131
Ona tilidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar ham ta’limiy,
ham tarbiyaviy maqsadlarni koʻzlaydi. Uning ta’limiy ahamiyati
shundaki, oʻquvchi bu jarayonda qoʻshimcha bilim, malaka va
koʻnikmalarga ega boʻladi. Tarbiyaviy ahamiyati esa nutq odobini
tarbiyalash, zukkolik, tezkorlik va hozirjavoblik singari fazilatlarni
shakllantirish, mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyat koʻrsatish, singarilarda
oʻz ifodasini topadi.
Doimiy tadbirlarga toʻgarak mashgʻulotlari kiritilsa, qolganlari
vaqt-vaqti bilan oʻtkaziladigan tadbirlarga kiradi.
Sinfdan tashqari ishlar ayniqsa boshlangʻich sinf oʻquvchilari
uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ularga nutqini oʻstirish, olingan bilim
va malakalarni mustahkamlash uchun yordam beradi. Yangi
qoʻshimcha ma’lumotlar manbai hisoblanadi.
Sinfdan tashqari ishlarning ta’limiy ahamiyati
–
oʻquvchilarga
qoʻshimcha bilim, malaka va koʻnikmalar berish.
Tarbiyaviy
ahamiyati
– oʻquvchilarning ijodiy faoliyat
koʻrsatishiga, nutq odobiga, mustaqil fikrlashiga zamin hozirlash.
Bu sinfdan tashqari ish shakllarining har biri bir necha turga ega
boʻlib, ular oʻtkazish uslubi, qoʻllanilgan til materialining miqdori,
maktab oʻquvchilarining ishida ishtirok etish xususiyati bilan bir-
biridan farq qiladi.
Ona tilida, ayniqsa, quyi sinflarda sinfdan tashqari ishlarda ogʻzaki
shakllar ustunlik qiladi, bu ogʻzaki nutqning samaradorligi va birinchi
navbatda ogʻzaki nutqni rivojlantirish vazifasi bilan izohlanadi.
Ona tilidagi sinfdan tashqari ishlarning yozma shakllariga devoriy
gazeta, ona tili burchaklari kiradi. Ularning barchasi ommaviy
Dostları ilə paylaş: