119
Ayrim oʻquvchilar yoʻl qoʻygan individual xatolar darsdan tashqari
vaqtda, qoʻshimcha mashgʻulot jarayonida toʻgʻrilanadi. Oʻquvchi
bilan individual suhbatda ham, sinfda jamoa boʻlib ishlash jarayonidagi
kabi
bolalarning aqliy faolligiga, ya’ni u xatosi nimadaligini
tushunibgina qolmay, balki uni toʻgʻrilashi va tushuntirishiga erishish
muhimdir.
Grammatikaga oid mavzuni oʻrganishda oʻquvchilar yoʻl qoʻyishi
mumkin boʻlgan xatoning oldini olish
uchun mazkur mavzu ularga
qanday imkoniyatlar yaratishi tushuntiriladi. Masalan, “Olmosh”
mavzusini oʻrganganda, kishilik olmoshlarining takrorlangan soʻzlar
oʻrnida qanday ishlatilishi oʻquvchilarga misollar bilan tushuntirilsa,
ular ham insho yoki bayon yozishda shunga rioya qiladilar.
Oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqini oʻstirishdagi
muvaffaqiyat
quyidagi
uch asosiy
omilga bogʻliq:
1) soʻzga e’tibor bilan munosabatda boʻlish, oʻquvchilarning koʻp
mutolaa qilishi, atrofidagi kishilarning toʻgʻri va ifodali nutqi, ya’ni
nutqiy sharoit;
2) bolalarning nutqiy tajribasi
qanday tashkil etilishi;
3) nutq oʻstirishda oʻqituvchining til nazariyasiga, grammatikaga,
leksikologiya va stilistika elementlariga asoslanish koʻnikmasi.
Xatolarning
oldini
olish
savodxonlikni
har
tomonlama
takomillashtirishning asosiy garovidir. Oʻquvchilar yoʻl qoʻyishi
mumkin boʻlgan xatolarning oldini olish uchun oʻqituvchi quyidagi
chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim:
- lugʻat ishini keng yoʻlga qoʻyish. Ona tili savodxonligining har
bir soatida imlosi qiyin soʻzlarning yozilishini koʻrsatib berish;
- har darsda oʻquvchilarning mustaqil
ishlarida uchragan tipik
xatolar hisobini olib borish va keyingi soatlarda mustaqil ishning
tegishli xatolarni bartaraf etishga qaratilgan turlaridan foydalanish;
- oʻquvchilarning oʻzaro diktant oʻtkazishlarini yoʻlga qoʻyish;
- oʻquvchilarda toʻgʻri yozishga qiziqish uygʻotish,
savodxonlik
konkurslari uyushtirish.
Xatolar oldini
olishning
eng muhim choralaridan biri
oʻquvchilarning har kuni bajaradigan mustaqil ishlarida yoʻl qoʻygan
Dostları ilə paylaş: