Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


TOPSHIRIQ “Rebus” metodi asosida “Nutq” bilan bogʻliq tushunchalarni



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

TOPSHIRIQ
“Rebus” metodi asosida “Nutq” bilan bogʻliq tushunchalarni 
toʻldiring.

Old qoʻshimcha
Oʻzak soʻz
Qoʻshimcha
1.
2. 
ogʻzaki 
3.
nutq
4.
5.
vaziyati 
 
 


127 
MAVZU: BOSHLANGʻICH SINF ONA TILIDAN SINFDAN 
TASHQARI ISHLAR 
REJA: 
1. Boshlangʻich sinfda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil 
etishning maqsad va vazifalari 
2. Sinfdan tashqari ishlarning shakllari. 
3. Boshlangʻich sinflarda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning 
mazmuni. 
4. Boshlangʻich sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida 
grammatik va didaktik oʻyinlardan foydalanish. 
 
Tayanch tushunchalar: ona tili, sinfdan tashqari ish, 
boshlangʻich sing, savod oʻrgatish davri, toʻgarak, ekskursiya, fan 
olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, adabiy kechachar, bayram va 
tadbirlar, didaktik oʻyin, grammatik topshiriq. 
ADABIYOTLAR 
1. Qosimova K., Matchonov S., Gʻulomova X., Yoʻldosheva Sh., 
Sariyev Sh. Ona tili oʻqitish metodikasi. -T.: “Noshir”, 2009. - 163 b. 
2. Gʻulomova X., Yoʻldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H., 
Masharipova U., Sattorova X. Husnixat va uni oʻqitish metodikasi. -T.: 
TDPU, 2013. - 70 b.
 
3. Karima Qosimova va boshqalar. Ona tili oʻqitish metodikasi. –
Toshkent, 2009. 
4. Nurmatova M. Ifodali oʻqish toʻgaragi. “Til va adabiyot ta’limi” 
1992-yil. 1-son. 
3. Jalilova M., Ne’matova G. Takrorlash mashgʻulotlarini 
“Topqirlar bellashuvi” tarzida oʻtkazish. “Til va adabiyot ta’limi” 
1994-yil 2-3-qoʻshma sonlari. 
4. Tolibova J.O. Pedagogik texnologiyalar – doʻstona muhit 
yaratish omili. -T., 2005. 
5. Bakiyeva H, Ahmedova N., Azizova N., Nosirova D., 
Teshaboyeva B., Ismoilova U., Egamberdiyeva B. Savodga oʻrgatish 
darslari.-T.: “Extremumpress”, 2014. -119 b. 
6. Safarova R., Inoyatova M. Alifbe. –T.: “Respublika ta’lim 
markazi”, 2021. -80 bet. 
7. Azimova I., Mavlonova K., Quronov S., Tursun Sh. Ona tili va 
oʻqish savodxonligi (1-sinf uchun darslik). –T.: “Yangiyoʻl poligraf 
servis”, 2021. -104 bet. 


128 
8. Azimova I., Mavlonova K., Quronov S., Tursun Sh. Ona tili va 
oʻqish savodxonligi (2-sinf uchun darslik). –T.: “Respublika ta’lim 
markazi”, 2021. -120 bet. 
9. Fuzailov S., Xudoyberganova M., Yoʻldosheva Sh. Ona tili (3-
sinflar uchun darslik). -T.: “Oʻqituvchi”, 2019. -152 bet. 
10. Ikromova R., Gʻulomova X., Yoʻldosheva Sh., Shodmonqulov 
D. Ona tili (4-sinflar uchun darslik). -T.: “Oʻqituvchi”, 2020. -160 bet. 
Sinfdan tashqari ishlar umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquv 
tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini tashkil 
etish shakllaridan biri hisoblanadi. Sinfdan tashqari ishlari 
oʻquvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga 
tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlariga 
oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga 
qaratilgan turli xil mashgʻulotlar tizimi kiradi. Bunday mashgʻulotlar 
pedagogik jamoa, sinf rahbari, yoshlar tashkilotlari rahbarligi va 
bolalarning oʻz-oʻzini boshqarish tashkilotlari tomonidan darsdan 
tashqari vaqtda uyushtiriladi. Oʻquvchilarning sinfdan tashqari ishlarini 
tashkil etishda oʻquvchilar saroylari, “Barkamol avlod”, “Yoshlar 
ittifoqi”, “Yoshlar markazi” tashkilotlari, “Bolalar ijodiyoti uyi”, sport 
seksiyalari va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam 
beradi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllari sifatida ommaviy 
ishlar (maktab faollar zalidagi tadbirlar, kecha, munozara va tanlovlar 
oʻtkazish, viktorina va koʻrgazmalar uyushtirish, tabiat qoʻyniga, 
maktab va muzeylarga ekskursiyalarga chiqish), toʻgarak ishlari 
(oʻquvchilarning turli toʻgaraklar, sport seksiyalari, ansambllardagi 
qatnashishlari), mustaqil ishlar (oʻquvchilarning sinfdan tashqari 
oʻqishi, kolleksiya toʻplashi, texnika, musiqa, tasviriy sanʼat, 
chizmachilik va shu kabilar bilan mustaqil shugʻullanishi)ni koʻrsatish 
mumkin. 
Maktabning muhim vazifasi keng ma’lumotli, har tomonlama 
rivojlangan kishilar tayyorlashdan, oʻquvchilarni oʻquv rejasidagi har 
bir fanga oid chuqur va puxta bilimlar bilan qurollantirishdan, ularda 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin