Yozma xatolarning oldini olish va ularni
bartaraf qilishga oid mustaqil ishlar
120
xatolari ustida ish olib borishni ta’minlashdir. Oʻquvchi mustaqil
ishdagi xatoni oʻqituvchi signali (xato haqida signal) asosida oʻzi “Imlo
lugʻati” bilan taqqoslash orqali aniqlaydi va shu soʻzning toʻgʻri
variantini oʻz imlo lugʻati daftariga koʻchirib oladi. Ba’zi oʻqituvchilar
vaqtni tejash maqsadida xatoni aniqlashni koʻproq darsdan keyin
uyushtiradilar. Aslida esa dars jarayonida topshiriq qanday
bajarilganligi
va
oʻquvchining shu soʻz imlosini qanday
oʻzlashtirganligi tekshirib borilishi lozim.
Oʻquvchilar nutqidagi dialektal xatolarni bartaraf qilish maqsadida
yuqorida koʻrsatilgan ish usulidan tashqari, yana sinfdoshining
nutqidagi dialektal ta’sirida aytilgan soʻzlarni aniqlab, uning adabiy
tildagi variantini aytishni talab qilish kabi mustaqil ish turlaridan
foydalanish mumkin.
Dialektal xatolarni bartaraf qilish faqat xatolar ustida ishlash
darsida emas, balki har bir darsda alohida ish olib borishni taqozo etadi.
Savol-javob, oʻqish, ijodiy mashq hamda mustaqil ishlardagi xatolarni
tushuntirish jarayonida dialektal xatolar ham izohlanadi va tuzatib
boriladi. Oʻqituvchi tomonidan tanlangan mustaqil ishlarda hamma
vaqt mahalliy shevaga xos boʻlgan xatolarni bartaraf etish koʻzda
tutilishi lozim.
Xatolarni bartaraf qilishda, ayniqsa, yozma ish tahlilini oʻtkazish
yoki xatolar ustida ishlash darslari ahamiyatlidir. Xatolar ustida ishlash
darsida quyidagilarga e’tibor bermaslik natijasida oʻquvchilar ishda
anchagina kamchiliklarga yoʻl qoʻymoqdalar:
- yozma ish tahliliga ajratilgan vaqtning notoʻgʻri taqsimlanishi;
tipik xatolar doirasidan chetga chiqmaslik;
- xatoni bartaraf etishga oʻquvchilarning qiziqishini uygʻota
olmaslik; ularni passiv tinglovchiga aylantirish hamda xato ustida
ishlashga ham e’tibor berib, xilma-xil ish formalar (turli kartochkalar,
darslikdagi mashqlar va b.)dan foydalana olmaslik;
- har bir oʻquvchining bilim saviyasi va mustaqil ishlash
qobiliyatini
hisobga
olmaslik,
differentsial
topshiriqdan
foydalanmaslik;
- yozma ishda yoʻl qoʻyilgan xatolarning toʻgʻri klassifikatsiya
qilinmasligi tufayli oʻquvchilar diqqatini tipik xatolar ustia ishlash
paytida asosiy masalaga jalb eta olmaslik;
-yozma ishda qoniqarsiz baho olgan oʻquvchilarning tahlil
jarayonida e’tibordan chetda qolishi;
121
- oʻquvchilarning oldingi yozma ishlarida yoʻl qoʻygan xatolarini
hisobga
olmaslik
hamda
bu
xatolarning
qanday
bartaraf
etilayotganligini nazorat qilmaslik;
- oʻquvchilarni yoʻl qoʻyilgan xatolarning sabablarini tahlil
qilishga oʻrgatmaslik;
- tahlil jarayonida ularning “Imlo lugʻati” bilan ishlashni tashkil eta
olmaslik.
Barcha turdagi yozma ishlarning tahlilida orfografik va
punktuatsion xatolar ustida ishlash bir-biriga oʻxshaydi. Shuning uchun
diktantda uchragan orfografik va punktuatsion xatolarni bartaraf
etishda qoʻllangan mustaqil ish turlaridan bayon va inshoning tahlilida
foydalansa boʻladi.
Quyida diktant tahlilini oʻtkazish tartibi va xatolar ustida ishlash
haqida fikr yuritamiz.
Diktant tahlilini oʻtkazishda asosiy e’tibor imloga doir xatolarga
qaratiladi.
Oʻquvchilarning yozma ishlarida uchraydigan imloga doir
xatolarni toʻrt guruhga ajratish mumkin:
1. Qoʻshimchalarni qoʻllamaslikdan kelib chiqadigan xatolar:
“Maktabning bogʻi”, “yerga qoʻndi” oʻrniga “yerda qoʻndi” kabi.
Bunday tipdagi xatolarni bartaraf etish uchun oʻsha xatoga aloqador
qoidani tushuntirish, uni darslikdan mustaqil tartibda oʻqitish hamda bu
qoidaga doir mashqlar ishlatish, didaktik va tarqatma materiallardan
foydalanish tavsiya qilinadi.
2. E’tiborsizlik orqali yoʻl qoʻyiladigan xatolar. “Daftar” soʻzini
“daptar”, “oʻquvchi”, soʻzini “ukuchi” tarzida yozish kabi. Bu tipdagi
xatolar, asosan, e’tiborsizlikdan kelib chiqadi. Bunday xatolar ustida
ishlashda maktab oʻquvchilari uchun chiqarilgan “Imlo lugʻati” bilan
har bir oʻquvchining individual ishlashni tashkil etish maqsadga
muvofiqdir.
3. Hech qanday orfografik qoida bilan asoslab boʻlmaydigan,
yozilishni faqat esda saqlash lozim boʻlgan soʻzlarda qilingan xatolar:
“tayyor” soʻzini “tayor” yozish, “sayyod” soʻzini “sayod” yozish kabi.
Tahlil jarayonida bunday soʻzlarni imlosini oʻrgatish uchun shu soʻzni
bir necha marta ogʻzaki takrorlatish shu soʻzni doskada yozdirish,
lugʻatdan toptirish metodlaridan mumkin.
4. Sheva ta’sirida sodir boʻladigan xatolar: “kelyapti” oʻrniga
“kelopti”, “kevotti”, “kelutti”, “deraza” oʻrniga “treza” yozish kabi.
122
Bunday tipdagi xatolarni bartaraf etishning eng qulay yoʻli taqqoslash,
chogʻishtirishdir. Oʻquvchidan tahlil darsida oʻzi yozgan soʻz bilan
oʻsha soʻzning adabiy tildagi variantini taqqoslash, chogʻishtirish,
farqini aniqlash talab etiladi. Buning uchun soʻzining shevadagi
koʻrinishlari bilan adabiy tildagi variantini chogʻishtiradigan
koʻrgazmalaridan ham foydalanish mumkin.
Ba’zi oʻquvchilar yozma ishlardagi tipik xatolarni belgilashda
qiynaladilar. Sinfdagi koʻpchilik oʻquvchilar yoʻl qoʻygan xatolar tipik
xato sanaladi. Oʻqituvchi taxminan darsning oʻn-oʻn besh minutini tipik
xato ustida ishlashga ajratadi. Oʻquvchilar diqqati tipik xato bilan
bogʻliq boʻlgan qoidaga qaratiladi.
Oʻquvchilar xatoga yoʻl qoʻyilgan soʻzning toʻgʻri variantiga
oʻxshash misollar topadilar, qoidaning shu soʻzga aloqador joyini
kitobdan topib oʻqiydilar, soʻzning toʻgʻri yozilishini asoslaydilar.
Darsning qolgan qismida esa, asosan, xatolar ustida individual
mustaqil ish olib boriladi. Bunda har bir oʻquvchi oʻz xatosi ustida
ishlaydi. “Xuddi” soʻzini xato yozgan oʻquvchiga shunga oʻxshash
yonma-yon kelgan qoʻsh undoshli soʻzlar topib daftarga yozish, shu
soʻzlardan bir-ikkitasi yordamida gap tuzish topshiriladi. “Qad
koʻtarib” birikmasidagi “qad” soʻzini “qat” yozgan oʻquvchilarga
jarangli d undoshi uning jarangsiz jufti t talaffuz qilinishini aytib, t kabi
talaffuz qilinib, d yoziladigan soʻzlar topshiriladi va “Ayrim undosh
tovushlarning yozuvda ifodalanishi” mavzusini mustaqil tartibda
kitobdan oʻqish topshiriladi.
Bir xil xatoga yoʻl qoʻygan oʻquvchilar bilan ham ishni aynan bir
usulda tashkil etib boʻlmaydi. Agar bir oʻquvchiga xato yozilgan
soʻzning toʻgʻri variantini bilib olish uchun faqat qoidani eslash va 1-2
misol keltirish kifoya boʻlsa, boshqa oʻquvchi uchun shu xatoni bartaraf
etish maqsadida ma’lum bir mashqni bajarish hamda ijodiy
xarakterdagi misollar topishini uyushtirishga toʻgʻri keladi.
Oʻqituvchi individual kartochkalarni tuzishda oʻquvchilarning real
oʻquv imkoniyatini hisobga oladi. Ma’lumki, tez yozish va mustaqil
ishlashga oʻrgangan oʻquvchilar topshiriqni qisqa muddatda va boʻsh
oʻzlashtiruvchi oʻquvchiga nisbatan ancha sifatli bajaradilar. Yetarli
darajada mustaqil ishlash koʻnikmasiga ega boʻlmagan oʻquvchilar
kartochkada koʻrsatiladigan vazifalarni bajarish uchun birmuncha
koʻproq vaqt sarf qiladilar va uni bajarishda qiynaladilar. Har bir
kartochkaning differensialligi oʻquvchilarning oʻz xatosini bilib olishga
123
boʻlgan
qiziqishini
kuchaytiradi
hamda
belgilangan
vaqtda
oʻquvchilarning ulgurishlariga imkoniyat yaratadi.
Darsligingizning “Sog tanda - sogʻlom aql” boʻlimini toping.
Tutuq belgisi ishtirok etgan soʻzlarning yozilishiga e’tabor bering.
“Imlo lugʻati”dan tutuq belgisi bilan kelgan 6 ta soʻz topib,
daftaringizga yozing.
Kartochkalar tipik xatolar ustida ish tugagandan keyin
oʻquvchilarning yozma ish daftarlari ichiga qoʻyib tarqatiladi. Xatolar
ustidagi ish esa oʻquvchilarning sinf daftarlarida bajarilgani ma’qul.
Chunki yozma ish daftarlarida yigʻib olingan taqdirda ham oʻquvchi
xatolar ustida ishlashni davom ettirishi, har bir soatlik darsda oʻquvchi
bilimi sinalayotgan oʻqituvchi oʻquvchi yoʻl qoʻyilgan xato soʻzining
toʻgʻri variantini yozib koʻrsatishini talab qilishi mumkin.
Ayrim oʻquvchilar topshiriqni yozma ish daftarining oʻzida
koʻrsatadi. Bu metod, bizningcha, ancha afzal. Birinchidan, bunday
metod oʻquvchi ishini ancha yengillashtirsa, ikkinchidan, har bir yozma
ishda oʻquvchi savodxonligida boʻlayotgan oʻzgarish koʻrinib turadi.
Oʻqituvchi navbatdagi yozma ishni tekshirar ekan, undan oldingi
yozma ishda oʻquvchiga qanday topshiriq berilganligini hisobga olib
borish zarur. Birinchi ish usulining ham oʻziga xos afzalligi bor.
Oʻqituvchi ma’lum bir oʻquvchi uchun tayyorlangan kartochkadan
oʻrni bilan boshqa maqsadda ham foydalanishi mumkin.
Oʻqituvchi yozma ish tahlili darsiga tayyorlanganda quyidagilarni
hisobga olishi shart:
- oʻquvchilarning yozma ish daftarlarini sifatli tekshirish, undagi
xatoni tuzatib koʻrsatmasdan, xato haqida signal berish metodidan
foydalanish;
- takrorlanishi zarur boʻlgan orfografik va tanish belgilari
qoidalarini belgilash va unga mos mashqlar (misollar) tanlash;
- didaktik tarqatma materiallarini puxta oʻylab, uni har bir
oʻquvchining bilim saviyasi, mustaqil ishlash koʻnikmasini hisobga
olgan holda tuzish;
- yoʻl qoʻyilgan xatolarni toʻgʻri klassifikatsiya qilish, tipik va
individual xatolar ustida ishlash sistemasini puxta oʻylab koʻrish;
- uyga topshirilgan vazifani puxta oʻylab, uy topshirigʻining
oʻquvchi yoʻl qoʻygan xatolarni bartaraf etishiga yordam berishini
ta’minlash.
124
Ilgʻor oʻqituvchilarning tajribalariga asoslanib, biz xatolar ustida
ishlash darslarida quyidagilarga rioya qilishni maslahat beramiz:
- ham tipik, ham individual xatolar ustida oʻquvchining mustaqil
ishlashini, yoʻl qoʻygan xatolarga ongli munosabatda boʻlishni,
xatolarning sabablarini oʻylab koʻrishini tashkil etish;
- har bir oʻquvchining lugʻat bilan mustaqil tartibda ishlashini
uyushtirish;
- oʻquvchining oʻz xatosi bilan oʻralashib qolishiga yoʻl
qoʻymaslik, shu xatoga aloqador boʻlgan qoidalarni eslash, ijodiy
misollar topish, har bir oʻquvchiga xatoning oldini olish yuzasidan
maslahatlar berish;
- xatolar ustida ishlash jarayonida oʻquvchining oʻz-oʻzini nazorat
qilishini tashkil etish;
- boʻsh oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar bilan individual ish olib borish,
ularga oʻz xatolarini bilib olishga yordamlashish;
- xatolar ustida ishlash jarayonida darslik materiallaridan, turli
kartochkalar, koʻrsatmali qurollar va texnika vositalaridan unumli
foydalanish.
Demak, xatolarning oldini olish va uni bartaraf etish uchun
oʻquvchilar bilan muntazam ish olib borish lozim.
Yuqori qayd etilgan mustaqil ish turlaridan oʻqituvchi oʻrinli
foydalansa, shubhasiz oʻquvchilarning ijodiy fikrlashiga, nazariy
tushunchalarni amaliy ish bilan qoʻshib olib borishiga erishadi.
Dostları ilə paylaş: |