari mashgʻulotlarning ommaviy
turi boʻlib, odatda, yiliga 1-2 marta vaqti-vaqti bilan oʻtkaziladi.
Olimpiadalar ham sinfdan tashqari ishlarning bir
turi boʻlib, unga ishtirok etish ixtiyoriydir. Bu tadbirga
kuch sinashishni ixtiyor etgan barcha oʻquvchilar
ishtirok etishlari mumkin. Olimpiada gʻoliblari maktab
ma’muriyatining buyrugʻi bilan ragʻbatlantiriladi.
Ona tili olimpiadalari yilda bir marta oʻtkaziladigan tadbirdir. Bu
tadbirning
birinchi
bosqichi
maktabda,
ikkinchi
bosqichi
tuman(shahar)da, uchinchi bosqichi viloyatda va toʻrtinchi bosqichi
Respublikada oʻtkaziladi.
Uchrashuv jonli muloqot tarzida tashkil
etiladi. Uchrashuvga oʻquvchilar yaxshi bila-
digan shoir va yozuvchilarni taklif etish
maqsadga muvofiq Mehmon bolalar adabiyoti vakili boʻlishi lozim.
Uchrashuvlar ham juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Unga ona
tili darsliklarining mualliflari, mashhur tilshunos-olimlar, hukumat
mukofotiga sazovor boʻlgan ona tili oʻqituvchilari taklif etilishi
mumkin. Ayniqsa, bular orasida maktabning sobiq oʻquvchilari boʻlsa,
ularni taklif etish juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Boshlangʻich maktabda ona tilidagi sinfdan
tashqari ishlarning turli shakllari orasida toʻgarak haqli
ravishda yetakchi oʻrinni egallaydi.
Toʻgarak - sinfdan tashqari guruh ishlarining asosiy va eng keng
tarqalgan turi. U bir yoki parallel sinf oʻquvchilari bilan tashkil etiladi.
Koʻrik
tanlovlar
Fan
olimpiadalari
Shoir va yozuvchilar
bilan uchrashuvlar
Toʻgaraklar
138
Toʻgarak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi boʻlib, u
oʻquvchilarning doimiy barqaror tarkibi bilan ish koʻradi.
Toʻgaraklarda yangi mavzu oʻtilmaydi, dars jarayonida olingan bilimlar
mustahkamlanadi, sinf ishlari tahlil qilinadi. Darslikdan tashqari
qoʻshimcha adabiyotlardan ham foydalanish mumkin. Toʻgarakka a’zo
boʻlish ixtiyoriy, ammo uning mashgʻulotlarida ishtirok etish
majburiydir.
Boshlangʻich sinflarda toʻgarak mashgʻulotlari birinchi sinfning
ikkinchi yarim yilligidan boshlanadi. Doimiy tarkibi odatda yigirma
kishidan oshmaydi. Toʻgarak asosini, qoida tariqasida, ona tiliga
qiziquvchi maktab oʻquvchilari tashkil etadi.
Mashgʻulotlarning davriyligiga kelsak, toʻgarak ishlari amaliyotida
har ikki haftada bir marta toʻgarak mashgʻulotlarini oʻtkazish an’anasi
shakllangan. Biroq, oʻquvchilar qanchalik yosh boʻlsa, darslar orasidagi
tanaffuslar shunchalik qisqa boʻlishi kerak. Bu yerda bitta dars uchun
kamroq hajmdagi material olinadi, uning vaqti cheklangan, mustaqil
kuzatishlar uchun topshiriqlar kichik va unchalik qiyin emas (garchi har
bir oʻqituvchi umumiy tayyorgarlik, darsning bilim darajasiga qarab
qiyinchilik darajasini tanlaydi).
Ona tili toʻgaragining a’zolari soni 12-15 oʻquvchidan oshmasligi
lozim. Ular parallel sinflardan iborat boʻlsa mashgʻulotlarni samarali va
qiziqarli tashkil etish imkoniyatlari kengayadl. Agar maktabda parallel
sinflar boʻlmasa, toʻgarak a’zolari bitta sinfdan iborat boʻlishi ham
mumkin. Toʻgarak har xil nomlar bilan nomlanadi. Masalan, “Ona tilim
– jon-u dilim”, “Til - dil kaliti”, “Oʻzbek tili - davlat tili” v.h.
Mashgʻulot 15 kunda bir marta oʻtkazilgani ma’qul.
Toʻgarak uchun yillik ish reja tuziladi. Masalan: “Yosh xattot”,
“Ona tilim – jon-u dilim”.
Toʻgarak mashgʻulotlari 1-sinfda 17 soat (haftada bir marta), 2-4-
sinflarda 34 soat (haftada bir marta) oʻtkazilishi maqsadga muvofiq.
Xullas, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar alohida-alohida
tadbirlar sanalsa-da, ammo ular oʻzaro bogʻlangan, biri ikkinchisini
toʻldiradigan tadbirlardir. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning
yuqorida tilga olingan barcha shakllarini tashkil etishida toʻgarak
a’zolari faol ishtirok etadilar.
139
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun nashr qilingan ona tili va
oʻqish savodxonligi darsliklarida oʻquvchilarning ijodiy fikrlashini
rivojlantirishga xizmat qiladigan oʻquv topshiriqlari juda koʻp berilgan.
Bu topshiriqlar turli usullar bilan oʻqituvchi hamkorligida oʻquvchilar
tomonidan mustaqil bajarishi kerak. Ularni bajarishda ijobiy natija
beradigan topshiriqlarning asosiy turlaridan biri grammatik oʻyin-
topshiriqlardir. Topshiriqning bu turi oʻquvchilardan bilimdonlikni,
izlanishni, topqirlikni va tezkorlikni talab qiladi. Oʻyin-topshiriqlar ona
tili darslarining qiziqarli oʻtishini ta’minlaydi.
Shularni hisobga olgan holda ona tili savodxonligi darslarini
oʻtishda ishlatish mumkin boʻlgan ayrim grammatik oʻyinlar,
boshqotirmalar va ulardan foydalanish metodlarini tavsiya qilamiz.
Bunday grammatik oʻyinlarni yanada koʻplab oʻylab topish va dars
jarayonida qoʻllash mumkin. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek,
oʻqituvchining ijodkorligiga, izlanuvchanligiga, mahorati va tinimsiz
qiladigan mehnatiga bogʻliq.
Ma’lumki, ona tili fanida mavhum tushunchalar, ta’rif va qoidalar
juda koʻp. “Milliy dastur” asosida yaratilgan ona tili va oʻqish
savodxonligi darslarida esa qoidalardan voz kechilgan holda lingvistik
tushunchalarni amaliy tarzda oʻrgatishga qaratilgan. Oʻquvchi har bir
til hodisasini mustaqil oʻrganmasa, bu hodisalar ustida mustaqil ijodiy
ish bajarmasa, fikrlash, kuzatish, qiyoslash, taqqoslash, guruhlash,
umumlashtirish kabi aqliy faoliyat bilan shugʻullanmasa, til
hodisalarining mohiyatini anglay olmaydi va ularni puxta oʻzlashtira
olmaydi.
Bu aytganlarni bajarish, asosan, amaliy-ijodiy faoliyat bilan
bogʻliq. Ayni paytda oʻquvchi charchamasligi, zerikmasligi, qiziqish
bilan faoliyatga kirishishi kerak. Bu jarayonga oʻyin(grammatik oʻyin)
yoʻli bilan kirishish oʻquvchilar tabiatiga juda mos keladi. Chunki oʻyin
oʻquvchining eng sevimli mashgʻuloti, faoliyatida asosiy oʻrinni
egallaydi. Ana shu imkoniyatni foydali tomonga, maqsad sari
yoʻnaltirish zarur.
Savod oʻrgatish juda muhim mas’uliyatli va ayni vaqtda
oʻquvchining esida bir umr saqlanib qoladigan sharafli davr
hisoblanadi. Keyingi sinflarda beriladigan bilimlar oʻquvchi tomonidan
Dostları ilə paylaş: |